QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


ILMNING YUKINI KO'TARISH OSONMAS

  • 13.03.2024

   Xabar berganimizdek, bugun Milliy markazda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Doktorantlar kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutlarining doktorantlari ishtirok etdi.

   Ilk taqdimotni  O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 3-bosqich tayanch doktaranti Oybek Xurramov boshlab berdi.
Mavzu: "Mosh genofondi asosida ertapishar, issiqlikka chidamli, yuqori hosildor birlamchi manbaalar yaratish".

   Mavzuning yangiligi mosh seleksiyasida jahon genofondini o‘rganish asosida issiqlikka chidamli, ertapishar, iqlim sharoitga moslashgan, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, asosiy va takroriy muddatlarda yetishtirishga moslashgan,  hosildorligi yuqori birlamchi manbaalar tanlab olishga qaratilganligida. Taqdimot bilan tanishgan ekspertlar ham mavzuning dolzarbligi va yangiligini e’tirof etdi.