1. Bugungi kunda Milliy markaz tizimda jami 13 ta ilmiy-tadqiqot institutlari hamda 49 ta tajriba stansiyasilarida jami 1473 nafar xodim, shundan 536 nafar ilmiy xodim (2 nafar akademik, 62 nafar fan doktori, 148 nafar fan nomzodi) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat darajasi 45,7 foizga teng.
Ma’lumot uchun: Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 34,2 milliard so‘m bo‘lgan jami 61 ta, jumladan 38 ta amaliy, 6 ta innovasion, 5 ta xalqaro-qo‘shma, 12 ta xalqaro loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
2. Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy-innovatsion faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida 2024 yilda yangi ustuvor “Drayver” ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Dolzarbligini yo‘qotgan 7 ta ITI tuzilmalariga o‘zgartirish kiritilib, 9 ta yangi zamonaviy biotexnologik va molekulyar genetik tahlillarni o‘tkazuvchi yo‘nalishlar tashkil bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
3. Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 2024 yil 1-yarim yillikda ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida jami 727 dona ilmiy maqolalar, jumladan: xorijiy jurnallarda 244 dona, mahalliy jurnallarda 315 dona, WoS” va “Scopus” jurnallarda 48 dona, xorijiy konferensiya 37 dona, maxalliy konferensiya 83 dona hamda 8 dona maxalliy monografiyalar nashr etilib, 22 dona patentlar olindi va 5 dona konferensiyalar o‘tkazilgan.
4. Joriy yilda Milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institurlari tomonidan 1-yarim yillikda 10 ta tayanch doktorant (PhD) 3 ta doktorant (DSc) dissertatsiya ishlarini muvoffaqiyatli himoya qildi.
Ma’lumot uchun: 1-yarim yillikda Milliy markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida jami 108 nafar xodimlar xorijiy stajirovkalar o‘tab keldi. Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi 7 ta ilmiy-tadqiqot institutlarning direktorlari, 5 ta ilmiy-tadqiqot institutlarning ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, 7 ta ilmiy-tadqiqot institutlarining ishlab chiqarish va umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘zgartirildi.
5. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ilk bor Xonadonbay usulda bajariladigan loyihalar mexanizimi joriy etildi. Ilg‘or texnologiyalar, mahalliy yangi navlar, bir mavsumda uch martagacha hosil olish hamda aholini daromadini oshirishga hizmat qiladigan 13 ta ilmiy loyihalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun: Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi aholi honadonlariga ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaaratilgan mahalliy hosildorligi yuqori, kasalliklarga chidamli va erta pishar “Toshkent ertagisi” navlari ekilib, iyun oyining birinchi o‘n kunligida hosil (gektaridan 75 sentner) yig‘ib olindi.
Paxtachilik sohasida:
6. 2024 yilda g‘o‘zaning Mang‘it-1 navi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha rayonlashtirildi. G‘o‘zaning O‘zPITI-203 navi Andijon viloyati bo‘yicha, SP-41 navi Xorazm viloyati bo‘yicha, S-8296 navi Farg‘ona viloyati bo‘yicha, S-7306 navi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha, Sharofat navi Navoiy viloyati bo‘yicha istiqbolli deb topildi.
2024 yilda soha olimlari tomonidan yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning 10 ta yangi tizmalari Davlat nav sinoviga sinash uchun tavsiya etildi.
7. Vazirlik tizimidagi ilmiy tashkilotlar tomonidan sho‘rlangan maydonlarda sho‘r yuvmasdan paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish bo‘yicha dala-tajribalari o‘tkazish mexanizimi joriy etildi. Ushbu dala-tajribalari kelgusida Respublikamizda turli darajada sho‘rlangan (47%) yer maydonlariga tadbiq etiladi.
Ma’lumot uchun: Xorazm viloyatida jami 116 gektar yerga sho‘r yuvmasdan sho‘r va suvsizlikka chidamli, yangi va istiqbolli paxtaning Baraka, SP-41, C-8290, C-5707, Buxoro-14, Jondor qudrati, C-7306, CPC-38, Ravnaq 2 g‘o‘za navlari ekilib, rivojlanish fazalarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni qiyosiy tahlillari olib borilmoqda.
8. Joriy yildan xorijiy g‘o‘za navlari, tindirilgan urug‘ hamda urug‘ almashlab (boshqa hududlardan) ekish mexanizimi joriy qilingan hududlarda g‘o‘za epigenetik-tadqiqotlarini olib borish, tadqiqot natijalarini qiyosiy hamda statistik tahlil qilgan holda olingan yakuniy ma’lumotlar asosida xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar nashr qilish tizimi amalga oshirilmoqdi.
Ma’lumot uchun: 156,8 ming gektar maydonlarga “nav almashlab ekish” hamda 112,6 ming gektar maydonlarga “tindirigan urug‘” ekish amaliyoti qo‘llanilib, tanlab olingan 110 gektar maydonda epigenetik tadqiqotlar olib borilmoqda. Olib borilgan tahlillar natijasida, nazorat maydonlarga nisbatan chigitlarni unib chiqishi 1-2 kunga tezlashishi, g‘o‘zaning bo‘g‘in orasi 4-5 sm ni (7-8 sm) tashkil etib, hosil shohlar soni 2-3 donagacha, ko‘saklar soni 1-2 dona (gullash) mavjudligi kuzatildi.
Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston, Hindiston kabi davlatlardan yuqori hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori g‘o‘za navlari urug‘lari olib kelinib, respublika bo‘yicha jami 94 ming gektar maydonlarga belgilangan tartiblarga ko‘ra himoyalangan tartibda ekilib, parvarishlanmoqdi. Natijada, xorijiy g‘o‘za navlari urug‘lari unib chiqish darajasi 99% gacha yuqori bo‘lishi, mahalliy navlarga nisbatan chigitlarni unib chiqishi 3-4 kun erta bo‘lishi, chopiq, yagonalash, chilpish, qator orasiga ishlov berish, ko‘sak qurtiga qarshi kurashish tadbirlardan voz kechish hamda sug‘orish suvlarini 50% gacha tejalishi kuzatilmoqda.
G‘allachilik sohasida:
9. g‘alla ekinlarining 6 ta yangi yaratilgan navlari (yumshoq bug‘doy 1 ta, yasmiq-1 ta,, soya-2 ta, makkajo‘xori-1 ta va jo‘xori 1 ta) davlat reestriga kiritildi.
10. g‘allachilikda ilk bor "Bug‘doyni DNK markerlari va oqsil turlari bo‘yicha genetik pasportlash" bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada, navning to‘liq tozaligiga erishildi va navni Intelektual mulk ob’ekti sifatida himoyalash osonlashdi, seleksiyada ishonchlilik darajasi ortdi.
g‘allachilikda “Speed Breeding” dasturi asosida tezkor seleksiya usuli joriy etilib, bir yilda 3-4 marta duragay olish, nav yaratish muddatini 3 martaga qisqartirish (12-14 yildan 3-4 yilga) tizimi yaratildi.
11. 1-yarim yillikda 516,9 gektar urug‘lik maydonida kuzgi yumshoq bug‘doyning 17 ta yangi istiqbolli va Davlat reestriga kiritilgan navlaridan 65,0 sentner miqdorida hosil olindi va 3360,0 tonna miqdoridagi yuqori avlodli urug‘liklar tayyorlandi.
Ma’lumot uchun: Zang kasalliklariga chidamli navlarni yaratishda ikki xil usulda chidamli genotiplarni ajratish yo‘lga qo‘yildi.
sug‘oriladigan maydonlarida kuzgi yumshoq bug‘doyda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida yaratigan yumshoq bug‘doyning “Sarbon”, “Yuksalish”, “Oqsaroy” “Turon”, “Hisorak”, “G‘ozg‘on, “Bunyodkor” navlariga zang kasalliklariga chidamli genlarning mavjudligi sababli zang umuman zarar keltirilmaganligi aniqlandi.
Sabzavotchilik sohasida:
12. Sabzavot ekinlarining 12 ta yangi navlari yaratilib, 6 ta navlari esa Davlat reestriga kiritildi. Shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya kartoshka ilmiy markazi bilan hamkorlikda tanlab olingan Vengriya seleksiyasiga mansub 5 ta (Balatoni Rozsa, Balatoni sarga, Demon, Botond, White Lady) navlari davlat reestriga kiritildi.
13. Seleksiyaning yangi usul va uslublarini qo‘llagan holda sabzavot, poliz va kartoshkaning yuqori hosildor, qurg‘oqchilikka, sho‘rga va kasalliklarga chidamli, meva sifati yuqori bo‘lgan G‘1 duragaylarini yaratish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq sabzavot va polizning 8 ta turi dragaylari seleksiyasi va 3 turi daragay urug‘chiligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
14. 2024 yil 1-yarim yillikda V’etnam meva-sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutidan sabzavot va polizning 18 ta turidan 85 ta nav namunalari urug‘lari olib kelindi va laboratoriyaga taqdim etildi. Bugungi kunda mazkur laboratoriyada sabzavot va poliz ekinlarining 52 ta ekin turi bo‘yicha 1171 ta nav na’munalari saqlanmoqda.
15. bugungi kunda Milliy markaz tizimida Vengriya seleksiyasiga mansub 221,7 ming dona oldindan ekib kelinayotgan hamda mahalliy seleksiyaga mansub 215 ming dona kartoshkaning “in-vitro” sharoitida urug‘lik ko‘paytirish yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot uchun: Ushbu olingan 23,6 ming dona mikro tuganak, 28,4 ming dona mini tuganak hamda 64,7 ming dona super-super elita avlodli urug‘lik kartoshkani issiqxona sharotida adaptasiya jarayoniga qo‘yildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga viruslardan holi bo‘lgan sifatli kartoshka urug‘liklari yetkazib berishi ta’minlanadi.
16. Institutda sabzavot, poliz urug‘larini ko‘paytirish va ishlab chiqarishga yetkazish bo‘yicha Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi 22 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari bilan hamkorlikda sabzavot ekinlarining 14 tur 23 ta navlari, poliz ekinlarining 3 turining 9 ta navlari urug‘liklari ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
Sholichilik sohasida:
17. 2024 yil 1-yarim yillikda sholining yangi yaratilgan 4 ta “Ixlos”, “Ziynat”, “Yo‘ldosh”, “Manzur” hamda soyaning 2 ta “Nurafshon”, “Xumo” va moshning 1 ta “Xosildor” navlarini Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga hujatlar tayyorlab topshirildi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI) dan 200 ta sho‘rga chidamli va 199 ta qurg‘oqchilikka chidamli, Vetnam seleksiyasiga oid 28 ta “DD 2”, “CNC 11”, “THIEN UU 8”, “IR 50404”, “OM 2517”, “HD 11”, “P6DB” va “Gia Loc 37” (70-75 s/ga), Xitoydan 20 ta, Koreyadan 11 ta, Hindistondan 7 ta, Rossiyadan 8 ta sholi nav va namunalari introduksiya qilindi va ekologik sinovdan o‘tkazilib, eksportbop, uzun guruchli, to‘kiluvchanlikka, yotib qolishga, kasalliklarga chidamli, hosildorligi va don sifati yuqori bo‘lgan Indica hamda Japonica turlariga mansub sholining erta va o‘rtapishar kam suv kam talab qiluvchi 14 ta va sho‘rga chidamli 9 ta navlari tanlab olindi.
Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida:
18. Shaftolining 2 ta yangi eksportbop navlari yaratilib, hujjatlar Intellektual mulk agentligi hamda Davlat nav sinash komissiyasiga topshirildi. Shuningdek, qulupnayning 2 ta, shaftolining 1 ta, olmaning 1 ta va uzumning 7 ta yangi navlari xorijiy davlatdan olib kelinib, introduksiya qilish uchun “in-vitro” sharoitida ko‘paytirilmoqda. Jumladan;
19. “in-vitro” sharoitida Krimskiy-5 payvandtagidan 50,0 ming dona, qulupnayning 2 ta navlari, malinaning 1 ta, maymunjonning 1 ta navi, bananning 5 ta navlar introduksiya qilindi;
Xalqaro hamkorlik doirasida:
20. Halqaro hamkorlik doirasida Belorussiyaning “Yagodka” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda 35 ming dona “Golubika” ko‘chatlarini 10 gektar maydonga inroduksiya qilishga erishildi. Natijada har yili xorijdan import qilinadigan “Golubika” mevalarini importini kamaytirishga erishiladi.
Ma’lumot uchun: Turkiya davlatidan gilosning Grace Star, Skeena, Nimba, Polinator- Pasific Red, Fresco navlaridan 33000 dona ko‘chati olib kelinib, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Charxin ilmiy-tajriba stansiyalari yangi navlar bilan boyitildi.
21. Rossiya Federatsiyasining “EKONO-TEX” kompaniyasi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan o‘zaro hamkorlik doirasida “Guar” o‘simligini O‘zbekiston tuproq-iqlimiga mos yetishtirish agrtexnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish belgilab olindi.
Ma’lumot uchun: Hozirda Rossiya Federatsiyasidan 25 kg “Guar” o‘simligining (texnik) urug‘lari olib kelindi. “Guar” o‘simligini O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitiga moslashtirish va shu mintaqaga mos agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Respublikamizning Janubiy va Markaziy mintaqalari (Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent, Andijon viloyatlari)da ekildi va ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
22. Tarkibida kiristallari mavjud bo‘lgan sanoatda shakar ishlab chiqarishda keng foyidalaniladigan xorijdan introduksiya qilingan juxorining (Sorghum L.) 1 navi urug‘liklari olib kelinib, hozirda respublikmizning 4 ta mintaqalarida ekilib parvarishlanmoqda, (unib chiqqan) tuproq-iqlimiga mos yetishtirish agrtexnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
23. O‘zbekiston Respublikasining abiotik stress sharoitlari uchun suv kam talab etadigan, DSRga mos seleksion liniyalarni sinovdan o‘tkazish va tanlash bo‘yicha Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik kelgusida respublikamizda suv tanqisligi sharoitida ham sholidan yuqori hosil yetishtirish imkoniyatini beradi.
Agroxizmatlar ko‘rsatish sohasida:
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6159-son farmoni, PQ-4975 va 216-son qarorlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 162 va 47-son buyruqlariga asosan Milliy markaz huzurida Respublika agroxizmatlar markazi, 13 ta hududiy agroxizmatlar markazlari, 160 ta tumanlarda mutaxassislar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
25. AGROILM.AKIS.UZ-bu, ta’lim va malaka oshirish bo‘yicha raqamlashtirilgan onlayn platforma ishga tushurildi.
AGROILM.AKIS.UZ platformada foydalanuvchilar soni-1262 nafar, berilgan arizalar soni-1554 ta, tashkil qilingan guruhlar soni-191 va o‘qishni tugatib setrtifikat olganlar soni-912 tashkil etadi.
26. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tizimida, Respublika, viloyatlar hamda tumanlar agroxizmatlar markazlari faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida Jahon banki hisobidan mablag‘ ajratilib “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2024-2026-yillarda faoliyat ko‘rsatuvchi “Agromaslahat” (Extention) guruhlarini faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
27. Respublika agroxizmatlar markazi, 13 ta hududiy agroxizmatlar markazlari, 160 ta tumanlarda mutaxassislari bilan 24 ta Ilmiy tadqiqot insitutlari va 50 ta Hududlardagi Ilmiy tadqiqot stansiyalarining olim va ilmiy xodimlari o‘rtasida hamkorlik tashkil etildi.