QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yoshlarning ilmdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash taraqqiyotga xizmat qiladi

  • 13.04.2024

    Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovning tashabbusi bilan yil boshidan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlaridagi tolibi ilmlar uchun “Doktorantlar kuni”ning tashkil qilingani ayni maqsadni ifoda qiladi. Chunki ilm bilan taraqqiyot doim yonma-yon odimlashi zarur. Aks holda fanda turg‘unlik yuzaga keladi.

    Shuning uchun biz ilm bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratishga harakat qilyapmiz. Yoshlarning ilmdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotga naf keltiradigan ilmiy ishlanmalarni ko‘paytirish imkonini beradi. Qolaversa, yosh olimlar safini kengaytirishimiz zarur.