QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


O‘zbekistonda golubika yetishtirish ilmiy asosda tashkil etiladi

  • 07.02.2024

    O‘zbekistonda golubika yetishtirish ilmiy asosda tashkil etiladi
    Bugun kunning ikkinchi yarmida Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Belarus Respublikasining rezavor mevalar yetishtirish bo‘yicha dunyoga taniqli bo‘lgan “Yagodka” fermer xo‘jaligi rahbari Andrey Kostyukovni qabul qildi.
    Muzokaralar jarayonida O‘zbekistonda rezavor meva bo‘lgan golubika yetishtirishni ilmiy asosda tashkil qilish muhokama qilindi. 
    Milliy markaz direktori 
Sh. Otajonov bu borada O‘zbekistonda katta imkoniyatlar borligi, hamkorlikda loyihani amalga oshirish har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi va bu borada Milliy markaz hamkorlik taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
   Uchrashuv yakunida Milliy markaz, markaz tizimidagi akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi o‘rtasida qiymati 200 ming dollarni tashkil qiluvchi uch tamonlama shartnoma va loyihani amalga oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.