QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


“O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish”

  • 07.02.2024

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  qaroriga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida grant tanlovlari dasturini e’lon qilish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur tadqiqot natijalarini va
ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
   Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish dasturi hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investisiya dasturlarini amalga oshirish uchun xalqaro konsalting kompaniya jalb qilingan.
   Shu munosabat bilan ayni daqiqalarda Milliy markazda Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida “Ilmiy tadqiqot natijalari va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tyapti.