QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


PAXTAKORLIK FERMERLAR UCHUN SEMINAR

  • 05.02.2024

   Bugun qishloq xo'jaligini rivojlanishida ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etgan holda yaxshi natijaga erishish mumkinligini innovator fermer va klaster egalari yaxshi anglab yetishgan. Ular ilm istab bugun ilmiy-tadqiqot institutlar eshigini qoqmoqda. Ana shunday tashabbuslarga misol sifatida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani fermer va klaster egalari aytish mumkin. Tuman hokimligi tomonidan Milliy markaz bugungi zamonaviy qishloq xo'jaligi tendensiyalari bilan tanishish ishtiyoqi bilan chiqishdi. Bugun ularga Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasining yutuqlari va yangiliklari tanishtirilib, seminar-trening tashkil etildi.

  Ushbu seminarda institut olimlari institutda amalga oshirilayotgan ilmiy yangiliklar bilan tanishtirdilar hamda ularni qiziqtirgan barcha savollariga  javob berdilar.