Yangiliklar

1 2 3 4

Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

      Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi “International hotel Tashkent” mehmonxonasida “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
      Mazkur konferensiya doirasida bir qator hamkorlik uchrashuvlari o’tkazilib, bir qator kelishuvlarga erishilmoqda.
      Binobarin, bugun qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Nath Bio - Genes” kompaniyasi direktori Nandkishor Kagliwal bilan uchrashdi.
      Uchrashuv doirasida paxtachilik sanoatini yanada rivojlantirish, “BT” genini mahalliy navlarga qo’llash, bu orqali mahalliy go’za navlarining stress omillarga chidamliligini oshirish va ko’sak qurtidan hosilni himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
      Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad ham shu. Zero, paxtachilik sektoridagi yangicha yondashuvlar, innovatsion texnologiya va ilmiy nazariyalar ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mobirise Website Builder
7.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Yangi g'oyalar, yangi takliflar mavjud muammolarning yechimi bo'la oladi

      Yangi g'oyalar, yangi takliflar mavjud muammolarning yechimi bo'la oladi
      Xabar berib borayotganimizdek, ayni damda Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi"ning yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tmoqda.
      Unda O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so'zga chiqib, Konferensiya yakunlari bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
      Avvalo, vazir, 7-oktabr -"Butunjahon paxta kuni” munosabati barchani qutlab o'tdi. Shuningdek, mazkur konferensiyada o'tkazilgan panel sessiyalar, o'zaro muhokamalar haqida so'z yuritar ekan, vazir I.Abdurahmonov bugungi kunda ushbu muhokamalar hamda taqdimotlarda ko'tarilgan mavzular paxtachilik sektoridaga mavjud muammolar uchun zarur yechimlar bo'la olishini aytib o'tdi.
     Bundan tashqari, Konferensiya davomida berilgan takliflar nafaqat hozirgi paytdagi mavjud muammolarini hal qilishda, balki kelajak uchun ham juda muhimligini qayd etib o'tdi.
    Faqat bu kabi tadbirlardagina emas, kelgusida ham o'zaro tajriba almashishni muntazam ravishda yo'lga qo'yish har tomonlama manfaatli ekanligi ta'kidlab o'tildi.
Ma'lumot o'rnida, "Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" 1994-yildan boshlab, paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinmoqda: Avstraliya (1994), Gretsiya (1998), Janubiy Afrika (2003), AQSH (2007), Hindiston (2011), Braziliya (2016), Misr (2022) davlatlarida tashkil etilgan.
    Mamlakatimizda o'tkazilgan "VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" da g‘o‘za tadqiqotlari sohasidagi 430 nafardan ortiq xalqaro olimlar hamda 200 nafarga yaqin mahalliy olimlar, shuningdek, 177 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va korxonalari ishtirok etdi.
Mobirise Website Builder
7.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI AKIS TIZIMI BILAN TANISHDI

       Poytaxtimizda bo’lib o’tayotgan “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" ning bugungi kuni ishtirokchilar uchun qiziqarli va mazmunli bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunga yuqoridagi postlarimiz bilan tanishsangiz fikrimizga amin bo’lasiz.
       Ilmiy muassasalar faoliyati bilan tanishib, paxta dalalarimizni o’z ko’zlari bilan ko’rgan konferensiya ishtirokchilari ushbu nufuzli anjumanni O’zbekistonda o’tayotganligi bejiz emasligini e’tirof etdilar.
       Ishtirokchilarning navbatdagi manzili Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo'ldi. Ular bu yerda mahalliy g’o'za navlari stendi, tola namunalari va ushbu tolalardan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlarga Milliy markaz hududida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.
       Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o’rinbosari Bunyod Mamarahimov O’zbekistonda qishloq xo’jaligida agroxizmatlar tizimi va ilm-fan yutuqlarini bevosita ishlab chiqarishga integratsiya qilish borasidagi tajribalar to’g’risida so’zlab berdi.
Mobirise Website Builder
6.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xabar berib borayotganimizdek, poytaxtimizda “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" bo’lib o’tyapti.

      Ayni damda esa konferensiya ishtirokchilarinig bir guruhi Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
      Konferensiya ishtirokchilarini institut direktori, akademik Shodmon Namozov ilmiy muassada olib borilayoitgan tadqiqotlar va yaratilgan go’za navlari bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, mehmonlar ilmiy muassasaning laboratoriyalari va tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
Mobirise Website Builder
6.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

 Shu kunlarda poytaxtimizda bo’lib o‘tayotgan “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" ning bugungi plenar sessiyalari boshlandi.

       Ayni daqiqalarda dunyo ilmiy jamoatchiligiga taniqli bo’lgan Texas universiteti professori, doktor Keerti Rathore “CRISPR vositachiligida gen nokautiga qarshi
Paxtada RNK vositachiligida genlarni o'chirish” mavzusida taqdimot qilmoqda.

Taqdimotda bayon qilinayotgan ma’lumotlar konferensiya ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Ishtirokchlar tadqiqotning sohadagi ahamiyatini yuqori baholab, o’zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachidan batafsil javob olmoqdalar.
Oldinda yanada qiziqarli ma’ruzalar bo’ladi. Konferensiya tafsilotlarini bizda kuzatib boring.
Mobirise Website Builder
6.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" o’z ishini davom ettirmoqda.

Hozir fransiyalik olim, doktor Bruno Bachelier “Paxtada ekologik faollik va Afrikadagi dehqonchilik holatiga e'tibor” mavzusuda o’tkazgan tadqiqotiga oid qiziqarli faktlarni konferensiya ishtirokchilari e’tiboriga havola qilmoqda.
Mobirise Website Builder
6.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" bo’lib o’tyapti. Aytish kerakki, bugungi plenar sessiyadagi taqdimotlar judayam qiziqarli bo’ldi. 

     Ayni damda esa ishtirokchilar seksiyalarga bo’lingan holda panel sessiyalarini otkazyapti. Panel sessiyalarda ham paxtachilikdagi echimini kutayotgan dolzarb mavzularda munozaralar bo’lyapti.
   Jumladan, Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i, professor Shuhrat Qo’ziboev paxtachilikda urug’chilikni takomillashtirish mavzusida ma’ruza qildi. Va ushbu yonalishdagi ishlar judayam dolzarb ejanligini ta’kidladi.
    Ma’ruzada keltirilgan faktlar yuzasidan sessiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga taqdimotchidan batafsil javob olmoqda. Ta’kidlash lozimki, panel sessiyalarda qiziqarli va dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.

Mobirise Website Builder
6.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya"si bo’lib o’tyapti. Ayni daqiqalarda ham plenar sessiyalar davom etmoqda. 

      Bugungi sessiyani O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Zabardast Bo’riyev o’zining “Genomikadan innovatsiyalargacha: stressga chidamli yangi avlod paxta navlarini yaratish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan boshlab berdi.
     Ma’ruzachi paxtachilikdagi muammolar, paxtada biotik stressga chidamlilikni oshirish,paxtada abiotik stressga chidamliligini oshirish, model tuz stress ostida paxta navlarining proteom va metabolom profili va muammolarga innovatsion yondashuvlar borasida o’tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan taqdimot qildi.

    Aytish kerakki, taqdimot ishtirokchilar uchun qiziqarli bo’ldi. Xorijlik mehmonlar taqdimot yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Plenar sessiyalar davom etmoqda.
Mobirise Website Builder
5.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Hindiston kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda, “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya"si bo’lib o’tyapti.
     Konferensiya doirasida Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Hindistonning “Nath Bio - Genes” kompaniyasi o’rtasida mahalliy navlarga “BT” genini o’tkazish bo’yicha memorandum imzolandi.
     Ko’zlangan maqsad, mahalliy go’za navlarining stress omillarga chidamliligini oshirish va ko’sak qurtidan hosilni himoya qilishdir.
Mobirise Website Builder
5.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" doirasida bir qator planel sessiyalar o'tkazilmoqda.

   Sessiyalarda paxta genomikasidan olingan bilimlar va molekulyar genetika, genetik xilma-xillik va evolyutsiya tarixi, naslni saralash va intorgressiya mavzularida taqdimotlar bo'lib o'tmoqda.
   Sessiyalarda ko'tarilayotgan mavzular paxtachilik sektoridagi yangicha yondashuvlar, innovatsion texnologiya va ilmiy nazariyalar ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mobirise Website Builder
5.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

KONFERENSIYA QATNASHCHILARI ILMIY MUASSASALARGA TASHRIF BUYURDI

   Xabar  berib borayotganimizdek, poytaxtimizda "VIII Butunjahon paxta tadqiqoti konferensiyasi" bo’lib o’tyapti. Anjuman ishtirokchilari bugungi plenar va panel sessiyalardagi soha muammolariga bag’ishlangan qizg’in muhokamalardan so’ng yurtimizdagi bir qator ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
    Konferensiya ishtirokchilari guruhlarga bo'lingan holda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markaziga tashrif buyurdi.
    Tanishuv jarayonida ilmiy muassalardagi tadqiqot ishlari ularda yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Milliy markazda tashkil etilgan g'o'za nav namunalari ko'rgazmasi katta qiziqish uyg'otdi.  Ko'rgazmalar zalida joylashtirilgan ushbu yilda paxtachilikda tajriba sifatida qo'llanilgan agrotexnologiya maketi barcha ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi. Qo'shqator usulda, 76 sxemada, plyonka ostida ekilgan g'o'za hosildorligi gektariga 80 sentnerni tashkil etganini alohida qayd etish mumkin. Mazkur usulda paxta maydoniga tomchilab sug'orish texnologiyasini o'rnatish yanada yaxshi samara berdi. Bunda paxta maydonidagi begona o'tlar o'sishi sezilarli kamaydi. Kerakli mineral o'g'itlar va preparatlar suvga aralashtirilgan holatda qo'llanildi.
    Shuningdek, mehmonlar Milliy markaz huzuridagi O'zbekiston-Koreya qo'shma laboratoriyasi “GS-BIO” va “O'zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi” invitro laboratoriyalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Mobirise Website Builder
5.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya"si bir guruh vakillari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi bo’ldi.

     Markaz faoliyati bilan tanishar ekan, delegatsiya a’zolari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan transgenomika va to’qimalar kulturasi laboratoriyasi faoliyatini ko’zdan kechirdi.
     Bundan tashqari Markaz hududidagi 10 sotixli issiqxona faoliyati bilan ham tanishildi. Issiqxonada in-vitro laboratoriyasidan chiqqan bir qancha o’simliklar parvarishlanmoqda.
    Aytish kerak, mazkur laboratoriyalar hamda issiqxona delegatsiya a’zolarida katta taassurotlar qoldirmoqda.
Mobirise Website Builder
4.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

"VIII Butunjahon paxta tadqiqoti konferensiyasi"ning bir guruh qatnashchilari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi. 

     Milliy markaz ko'rgazmalar zalida ushbu yilda paxtachilikda tajriba sifatida qo'llanilgan agrotexnologiya maketi barcha ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi. Ya'ni qo'shqator usulda, 76 sxemada, plyonka ostida ekilgan g'o'za urug'i hosildorligi gektariga 80 sentnerni tashkil etganini alohida qayd etish mumkin. Mazkur usulda paxta maydoniga tomchilab sug'orish texnologiyasini o'rnatish yanada yaxshi samara berdi. Bunda paxta maydonidagi begona o'tlar o'sishi sezilarli kamaydi. Kerakli mineral o'g'itlar va preparatlar suvga aralashtirilgan holatda qo'llanildi.
   Shuningdek, mehmonlar Milliy markaz huzuridagi O'zbekiston-Koreya qo'shma laboratoriyasi GS-BIO va O'zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi invitro laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mobirise Website Builder
4.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" doirasida bir qator plenar sessiyalar bo'lib o'tmoqda. 

   Sessiyalarda ekin ekish tizimlari, hasharotlarga qarshi kimyoviy ishlov berish ekologiyasi, robototexnika va sun’iy intellekt mavzularida muhokamalar o'tkazilmoqda.
   Aytish kerak, sessiyalarda ko'tarilayotgan mavzular paxtachilik sektoridagi yangicha yondashuvlar, innovatsion tenologiya va ilmiy nazariyalar ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mobirise Website Builder
4.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Forumda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov tadbir qatnashchilarini qutlab nutq so'zladi. 

"Ilm, fan va innovatsiyalarni qishloq xo'jaligiga tatbiq etishda ayollarning soni va o'rni tobora ortib bormoqda. Agrar sohada ta'lim olayotgan, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan olima ayollar salmog'i ham o'sib borayotganini ta'kidlashim o'rinli. Bugun qishloq xo'jaligi ilmiy muassasalarida tadqiqot olib borayotgan olimlarning 40 foizga yaqinini xotin-qizlar tashkil etadi. Paxtachilik, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik hamda g'allachilik, sholichilik yo'nalishlarida olima ayollarimiz sezilarni natijalarni qo'lga kiritganini e'tirof etisak o'rinli bo'ladi. Ayni vaqtda Milliy markaz tizimida 40 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega olimalarimiz faoliyat yuritadi. Bu forumda ko'tariladigan masalalar aynan ayol-qizlarimizni ilm-fanga, yangiliklar yaratishga bo'lgan harakatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ularning soni yanada oshadi. Men forum qatnashchilariga omad tilayman!" - dedi Shuhrat Otajonov.

Mobirise Website Builder
4.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO QISHLOQ AYOLLARI O'RTA OSIYO FORUMI

    Bugun "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan O'rta Osiyo qishloq ayollari forumi boshlanish arafasida. Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)va O'zbekiston agrar soha ayollari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, unda "Fan, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi hamda barqaror rivojlanishda ayollarning o'rni" mavzusida muhokamalar bo'lib o'tadi.
   Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov forumda ishtirok etayotgan mehmon qatnashchilarga tashkilotchilarning estalik sovg'alarini topshirdi.
Mobirise Website Builder
4.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xalqaro qishloq ayollari kuni

Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo Forumida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Zulayho Mahkamova bugungi qishloq xo'jaligi sohasida ayollarning roli va ahamiyati haqida nutq so'zlab, "Ayni vaqtda sohada 1,5mlndan ortiq xotin-qiz faoliyat olib bormoqda. Respublikada faoliyat yuritayotgan 90mingdan ortiq fermer xo'jaliklarining 6,5 foiziga ayollar rahbarlik qiladi. Ularni faoliyatini qo'llab-quvvatlash, fermerlik sohasida munosib ishtirokini ta'minlash, iste'dodlarini ro'yobga chiqarish borasida hukumat darajasida alohida e'tibor qaratilmoqda" - deya ta'kidladi.
Mobirise Website Builder
4.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xalqaro paxta tadqiqotchilari uyushmasi (ICRA), Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) va Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) tashkilotlari bilan birgalikda o‘tkazilayotgan “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi"ga start berildi.

    Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Jamshid Xodjayev kirish so'zi bilan ochib berar ekan, bugungi kunda paxtachilik sohasi yurtimiz uchun juda ham muhim ekanligini, bu kabi konferensiyalar orqali esa, ko'plab muammolarga yechimlar topilishini aytib o'tdi.
Bundan tashqari, J.Xodjayev so'nggi yillarda yurtimizda aynan paxtachilik sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini, buning natijasida erkin raqobatni ta’minlovchi bozor tamoyillariga asoslangan sohani sanoat asosida rivojlantirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va hosildorlikni oshirish maqsadida klaster tizimi yo‘lga qo‘yilganligini va bu tizim bosqichma-bosqich takomillashtirib borilayotganligini, shuningdek, paxta yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinib, erkin bozor tamoyillariga o‘tilganini aytib o'tdi.
    Yurtimizda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi hamda sohadagi islohotlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishi natijasida 2021-yilda “Cotton Campaign” koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga boykot bekor qilindi.
    Bugun poytaxtimizda ilk bor o‘z ishini boshlagan "VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" va uning doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar ham mana shu izchil islohotlarning amaldagi tasdig‘idir.
Mobirise Website Builder
3.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

ILM-FAN YUTUQLARI AHOLI XONADONLARIGA TATBIQ QILINMOQDA

     Xabaringiz bor, joriy yil Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan aholi xonadonlarida “Xonadonbay” ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Maqsad, ilm-fan yutuqlarini bevosita aholi xonadonlarida, shaxsiy tomorqalarga tatbiq qilishdir.
    Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent tumanidagi 10 ta xonadonda ‘‘Toshkent tumanida in-vitro sharoitida ko’paytirilgan gilosning "Krimskiy-5" payvandtagida standart talablariga mos ko’chat yetishtirish, ko’chatchilikni yo’lga qo’yish va xonadonlar daromadini oshirish’’ mavzusida bir yillik innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.
    Bugungi kunda Toshkent tumanida xonadonbay usulda ‘‘Krimskiy-5’’ payvandtagida standart talablariga mos ko’chat yetishtirish orqli aholi xonadon daromadini oshirish olimlar e’tiborida ekanligi, bu yosh olimlarni ilm-fan va innovatsiyani xonadonlarga olib kirish va ularni ko’chatchilik faoliyati bilan yaqindan tanishtirib payvandlash usullari va ko’chatxonalarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan holda o’rgatish ishlari amalga oshirilmoqda.
    Hozirgi kunda loyiha doirasidagi ishlar qizg’in davom etmoqda. Xonadonlarda joriy yilning 10-avgust kunida kurtak payvand qilingan payvandtaglarni tutuvchanligi Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan o’rganilmoqda hamda payvandtaglarda bajariladigan agrotexnik tadbirlar bo’yicha xonadon egalariga ilmiy tavsiyalar berilmoqda.
    Ilmiy loyihadan ko'zlangan maqsad, xonadon bog‘dorchiligini yangi va daromadli bosqichga olib chiqishdir.  
Mobirise Website Builder
3.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

“Xalqaro paxta bo‘yicha Maslahat kengashining 82-yalpi majlisi” o‘z ishini yakunladi

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida, xususan, paxta yetishtirish va uni qayta ishlashda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Paxta yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinib, erkin bozor tamoyillariga o‘tildi. Klaster tizimi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilmoqda.
   30-sentyabrdan 3-oktyabrgacha davom etgan“Xalqaro paxta bo‘yicha Maslahat kengashining 82-yalpi majlisi” mana shu islohotlarning samarasi o'laroq tashkil etildi.
  Tadbirda bir qator plenar sessiyalar tashkil etildi. Ularda global iqlim o‘zgarishi sharoitida paxtachilik sektoridagi mavjud hamda kutilayotgan muammolar yuzasidan qator takliflar berib o‘tildi.
Shuningdek, paxta yetishtiruvchi davlatlarda paxtachilik va to‘qimachilik sanoati sohasidagi tadqiqotlarda erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, o‘zaro tajriba almashish va g‘o‘za yetishtirishda global iqlim o‘zgarishi hamda mintaqaviy muammolar muhokamasi hamda yechimlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Bundan tashqari,  paxtachilik sohasida jahonda erishilgan so‘nggi yutuqlar, sohada joriy etilayotgan ilg‘or texnologiyalar olimlar tomonidan taqdimotlar orqali xalqaro paxtachilik hamjamiyatiga tanishtirildi.
   Tadbirning yopilish marosimida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda bir qator ishtirokchi davlat vakillari mazkur yalpi majlis davomida ko‘tarilgan masala va undan kutilayotgan natija, kelishuvlar, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi.
   Binobarin, vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z nutqi davomida ushbu tadbirni yurtimizda o‘tkazilayotgani biz uchun katta imkoniyatligini hamda so‘nggi yillarda paxtachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanligini aytib o‘tdi.
   Bundan tashqari, plenar sessiyalar davomida paxta sektoridagi muammolarga yechim topish borasida ishtirokchi davlatlarning takliflari juda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
   O‘z navbatida, vazir paxtachilik sohasi O‘zbekiston uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etishini, bugungi tadbir esa, yangicha davr boshlanayotganidan darak ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
   Vazir nutqi so‘ngida tadbirda qatnashgan barcha davlat vakillariga ishtiroki uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tgan holda, tadbir davomida berilgan takliflarni yurtimizda qo‘llash borasida barcha imkoniyatlarni ishga solinishini ta’kidlab o‘tdi.
   Aytish kerak, ushbu tadbir davomida iqlim o‘zgarishi, suvdan foydalanish va paxta yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurash kabi masalalar bo‘yicha umumiy munozaralar orqali ekspertlar bilan birgalikda mahalliy sharoitga moslashtirilgan yechimlar ishlab chiqildi. Bundan tashqari, paxta tozalash va to‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi innovatsiyalar bilan tanishildi.
   Shuningdek, paxtachilikda xalqaro standartlarni qabul qilish, paxta sektori haqida xabardorlikni oshirish va paxta xomashyosi va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari uchun yangi bozorlarga yo‘l ochish masalalari borasida takliflar tinglandi.
Mobirise Website Builder
3.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Kutilmagan holatlar ta’lim jarayoniga ta’sir qilmasligi darkor

     Joriy yilning 30-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hududida ro‘y bergan ko‘ngilsiz voqea – kutilmagan yong‘in tufayli o‘quv binosi yaroqsiz ahvolga kelgan edi. Universitet rahbariyati, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar tufayli ayni paytda Toshkent davlat agrar universiteti talabalarining darslari uzluksiz davom etmoqda.
     Yong‘indan zarar ko‘rgan o‘quv binosida shu kungacha ta’lim olib kelgan talabalarning bir guruhi universitet ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan boshqa o‘quv binolarida bugundan tahsilni davom ettirmoqda. Bir guruh talabalar universitet hududiga yaqin manzil – Toshkent pediatriya va tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey binosida o‘qishni davom ettirayotgan bo‘lsa, yana bir guruhiga Yunusobod tumanidagi Toshkent kreativ texnologiyalar markazida o‘qishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu ikki lokatsiyada aynan yong‘indan zarar ko‘rgan binoda shu kungacha tahsil olgan talabalargina o‘qishni davom ettirmoqda.
     Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mazkur akademik litsey va markazda talabalar uchun yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirib, o‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi. Dars jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishuv chog‘ida vazir Ibrohim Abdurahmonov hademay sovuq kunlar boshlanishi, shu bois ushbu maskanlarda isitish tizimini ham ko‘zdan kechirib, mavsumga shay holatga keltirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
     Universitet rahbariyati va mutasaddilar bilan suhbat jarayonida vazir Ibrohim Abdurahmonov ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligini, buning uchun esa talabalarga barcha sharoitlarni ko‘ngildagidek yaratib berish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
    Shuningdek akademik litsey va markaz joylashgan hudud atrofida jamoat ovqatlanish joylari yo‘qligi bois, bu yerda tahsil olayotgan talabalarni tushlik ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha ham mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
    Universitet rahbariyatining ma’lumotiga ko‘ra, yangi manzillarda tashkil etilgan auditoriyalarga qatnashda talabalarning xavfsizligini hamda ularning darslardagi davomatini ta’minlash maqsadida universitet yotoqxonasidan Toshkent kreativ texnologiyalar markazigacha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu avtobuslar har kuni talabalarni yotoqxonadan markazgacha olib boradi va darslar tugagandan keyin yotoqxonaga olib kelib qo‘yadi.
Mobirise Website Builder
2.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Ayni damda “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Xalqaro paxta bo'yicha Maslahat qo'mitasining 82-yalpi majlisi" o‘z ishini davom ettirmoqda. 

Tadbirning navbatdagi kunida ikkinchi ochiq sessiyaga start berildi. Unda “ICAC” kotibyatining hisobotlari, bugungi kunda jahon paxtachilik sanoatida ro'y berayotgan voqeliklar, davlatlar kesimidagi muammolar hamda ularga qarshi ko'rilayotgan choralar haqida ma'lumotlar berib o'tilmoqda.
Mobirise Website Builder
1.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

1-Oktabr “Ustoz va murabbiylar”kuni

     Bugun, 1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar" kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu sanani mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘zgacha ruhda nishonlamoqda. Sababi, bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida 10 ta oliy o‘quv yurti, 26 ta professional ta’lim muassasasi, 21 ta ilmiy-tadqiqot instituti hamda 51 ta ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
    "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan vazirlik tizimidagi oliy va professional ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim-tarbiya sohasida faol va o‘rnak ko‘rsatgan 138 nafar pedagog va ilmiy xodimlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan mukofotlandi.
    Marosimda qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonovning ustoz va murabbiylarga bayram tabrigini o‘qib eshittirildi hamda vazir tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.
    Bayram tadbirlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ham davom ettirildi. Dastlab, Vazir kotibiyati mudiri Shamshod Ergashev vazir Ibrohim Abdurahmonovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
    Sana munosabati bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovga soha ilm-fanini rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun vazirlik “Tashakkurnomasi” topshirildi.
    Aytish kerak, so‘nggi yillarda jamiyatimizda ustoz va murabbiylarning mavqeini yanada ko‘tarish, ilm-fan, ta’lim sohasini yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
    Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida ustozlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi qomusiy normalar qayd etilishi davlatimiz va jamiyatimizda Sizlarga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol misolidir.
Mobirise Website Builder
1.10.2024
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
1 2 3 4

HTML Maker