QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Toshkent viloyati AKIS markazi

  • 05.02.2024

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida “Sardoba Universal Claster” MCHJ tomonidan tashkil etilgan uzumzorlar hamda  “IMKON QADRI” MChJ ga qarashli 2.5 sotixli ijtimoiy issiqxona bilan tanishdi.

     Mazkur issiqxonalarning har biri 2.5 sotixdan, har biriga bittadan oilaga, jami 4 ta oilaga biriktirilgan bo'lib, erta bahorda aholini ko‘katlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida hozirda bu yerga ko‘katlar ekilgan.

     Ushbu hududda ham aynan Farg‘ona tajribasi asosida uzum yetishtirilmoqda. Bu tajriba Sirdaryoliklarni ham astoydil qiziqtirib qo‘ygan. Qiziqish esa, albatta, tashabbus sari yo‘l ochadi.

    Tashrif doirasida Ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Sirdaryo va Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazlarining taqdimotlari tinglandi.