QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yashil makon

  • 13.04.2024

     Milliy markaz va uning tizimidagi Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy muassalar mehnat jamoalari akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ yon bag‘irlarida joylashgan ilmiy tajriba stansiyasi tajriba dalasida mevali ko‘chatlar o‘tqazishmoqda.
     Bu yerda 5 gektar maydonda 2500 tup olma ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan. Dam olish kunlaridan unumli foydalangan olimlar jamoasi o‘zlarining oldiga qo‘ygan rejalarini amalga oshirdi.
Yaxshidan bog‘ qoladi, deyishadi xalqimiz. Shu bois olimlar jamoasi bugun yana erta tongdan qo‘shimcha 700 tup ko‘chat ekish uchun tajriba stansiyasiga yig‘ildi.
     Ayni damda ko‘chat ekish qizg‘in davom etmoqda.