Yangiliklar

🟢Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning hududlarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini taʼminlash, ekin maydonlarida koʻrsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

🌱Vazir tashrif dasturiga koʻra Jarqoʻrgʻon tumanidagi "Jarqoʻrgʻon tajriba" fermer xoʻjaligining urugʻlik paxta yetishtirilayotgan dala maydonida boʻlib, bu yerga ekilgan "Buxoro-10" elita navining vegetativ holati bilan tanishdi.

💬Paxtachilik kengashi aʼzolari, vazirlik huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda viloyat va tuman masʼullari hamrohligida vazir Ibrohim Abdurahmonov ushbu dala maydonini koʻzdan kechirar ekan urugʻlik tayyorlash dala maydonlarida ekish uslubini ham oʻzgartirish kerakligini, xususan, 76 sxemada qoʻshqator qilib ekish hosildorlikni karrasiga oshirishini taʼkidlab oʻtdi.

➡️Olimlar va soha mutaxassislari bilan muloqot davomida suv muammosi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan janubiy hududlarda plyonka ostiga ekish, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishning ahamiyatlariga ham eʼtibor qaratildi.

Shu yerning oʻzida Ibrohim Abdurahmonov Respublika Paxtachilik kengashining viloyat boshqarmasi va tuman boʻlimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻ'tkazib, janubiy hududning iqlimi bilan bogʻliq holatlarda gʻoʻza navlariga qanday ishlov berish xususida fikr almashish bilan birga, oʻrtaga tashlangan takliflarni qoʻllab-quvvatlagan holda gullash fazasida kirgan gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun masʼullarga koʻrsatmalar berdi.

💬Shuningdek vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturidagi keyingi manzil - shu tumandagi "Bekali Atxambek" fermer xoʻjaligi dala maydonida ekilgan urugʻlik gʻoʻza maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan gʻoʻza hosildorligini oshirishda aynan mana shu davr muhim ahamiyatga ega ekani va bu paytda beriladigan ishlovning oʻrni haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

🟢Ayni daqiqalarda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot va kartoshkachilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi, mahsulot yetishtirishda zamonaviy, resurs tejamkor va intensiv texnologiyalarni qoʻllashning ilmiy asoslari va istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

📌Maqsad sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari boʻyicha takliflar hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Muhokamada dastlab Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri B.Salomovning “Marker va zamonaviy seleksiya usullarini qoʻllab sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini atrof-muhit va insonlar salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan serhosil, yuqori sifatli, biotik va abiotik stress omillarga chidamli yangi nav va duragaylarini yaratish” mavzusidagi taqdimoti tinglandi.
⭕️B.Salomovning ilmiy tadqiqot ishining yangiligi:
⏺Ilk bor Oʻzbekiston sharoitida introduksiya qilingan piyozdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekini rokambolning qimmatli xoʻjalik belgilari aniqlangan;
⏺sarimsoq va rokambol nav namunalarining yuqori hosilli, piyozbosh va piyozchalari katta boʻlgan istiqbolli namunalari boshlangʻich manba sifatida ajratib olingan;
⏺sarimsoqning yangi “Surxon vohasi”, “Janub” va rokambolning yangi “Baraka” navlari respublikamizda ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan oʻzining ertapisharligi, piyozboshlarning yirikligi, piyozchalar vaznining yuqoriligi, serhosil va eksportbopligi bo'yicha ustun ekanligi isbotlangan.

💬Shuningdek, drayver ilmiy loyihalar muhokamasining video-konferens aloqa shaklida o'tgan qismida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri K.Tadjiyevning “Global iqlimning oʻzgarishi sharoitida gʻoʻzaning G.Barbadense L. navidan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda oʻsishini boshqaruvchi regulyatorlar, immun tizimini mustahkamlovchi immunomodulyatorlar hamda antistressantlar hamda biologik moddalardan foydalanish samaradorligi” borasida olib borayotgan tadqiqot natijalari ham tinglandi.

🔼Taqdimotchilarga ekspertlar tomonidan zarur tavsiya va takliflar berildi. 

⌛Iqlim o'zgarishi natijasida tuproq degradatsiyasi  ortayotgani bugun qishloq xo'jaligida katta muammo ekanligi hech kimga sir emas. Bunda dehqonchilikda ilm-fan va innovatsiyalarni qo'llagan holda yechim topish mumkinligini bugun har bir dehqon va fermer yaxshi anglab turibti. Mamlakatimizda 750ming gektardan ortiq haydaladigan lalmi yerlar mavjud. Shundan 220ming gektari Jizzax viloyati hududida joylashgan. Ya'ni respublikadagi lalmi yerning 3/1 qismi mazkur viloyatda. Bu esa viloyat fermer va dehqon xo'jaliklari uchun ilm nihoyatda muhimligini anglatadi.

🕯Bugun Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tgan dala-seminar ham ayni masalalarga bag'ishlandi. "Lalmikor hududlarda boshoqli, moyli va dukkakli ekinlar seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari" mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar qatnashchilarga taqdim qilindi.

🔼Xususan, yumshoq va qattiq bug'doy genetikasi seleksiyasi va urug'chiligi laboratoriyalarida jami 2622 ta nav na'munalari ustida tadqiqotlar olib borilayotgan bo'lsa shundan yumshoq bug'doy seleksiyasi sohasida raqobatli nav sinash pitomnigida 32 ta yangi nav,  dastlabki nav sinash pitomnigida 38 ta yangi tizmalar, nazorat pitomnigida 90 ta yangi tizmalar, 2-yil seleksiya pitomnigida 135 ta tizmalar, 1-yil seleksiya  pitomnigida 280 ta tizmalar, duragaylar pitomnigida 86 ta gibrid liniyalar, kolleksiya pitomnigida 735 ta nav na'munalari o'rganilmoqda.

☄️Shuningdek institutda no'xot, mosh, maxsar, zig'ir, arpa, beda, undov kabi lalmi tuproqqa mos ekinlar bilan bir qatorda sedana, kunjut kabi boshqa moyli ekinlar ham tajriba-sinov tariqasida tadqiq qilinmoqda.

🔗Olib borilayotgan tadqiqotlar natijasi asosida lalmikor maydonlarda faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklari va agroklasterlar uchun tavsiya ishlab chiqariladi.

AI Website Generator