.
Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Nath Bio - Genes” kompaniyasi direktori Nandkishor Kagliwal bilan uchrashdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Shenzi provensiyasi Yanglin shahrida 24-28 oktabr kunlari
31-Xalqaro qishloq xo'jaligi yarmarkasi va xalqaro doirada panel uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Unda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Agrar texnologiyalar almashinuvi va o‘qitish bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkiloti demonstratsion bazasida Xitoy Xalq Respublikasi Yanlin shahrida ShHT doirasida zamonaviy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish davra suhbati va uning doirasida
31-Xitoy Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Von Do Yon Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi. Elchi janoblarini Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov kutib oldi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning hududlarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini taʼminlash, ekin maydonlarida koʻrsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif buyurdi.
“Biz tarmoqqa yangi innovatsiyalarni joriy qilishni hozirdan boshlashimiz kerak. Men sizlarga axborot uchun aytib o'taman, o'tgan yili BAAning Dubay shahrida "World government summit 2023" bo'lib o'tgan edi. Unda 70dan ortiq davlatdan iqlim o'zgarishi yo'nalishida tadqiqot olib borayotgan olimlar ishtirok etib, tadqiqot natijalarini e'lon qilgandi. O'sha tadqiqotlarga ko'ra O'zbekiston 2050-yilga borib qishloq xo'jaligi yuritish qiyin bo'lib qoladigan davlatlar ro'yxatida, ya'ni qizil hududda turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Koreya Respublikasining Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandiumiga asosan Milliy markaz huzurida “Koreya agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” ochiladi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instutining “Markaziy dala tajriba maydoni”da bo‘lib, institutda yaratilgan ekin turlarining nav namunalari parvarishlanayotgan ko‘chatzor bilan ham yaqindan tanishdilar. Eslatib o‘tamiz, bu yerda boshoqli don ekinlarinining 5000 dan ortiq nav va namunalari mavjud.
Joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi" bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida, O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini mamlakatimizda ham joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Muxtasar aytganda, mazkur forum doirasida 34 ta hamkor tashkilotlar bilan qishloq xo‘jaligi fanlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va bir qancha manfaatli kelishuvlarga erishildi.
"O‘zbekiston 24" telekanalining
"Axborot" informasion dasturida mamlakatimizda 2023-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan natijalar sarhisobi va yangi yil uchun belgilanayotgan rejalar xususida "Agrar soha islohotlari: 2024 yil uchun yangi loyihalar" sarlavhasi bilan lavha efirga uzatildi. Ushbu materialda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovning intervyusi berildi.
Avvalroq Quyi Chirchiq tumanida "1 Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va Zhang Honglar ishtirokida dala seminari bo'lib o'tgani haqida xabar bergandik.
Seminarda Paxtachilik kengashining Toshkent viloyati ishchi guruhi rahbari va aʼzolari, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazining hududiy mutaxassislari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Best AI Website Maker