QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Qoraqalpog‘iston: mehnatga muhabbat – yuksak samaradorlik garovi

  • 13.04.2024

     Qoraqalpog'istondagi dastlabki manzil Beruniy tumani "Shobboz" OFY hududidagi "Ozod Intensiv bog" fermer xo‘jaligi bo'ldi.

Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Shundan 3 gektariga uzum, 1 gektariga nok, 1 gektariga shaftoli va 5 gektariga olma ekilgan. Uzumning hosildorligi gektariga 10-15 tonnani tashkil etadi. Olmadan esa, gektariga 10 tonnadan hosil olinmoqda.

     Vazir Ibrohim Abdurahmonov fermer xo‘jaligi rahbari bilan suhbat qurar ekan, bu ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, bu orqali odamlarni ish bilan ta'minlash kerakligini aytib o‘tdi. Bundan tashqari Qoraqalpog'istondagi bog'larda ham uzumchilik yo'nalishida Oltiariq tajribasini ommalashtirish lozimligini ta’kidlar ekan, Qoraqalpog‘iston sharoitida  faqat mehnatga muhabbatgina agrar sohada yuksak samaradorlik garovi bo‘lishiga urg‘u berdi.

     Ibrohim Abdurahmonov "Ozod Intensiv bog" fermer xo‘jaligi bilan yonma-yon joylashgan "Beruniy agrobusines tomorqa xizmati" MCHJga qarashli issiqxonaga ham tashrif buyurdi. 

Ushbu issiqxonada Qoraqalpog'iston sharoitiga moslashtirilgan bodring, pomidor ko'chatlari ekib, parvarish qilinmoqda. Bundan tashqari, mahalliy iqlim sharoitlariga mos tarvuz ko‘chatlari ham yetishtirilyapti.

     Issiqxonaga tutash hududda muzlatkich ombori ishga tushirilgan bo‘lib, shu yerdagi mahsulotlarni saqlash uchun qulay sharoit yaratilgan va bu muzlatkich bugungi kunda nafaqat tadbirkorning o‘z ehtiyoji uchun, balki yondosh fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarini saqlashga ham ixtisoslashganligi bilan ahamiyatlidir.