QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishida ilmni rivojlantirishga oid qarorlar qabul qilindi

  • 27.03.2024

   Jumladan, Jahon banki mablag‘lari hisobidan ilmiy-tadqiqot institutlari moddiy-texnik bazasini modernizasiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular muhokamasi, dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligini tasdiqlash, bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan maqsadli loyihalarni keyingi bosqichga tavsiya etish va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining muttasil sholi yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribani noyob ilmiy ob’ektlar ro‘yxatiga kiritish uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi takliflari muhokamalar markazida bo‘ldi.

   Kengashga raislik qiluvchi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Jahon banki mablag‘lari hisobidan ilmiy-tadqiqot institutlari moddiy-texnik bazasini modernizasiya qilish bo‘yicha muddat borgan sari qisqarib borayotganligi, shu bois tashkiliy ishlarni tezlashtirish, mablag‘larni o‘zlashtirishda ilmiy faoliyatni takomillashtirishga zarur bo‘ladigan asbob-uskunalarni xarid qilishga e’tibor qaratishni ta’kidladi.

   Davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular muhokamasida bir-birini takrorlaydigan ayrim mavzulardan voz kechish maqsadga muvofiqligi taklif qilindi.
 Kun tartibidagi 3-masala – dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligini tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqqan kengash a’zolari 23 ta murojaatdan 9 tasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Rad etish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan omillar bayon etildi.