NATIONAL CENTER FOR EDUCATION AND
INNOVATION IN AGRICULTURE
CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati


"Sifatli ko‘chat-yuqori hosil garovi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

  • 27.04.2022

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi vakillari ishtirokida "Sifatli ko‘chat-yuqori hosil garovi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 


Seminarda qishloq xo‘jaligida ilmiy asoslangan yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, sifatli hosilga erishish va aholi daromadini oshirish borasida olimlar munosabati tinglandi. 
Tadbirni Qo‘mita raisi B.Tojiyev hamda Milliy markaz direktori o‘rinbosari N.Xushmatov ochib berdi. 


Toshkent Davlat agrar universiteti professori Usmon Norqulov suv tejamkor texnologiyalarni bog‘ va tomorqa yerlarida foydalanish bo‘yicha o‘z izlanishlarini aytib o‘tdi.


Shuningdek, sifatli ko‘chat yetishtirish va intensiv bog‘larda kasallik va hashorotlarga qarshi kurashish, zamonaviy agrotexnika tadbirlarni qo‘llash hamda uzumchilik sohasi bo‘yicha olimlar ma'ruza qildi.