QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Arpaning yangi navi bilan tanishing

  • 13.04.2024

 Arpaning ushbu navi boshogʻi olti qatorli, silindrsimon, boshoq rangi och sariq, boshogʻi zich joylashgan, qiltiqli, qiltigʻi boshoqqa nisbatan 1-1,5 barovar uzun, qiltigʻi tishli, och sariq rangda, doni oʻrtacha kattalikda, elips shaklida.1000 dona don vazni 45,2-46,7 gr, don hajm ogʻirligi 685,5-688,1 g/lni tashkil etadi. 
     Nav ertapishar: oʻsuv davri 190 kun, yotib qolishga, toʻkilish va qishlashga yuqori bardoshli, arpa kasalliklarining gelmintosporiz, un shudringga nisbatan chidamli. 
     Kuzgi ekish muddati:  sugʻoriladigan mintaqalari 3,5-4,0 mln.dona unuvchan urugʻ hisobida.  
     Institutning dala tajriba maydonida parvarish qilinayotgan ushbu nav 2024 yil 18 mart sanasida boshoqlash fazasi kuzatildi.
     Arpaning ushbu navi nav sinashdan muvaffaqiyatli o‘tib, 2023 yilda istiqbolli nav sifatida davlat reestriga kiritilgan.