QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Bugun Milliy markazda Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • 09.02.2024

      Bugun Milliy markazda Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Polshalik mehmon Milliy markaz rahbariyatiga uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, jumladan, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Toshkent davlat agrar universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari ijobiy natijalar berayotganini e’tirof etdi.
     Shundan so‘ng,  WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas o‘ziga topshirilgan yuksak vakolatdan foydalangan holda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovga mazkur universtitetning faxriy professori unvonini topshirdi.
     Ushbu universtitet Yevropadagi eng nufuzli universitetlardan bo‘lib, Polshadagi mavjud 460 ta universitet ichida 20-o‘rinni, universitetni xalqarolashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi.
     Milliy markaz jamoasi iqtisod fanlari doktori Sh. Otajonovni Polsha davlatining WSB universiteti faxriy professori unvoni bilan samimiy tabriklaydi!