Video

XITOYDAN KELTIRILGAN CHIGITNING 1 OYLIK HOLATI

Respublika Paxtachilik kengashi a'zolari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi hayot” fermer xo‘jaligi dala maydonlariga 05.04.2024 kuni ekilgan chigitning bir oylik holati bilan tanishdi.
G'o'za urug'i mexanika yordamida innovatsion usulda qo'shqator qilib ekilgan bo'lib, yovvoyi o'tlar o'smasligi uchun kimyoviy preparat qo'llangan va poletilen qoplama ostiga ekilgan.
“Yangi hayot” fermer xo‘jaligi agronomi Xitoylik mutaxassis HI CHAN ma’lum qilishicha, bu qo‘shqator usulda ekish natijasida har bir gektarga 25 kg.dan chigit sarflangan, odatda, mahalliy navni an’anaviy bir qator usulda ekishda gektariga 30-35 kg urug' sarf qilinadi. Fermer xo‘jaligi agronomining ma’lum qilishicha, Chjuntay A2 Bekobod tumanida yerga qadalgan mahalliy chigitlardan 10 kun o‘tib ekilgan bo‘lsada, ayni paytda ularga tenglashib olgan.


Bobodehon kuz faslida tuproqqa sochgan bug‘doy urug‘i unib chiqib, 9 oy parvarish qilindi.

Vaqt yugurik. Bobodehon kuz faslida tuproqqa sochgan bug‘doy urug‘i unib chiqib, 9 oy parvarish qilindi. Pishib yetilishiga esa sanoqli kunlar qolmoqda.
Shu bois so‘nggi agrotexnik ishlovni amalga oshirish g‘allakorlardan alohida bilim va mas’uliyat talab qiladi.
Agrotexnik ishlov berishda ilmga tayanish o‘zining ijobiy natijasini berishi shubhasiz.
Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Ravshanbek Siddiqov “Andijon” telekanaliga bergan intervyusida bu haqda batafsil to‘xtalgan.
Intervyuni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin!

Sayxunobod tajribasi Piskent tumanida

Tumanning Navoiy mahallasida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti va Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent viloyat tajriba-stansiyasi olimlari tomonida xonadonbay tajribalar amalga oshirilmoqda.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Loyihalarning borishi kuzatar ekan, ilmiy yangiliklar va zamonaviy texnologiyalarni xonadon sharoitida qo'llash bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Xususan, mahsulotni qayta ishlash tajribasini aynan shu xonadonlarda sinab ko'rish bo'yicha topshiriq berdi. Bunda mini quritkichlar orqali bulg'or qalampirini quritib, ziravor holatida sotuvga chiqarish yanada daromad oshishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

"Paxta urug'chiligini rivojlantirish va hosildorlikni oshirish"

   "O'zbekiston 24" telekanalining "Studiya 24" ko'rsatuvida "Paxta urug'chiligini rivojlantirish va hosildorlikni oshirish" mavzusida jonli efirda davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo'jaligida erkin bozor munoabatlarini yanada rivojlantishning chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-205-sonli farmoning mazmun mohiyati xususida so'z bordi.

   Ushbu ko'rsatuvda, farmonni sharhlashda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Milliy markaz maslahatchisi Zabardast Bo'riyevlar ham ekspert sifatida ishtirok etdi.

Endi suv resurlari hisobga olinib, deqhonchilik qilinadi

   Endi mavjud suv resurlari hisobga olinib, deqhonchilik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh. Otajonov "Global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida Toshkent viloyatida paxtachilikni innovatsion rivojlantirish” mavzusida Toshkent viloyati        Agroxizmatlar markazi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ma’lum qildi.
   Shuningdek, yuqori hosildorlik va foyda olish uchun eskicha yondoshuvlardan voz kechish, maqsadga yetishda ilmga tayanish zarurligini faktlar asoslangan misollar bilan ochib berdi.
Videoda Sh. Otajonovning fikrlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

"Agrar soha islohotlari: 2024 yil uchun yangi loyihalar"

"O‘zbekiston 24" telekanalining
"Axborot" informasion dasturida mamlakatimizda 2023-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan natijalar sarhisobi va yangi yil uchun belgilanayotgan rejalar xususida "Agrar soha islohotlari: 2024 yil uchun yangi loyihalar" sarlavhasi bilan lavha efirga uzatildi. Ushbu materialda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovning intervyusi berildi. 

Oʼzbek olimlari pomidordan yangi avlod COVID-19 vaktsinasi yaratdi

Oʼzbek olimlari tomonidan genetik vektorlar va pomidor oʼsimligi asosida koronavirus infektsiyasiga qarshi birinchi marta pomidor oʼsimligidan toʼgʼridan-toʼgʼri isteʼmol qilinadigan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratildi. Bu haqida "O'zbekiston 24" telekanalida lavha efirga uzatildi.

"O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi"

   Joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi" bo‘lib o‘tdi.

    Forum doirasida, O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini mamlakatimizda ham joriy etish masalalari muhokama qilindi.

    Muxtasar aytganda, mazkur forum doirasida 34 ta hamkor tashkilotlar bilan qishloq xo‘jaligi fanlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va bir qancha manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari

Milliy markazda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari ishtirokida bo'lib o'tgan ilmiy munozaralardan izohsiz reportaj

QOVUN-BIZNING MILLIY BOYLIGIMIZ

   O'zbekiston jahonga o'zining tilyorar qovunlar bilan mashxur. Obinovvot, Oqurug', Saxovat kabi qovun navlarimiz nafaqat o'zimizning bozorda xaridorgir balki, eksport uchun ham ommabop navlar sanaladi. Ushbu qovunlarning asoschilari bo'lgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi 31.01.2024 kuni Milliy markazda aynan poliz ekinlari urug'chiligi va seleksiyasiga bag'ishlab taqdimot qilishdi.
   Institutning Poliz ekinlari genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi mudiri Rafiqjon Xakimov O'zbekistonda poliz ekinlarining tarixi, olib borilgan va borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida atroflicha ma'lumot berdi.

Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil qilinadi



Golubika ko‘chatlari Belarus Respublikasidan

Golubika ko‘chatlari Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligida qanday yetishtiriladi?
Rolikni tamosha qilsangiz bu haqda barcha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Darvoqe, xabar berganimizdek, Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi bilan golubika ko‘chatlari va mevasini yetishtirishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yadi.

Kurtakpayvand haqida batafsil ma’lumot

   Shu kunlarda bog‘bonlar sifatli ko‘chat yetishtirish maqsadida payvandlash tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda “Andijon” telekanali ko‘rsatuv tayyorlab efirga uzatdi.

   Ko‘rsatuvda akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi Muhammadjon Ismoilov kurtakpayvand haqida batafsil ma’lumot bergan.

Sayxunobod tajribasi Piskent tumanida

"O‘zbekiston 24" telekanali "Studiya" dasturi orqali "Tomchilatib sug'orish texnologiyasining takomillashgan tizimi joriy etilmoqda" sarlavhasi ostida davra suhbati efirga uzatildi.

Unda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda uning hosildorlikni oshirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z borgan.

Paxtachilik: qo'shimcha qiymat yaratish va hosildorlikni oshirish tadbirlari

Bugun ko'plab sohalar qatori paxtachilikda ham yuqori hosildorlikka erishish, haridorgir va eksportbop maxsulot ishlab chiqarish masalalari eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida parvarishlanayotgan g'o'za navlarining holati va resurs tejamkor texnologiyalarni qo'llash natijasida erishilayotgan yutuqlar haqida "O'zbekiston 24" kanalining "Maxsus reportaj" dasturida "Paxtachilik: qo'shimcha qiymat yaratish va hosildorlikni oshirish tadbirlari" nomli lavha efirga uzatildi.

Xitoylik mutaxassislar ishtirokida dala seminari bo'lib o'tdi

Avvalroq Quyi Chirchiq tumanida "1 Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va Zhang Honglar ishtirokida dala seminari bo'lib o'tgani haqida xabar bergandik.

Seminarda Paxtachilik kengashining Toshkent viloyati ishchi guruhi rahbari va aʼzolari, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazining hududiy mutaxassislari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Innovatsion ishlanmalarni qishloq xoʻjaligiga joriy qilishda agromaslahatchilarning tutgan oʻrni

Xabaringiz bor, 31-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Nukus Yoshlar Texnoparkida tegishli innovatsion ishlanma rahbarlarini jalb qilgan holda “Yaratilgan innovatsion ishlanmalarni qishloq xoʻjaligiga keng joriy qilishda agromaslahatchilarning tutgan oʻrni” mavzusida koʻrgazmali oʻquv-seminar tashkil etilgani haqida ma'lum qilgandik.

Seminardan so'ng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

laboratoriya mudiri Musulmon Ziyatov

Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Musulmon Ziyatov.

Xabaringiz bor, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda tadqiqot olib boruvchi olimlar haqida videoreportajlar tayyorlashni yo'lga qo'yganmiz. Bu galgi qahramonimiz Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Musulmon Ziyatov.

Yosh olimning hayot yo'li va ilmdagi ilk yutuqlari haqida tayyorlagan videoreportajning to'liq variantini Milliy markazning

Sholidan 1 yilda 2 marta hosil olish

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informasion dasturida “Andijonda ertapishar sholi hosili yig‘ilmoqda” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan bir yilda sholidan 2 marta hosil olish ustida olib borilayotgan tadqiqot natijalari xususida so‘z boradi.

Surxondaryoga 3 333 gektar maydonida Xitoydan olib kelingan g‘o‘za navlari parvarishlanmoqda

Davlatimiz rahbarining "Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi farmonining ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda agroxizmatlar markazlari faoliyati tashkil etilgan bo'lib, ular zimmasiga 2024-2026 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklaridagi paxta hosildorligi gektariga 30 sentnerdan oshmaydigan hududlarda xorijdan import qilinadigan yoki yuqori hosildor yangi g‘o‘za navlarining sinovlari o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan.

“Kelgusi yildan Farg‘onada paxta 100 foiz Xitoy usulida yetishtiriladi”

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida “Kelgusi yildan Farg‘onada paxta 100 foiz Xitoy usulida yetishtiriladi” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.

Unda joriy yilda viloyatga Xitoy Xalq Respublikasidan keltirib ekilgan g'o'za navlarining o'ziga xos jihatlari va parvarishlash jarayoni batafsil yoritilgan.

Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish eng muhim masalalardan biri

So'ngi yillarda qishliq xo'jaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish global miqyosda muhim ahamiyat kasb etmoqda, jumladan respublikamizda ham.

Shunda kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni kengaytirish masalasi “OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning ham navbatdagi sessiyasida muhokama qilindi.

Aholi daromadi va bilimini oshirish – soha oldida turgan muhim vazifalardan biri

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ham xonadonbay loyihlar amalga oshirilmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad, xonadonlar daromadini oshirish zamirida ularning tomorqasida standart talablarga mos ko‘chat yetishtirish va ularga bu borada bilim berishdan iborat.

Loyiha doirasida Toshkent tumanida in-vitro sharoitida ko‘paytirilgan gilosning “Krimskiy-5” payvandtagidan ko'chat yetishtirish maqsadida institut hodimi, qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori Islombek Akbaraliyev rahbarligida Abdug'ani Yusupov xonadonida nihollar parvarishlanmoqda. 

Sariosiyo tumanida “XinLuzhong-78” navi ekilgan g‘o‘za maydonlari

Avvalroq Surxondaryo viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan dala seminari tashkil etilib, Xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda Sariosiyo tumanida “XinLuzhong-78” navi ekilgan g‘o‘za maydonlarida monitoring o'tkazib, kerakli maslahatlar berilgani haqida xabar bergandik.

Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin

Bugun paxtachilik ilmiga katta hissa qo'shgan olima Feruza Hasanova o'zlarining 70 yillik yubileylarini nishonlamoqdalar!

Olima hayotini qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga bag'ishlagan, ko'plab shogirdlarga ega va el-yurt humatiga sazovor bo'lgan baxtli insonlar qatorida.

Hurmatli Feruza Marifovna, sizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashi nomidan tavallud ayyomingiz bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sihat-salomatlik, baxt va omad doimo sizga hamroh bo'lsin!

Gʻo‘zani qator oralatib tomchilatib sug‘orish qanday natija beradi?

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining dala-tajriba maydonida g‘o‘zani suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘orishning 3 xil usuli tajriba qilinyapti.

Yuqoridagi videoda qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Gʻulomjon Uzoqov tomchilatib sug‘orishda odatdagidek har bir qatordan emas, aksincha resurslarni tejash maqsadida qator oralatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llab ham janubiy mintaqalarda paxtadan mo‘l hosil etishtirish mumkinligi tadqiqotda o‘z isbotini topganligini ma’lum qilgan.

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida “Kelgusi yildan Farg‘onada paxta 100 foiz Xitoy usulida yetishtiriladi” sarlavhali lavha efirga uzatildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi amalda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va tizimdagi Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutlari jamoalari bahorda Bo‘stonliq tumanida tashkil qilingan "Olimlar bog‘ida" ko‘chatlarni sug‘orish tadbirini o‘tkazdi.

Buning uchun suv tashishga mo‘ljalllangan maxsus texnikalardan unumli foydalanildi. Ushbu bog‘da ekilgan har bir nihol doimiy parvarishda!

O‘ZBEKISTONDA ILK BOR GUAR O'SIMLIGI EKILMOQDA

Ushbu o‘simlik asosan Hindiston, Pokiston va AQSHda ko‘p ekiladi. O‘simlikdan olinadigan mahsulotlar oziq—ovqat sanoati uchun qimmatli xom ashyo bo‘lsa, poyasi chorvachilik uchun oqsilga boy ozuqa sanaladi.

Undan olinadigan mahsulotlarga jahon bozorida ehtiyoj katta. Misol uchun Rossiya Federatsiyasi Hindistondan katta miqdorda guar o‘simligini import qiladi. Demak, mamlakatimizda guar o‘simligini introduksiya qilish va yetishtirish istiqbolli.

Ayni maqsadda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasining tajriba dalasiga ekildi. Bu haqda institut direktori o‘rinbosari Hamidulla Hasanov intervyu berdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – amalda

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi bahorda Bo‘stonliq tumanida tashkil qilingan "Olimlar bog‘ida" ko‘chatlarni sug‘orish tadbirini o‘tkazdi.

Ushbu bog‘da 2500 tup mevali daraxt ko’chatlari ekilgan. Tog’ yon bag’irlaridagi nihollarni sug’orish oson ish emas, albatta. Shu bois maxsus texnikalardan foydalanilmoqda.

Zotan yoz faslining jaziramasidan asrab qolingan har bir nihol kelgusida yashillikning bir bo’lagiga aylanadi.

Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov ushbu jarayonda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo’stonliq tumanidagi ilmiy-tajriba stansiyasida noyob mevali daraxt turlari ustida o’tkazilayotgan tadqiqot ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Ilmiy-tajriba stansiyasi mutasaddilariga hududni obodonlashtirish va ilmiy natijadorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

SHOLICHILIKDA YANGI TEXNOLOGIYALAR OMMALASHMOQDA

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra har yili dunyo bo‘yicha 160 million gektarga yaqin maydonda sholi ekilib, 750 million tonnadan ortiq hosil olinadi. Aytish mumkinki, sholidan olinadigan guruch mahsulotiga talab juda yuqori. Lekin sayyoramizda suv resurslarining borgan sari kamayib borishi soha olimlarining oldiga sholining tezpishar va resurstejovchi navlarini yaratish, mahsulot yetishtirishda ilg‘or innovatsiyalarni yaratish vazifasini qo‘ymoqda.


YOSH OLIMA SHO'RLANGAN YERLARGA MOS G'O'ZA NAVI USTIDA TADQIQOT OLIB BORMOQDA

Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Naima Xo'jaqulova bugun "Doktorantlar kuni" seminarida "Xujayra seleksiyasi usulidan foydalanib, g'o'zaning tuproq sho'rlanishga bardoshli turiga mansub seleksion ashyolarni tezkorlikda yaratish" mavzusida qilayotgan ilmiy-tadqiqotining dastlabki holati haqida taqdimot qildi.

Olima dastlab 19 ta mahalliy va xorijiy g'o'za urug'idan 6 ta sho'rga nisbatan chidamli navlarni saralab olib, ularga laboratoriya sharoitda tuproqqa NaCL eritmasini turli darajada qo'shish orqali sho'rlanish hosil qilib, tadqiqot o'tkazgani haqida ma'lumot berdi. Milliy markaz ekspertlari bu noto'g'ri usul deb baho berdi. Tabiiy sho'rlanishdagi tuproq tarkibi sun'iy sho'rlanishdan butunlay farqlanadi. Bu usul orqali tajribani to'g'ri qo'yib bo'lmasligi aytildi. Olimaga tadqiqot o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Surxondaryo va Buxoro viloyatlarining sho'rlangan yerlaridan tuproq olib keltirgan holda tadqiqotini davom ettirishi lozimligi ta'kidlandi.


Noan’anaviy ekin turlarini ko‘paytirish iste’mol bozorini boyitadi

Bugun bozorga kirsak, sabzavotlar peshtaxtasidan joy olgan turli-tuman noan’anaviy sabzavot va ko‘kat mahsulotlariga ko‘zimiz tushadi. Brokolli, rukola, aysberg karami mahsulotlarni iste’mol qilishga odatlanib ham qoldik. Bu kabi noan’anaviy ekin turlari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan mahalliylashtirilmoqda.

Bugun Milliy markazda drayver ilmiy loyihalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda chetdan keltirilib, mahalliylashtirilayotgan yangi noan'anaviy ekin turlari haqida ma’lumot berildi. Biz ular orasidan sparja ekin turiga to‘xtalishni lozim topdik.

Paxta hosildorligini oshirish

Zararkunandalarga qarshi himoya choralarini koʻrmaslik hosilni 30 foizgacha yoʻqotishga olib kelishi mumkinligini bilarmidingiz?
Shu va boshqalar haqida yuqoridagi video lavhada batafsil tanishishingiz mumkin

AKIS

Qishloq xo'jaligi ilmida “STEM” dasturi va “HECI” global maqsadining ahamiyati

Taʼlim tizimida “STEM” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Mathematics – matematika) dasturini yaqin istiqbolda bosqichma-bosqich joriy etish asosida
“HECI” (Humanity – insonparvarlik, Ethics – etika, Creativity – kreativlik, Imagination – tasavvur) global maqsadi (chaqirigʻi)
kabi kelgusi oʻn yillik uchun yangi davlat talablari va taʼlim standartlarining na'munaviy modellarini ishlab chiqish bugun barcha sohalar oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Boisi, insonparvarlik, etika, kreativlik va tasavvurga asoslangan yondashuvlar tizimda salmoqli o'zgarishlarga olib keladi.

Keyingi 10 yillikda raqamlashtirish, dekarbonizatsiya va reformatsiya uchligi kelajak uchun “chipta” boʻlib, katta hajmli maʼlumotlar, bulutli texnologiyalar, internet buyumlari va genom texnologiyalari jadal oʻsadi. Natijada raqamlashtirish va sunʼiy intellekt tarmoq va sohalar boshqaruviga keng kirib borishi tufayli koʻplab kasblar, raqamlashtirilgan tizimlar tufayli insoniyat oʻz ishchi oʻrinlarini yoʻqotib boradi.


G'o'za parvarishi haqida muhim tavsiyalar

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari "Qashqadaryo" VTRK telekanali
“Agrosaboq” ko'rsatuvida ishtirok etib g'o'za parvarishi haqida muhim tavsiyalar berdi.

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

   Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari bilan Fargʻona viloyat Bogʻdod tumanidagi “Zamin bogʻdod” va “Qalb gʻunchasi” fermer xoʻjaliklari o`zaro hamkorlik asosida faoliyat olib borishmoqda.

   Joriy yil ushbu fermer xo'jalik dala maydonlarida institut olimlari tomonidan yaratilgan, tashqi muhitning noqulay omillariga va yotib qolishga chidamli hamda don sifati, hosildorligi yuqori boʻlgan “Yaksart” navi urugʻlik don sifatida yetishtirildi.

   Ayni kunlarda fermerlar g`alladan mo`l, barakali hosilni yig`ib olish uchun o`rim-yig`im ishlariga hozirlik ko`rishmoqda.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya

    O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligi barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Jumladan, sholichilikni rivojlantirishda ham.

   Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida "O‘zbekiston – Koreya: sholichilikni rivojlantirishdagi hamkorlik samaralari" sarlavhali ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri

Iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ta’siri qanday bo‘lmoqda?

Uning salbiy oqibatlarini yumshatishda soha olimlari qanday ilmiy choralar qo‘llayapti?

“O‘zbekiston” radiokanalida efirga uzatilgan “Shu kunning mavzusi” eshittirishida ushbu savollarga javob izlandi.

Unda Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori Faxriddin Rasulov ishtirok etib, bu borada sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar haqida tinglovchilarga ma’lumot berdi.

Eshittirish fonini Milliy markazning Raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i Yerjan Abduraimov bezagan.

Paxta xom ashyosi yetishtirishda yangicha yondoshuvlar

Xabar berib borayotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari hamda Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar odimlari bugun Sirdaryo viloyatida g‘o‘za parvarishidagi ilg‘or texologiyalar va xorijiy navlarga mansub g‘o‘za maydonlaridagi agrotexnik tadbirlarni o‘rganmoqda.

Paxtachilik kenshashi tavsiyasi asosida so‘nggi yillarda tindirilgan chigit ekish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Sirdaryo tumanidagi “Xudoyqul o‘g‘li Sulaymon” fermer xo‘jaligida ham ikkinchi yildirki tindirilgan chigit ekib, g‘o‘za parvarish qilinyapti.
Kengash a’zolari ushbu fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida bo‘lib, xo‘jalikda to‘plangan tajriba bilan tanishib, soha olimlari tomonidan fermer xo‘jaligi a’zolariga zarur tavsiyalar berildi.

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 29-may kuni bo'lib o'tgan dala seminari haqida "Jizzax VTRK" telekanalida "Maxsus reportaj" efirga uzatildi.

Yangi texnologiya g‘o‘za maydonida

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi yangi texnologiya asosida parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi Muxtorxon Eshonqulov bilan suhbatlashib, yangi texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot oldik.

Sayxunobod tajribasi Piskent tumanida

Janubiy mintaqalar sharoitida issiqlik va qurg'oqchilikka chidamli bo'lgan tritikalening "YANGI ASR" navi "Analitik" seleksiya usulida yaratildi. 

Sifatli ko‘chat qanday yetishtiriladi?

Hosildor bog‘ va sifatli mahsulot doim bog‘bonning orzusi bo‘lib kelgan. Orzularni ushaltirib, real voqelikka aylantirish esa sifatli ko‘chatni talab qiladi. Ochig‘i, bugun ayni yo‘nalishda tirikchilik qilayotgan tadbirkorlarning soni ham oz emas. Lekin bozordan sotib olingan ko‘chat har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Masala shundaki, sifatli ko‘chat uchun kuchli payvandtag va xaridorgir meva beruvchi payvandust kerak. Bu endi ilm ahli yechadigan masala.

Rostdan ham bugun ko‘chatchilik borasida yechimini kutayotgan masalalar ko‘p. To‘g‘ri, olimlar bu ish bilan uzluksiz shug‘ullanib kelishadi. Lekin o‘zgarib borayotgan iqlim, suv resurslarining tobora kamayishi va tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi kabi omillar ko‘chatchilikda ham yangicha ilmiy izlanishlar va innovatsion yechimlarni talab qilmoqda.

В рамках бизнес-форума «Узбекистан - Россия»

В рамках государственного визита Президента Российской Федерации Владимира Путина в Узбекистан 27-мая в отеле Hilton прошли В2В-встречи с участием представителей российско-узбекского бизнес-сообщества.

На данном мероприятии состоялась B2B-встреча директора Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан Шухрата Отажонова с директором Института общей физики им. А.М. Прохорова Российской академии наук Сергеем Гудковым.

Qashqadaryoda g‘alla o‘rimiga start berildi

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi.

Ayni kunlarda institutning dala maydonida yetishtirilgan g'allaning ertapishar serhosil Sulton navi yig'ib olinib, nes-nobut qilmay xirmonga o'z vaqtida topshirishga erishildi.

"O‘zbekiston ~ Rossiya" agrar soha ilmini rivojlantirish

"O‘zbekiston ~ Rossiya" biznes forumi doirasida agrar soha ilmini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi

Bugun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga amalga oshirayotgan davlat tashrifi doirasida poytaxtimizdagi “Hilton”mehmonxonasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi A. M. Proxorov nomidagi Umumiy fizika institutining direktori Sergey Gudkov o‘rtasida B2B formatida uchrashuv o'tkazildi


Turkiyaning Sharqiy O'rta Yer dengizi qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi

Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markaziga Turkiyaning Sharqiy O'rta Yer dengizi qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, seleksioner olim doktor Ayshe Nuran Chil xonim tashrif buyurdi. Ayshe xonim bugungi kunda Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda kungaboqar va yeryong'oq seleksiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu bois tashrif davomida mutaxassis Milliy markazning Yuqorichirchiq tumanida joylashgan tajriba dalasiga ekilgan kungaboqar va yeryong’oqning o’sish jarayonini mutaxassis sifatida ko’zdan kechirish uchun taklif etildi.

Bu yerga kelgusida gibrid nav yaratish maqsadida yeryong’oqning o’zbek va xitoy navlari aralashtirib ekilgan (o’zbek navining mag’zi maydaroq xitoy navining mag’zi esa nisbatan yirikroq).

Mutaxassis biz bilan suhbatda bu yerdagi ekinlarning rivojlanish holati haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Agrar soha ilmini rivojlantirishda xorij tajribasi

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, so‘nggi paytlarda Milliy markaz tom ma’noda agrar soha ilmining generatoriga aylanmoqda. Boisi Milliy markaz rahbariyatining tashabbuslari ilmiy-tadqiqot institutlaridagi ilmiy jarayonlarni jonlanishiga quvvat beryapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, so‘nggi paytlarda tizimli o‘tkazilayotgan “Doktorantlar kuni”, “Drayver ilmiy loyihalar muhokamasi” kabi tadbirlar ilmiy faoliyatda o‘zining ijobiy natijasini beryapti. Yaqindan boshlab “Chet el ilg‘or tajribalarini ilm-fanga joriy etish” mavzusida o‘tkazilayotgan seminarlarda xorijda tajriba oshirib kelgan olimlar bilan ilmiy suhbatlar tashkil etilmoqda.

AI Website Builder