QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Ilm-fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq qilinsa, natijadorlik bo‘ladi

  • 13.04.2024

Ayni maqsadda So‘x tumanida Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda institutning Andijon ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan ko‘rgazmali ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini oshirish, kartoshkachilik sohasida ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, urug‘lik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini yetishtirishni kengaytirish, urug‘liklar tayyorlash, urug‘lik kartoshkani saqlash, kartoshkachilik sohasiga ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yechimlar va ilm-fan yutuqlarini joriy qilishga e’tibor qaratildi.