QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Bilim va innovatsiyalarni to‘g‘ri qo‘llash mo‘l hosil va taraqqiyot omili demak

  • 02.02.2024

   Xabar berganimizdek,  joriy yilning 1-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

   Tashrif davomida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Taqdimotlar tinglandi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi viloyat boshqarmasining taqdimoti tinglandi.

   Unda,  viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilda yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalarni statistik taqdimoti, viloyat polizchilik sohasini rivojlantirish yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.