QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida Jizzax viloyati Paxtakor tumani fermerlar uchun seminar tashkil etildi

  • 06.02.2024

     Qishloq xo‘jlagida ilm-fan  yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni  mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan bo‘lishish va hamkorlikni tashkil etish maqsadida Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimligi bilan hamkorlikda tuman fermer-xo‘jaliklar vakillari uchun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida seminar tashkil etildi. 

     Mazkur seminarda institut olimlari  o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar ularning natijalari, ilmiy yangiliklar bilan  batafsil tanishtirdi. 

     Seminar ishtirokchilari mahalliy sabzavot navlari, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda uyg‘unlashgan usul, organik mahsulot yetishtirish, mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash borasida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.