QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Bugun she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

  • 09.02.2024

  Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodi – ma’naviyat sarchashmasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

  Milliy markaz bo'lim boshlig'i Shahnoza Ergasheva tomonidan Navoiy ijodida umuminsoniy g‘oyalar yuksak pardalarda kuylangani, mutafakkirning o‘zbek adabiy tili rivojidagi o‘rni xususida ma’lumot berildi.

  Shuningdek, shoirning dehqonchilik haqidagi fikrlari “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan misollar bilan asoslanib, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligida dehqonlarning o‘rni naqadar ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar qiziqarli savollarga tezkor javoblar qaytarib, Navoiy ijodini qay darajada bilishlarini namoyon qildilar.