Video

XITOYDAN KELTIRILGAN CHIGITNING 1 OYLIK HOLATI

Respublika Paxtachilik kengashi a'zolari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi hayot” fermer xo‘jaligi dala maydonlariga 05.04.2024 kuni ekilgan chigitning bir oylik holati bilan tanishdi.
G'o'za urug'i mexanika yordamida innovatsion usulda qo'shqator qilib ekilgan bo'lib, yovvoyi o'tlar o'smasligi uchun kimyoviy preparat qo'llangan va poletilen qoplama ostiga ekilgan.
“Yangi hayot” fermer xo‘jaligi agronomi Xitoylik mutaxassis HI CHAN ma’lum qilishicha, bu qo‘shqator usulda ekish natijasida har bir gektarga 25 kg.dan chigit sarflangan, odatda, mahalliy navni an’anaviy bir qator usulda ekishda gektariga 30-35 kg urug' sarf qilinadi. Fermer xo‘jaligi agronomining ma’lum qilishicha, Chjuntay A2 Bekobod tumanida yerga qadalgan mahalliy chigitlardan 10 kun o‘tib ekilgan bo‘lsada, ayni paytda ularga tenglashib olgan.


Bobodehon kuz faslida tuproqqa sochgan bug‘doy urug‘i unib chiqib, 9 oy parvarish qilindi.

Vaqt yugurik. Bobodehon kuz faslida tuproqqa sochgan bug‘doy urug‘i unib chiqib, 9 oy parvarish qilindi. Pishib yetilishiga esa sanoqli kunlar qolmoqda.
Shu bois so‘nggi agrotexnik ishlovni amalga oshirish g‘allakorlardan alohida bilim va mas’uliyat talab qiladi.
Agrotexnik ishlov berishda ilmga tayanish o‘zining ijobiy natijasini berishi shubhasiz.
Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Ravshanbek Siddiqov “Andijon” telekanaliga bergan intervyusida bu haqda batafsil to‘xtalgan.
Intervyuni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin!

Sayxunobod tajribasi Piskent tumanida

Tumanning Navoiy mahallasida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti va Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent viloyat tajriba-stansiyasi olimlari tomonida xonadonbay tajribalar amalga oshirilmoqda.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Loyihalarning borishi kuzatar ekan, ilmiy yangiliklar va zamonaviy texnologiyalarni xonadon sharoitida qo'llash bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Xususan, mahsulotni qayta ishlash tajribasini aynan shu xonadonlarda sinab ko'rish bo'yicha topshiriq berdi. Bunda mini quritkichlar orqali bulg'or qalampirini quritib, ziravor holatida sotuvga chiqarish yanada daromad oshishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Offline Website Software