QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari tashkiloti (FAO) vakillari Milliy markazda

  • 13.03.2024

Bugun Milliy markaz direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari tashkiloti (FAO)ning Markaziy Osiyo  mintaqasi bo'yicha eksperti, agrobiolog Karolina Starni qabul qildi. Uchrashubda  FAO tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotdgan uchta yangi loyihaning muhokamasi bo'lib o'tdi. 

    Loyihalardan ikkitasi Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suvdan oqilona foydalanish va suv resurslarini tejash, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha grantlarni joriy qilish va bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan.
Uchinchi yo'nalish esa Kartogen protokoli bo'yicha O'zbekistonda milliy qonunchilikni ishlab chiqishga ko'maklashish va amalga oshirishdan iborat. 

    Kartogen protokoli bu- biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya, zamonaviy biotexnologiyalardan foydalanish natijasida bir turdan boshqasiga oʻzgartirilgan tirik organizmlarning (GMO) harakatini tartibga soluvchi xalqaro shartnomadir. O'zbekiston Respublikasi ushbu protokolni 2018-yilda rotifikatsiya qilgan.

    Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida genetik resurslarni saqlash va undan barqaror foydalanishdir. Ekspert Karolina Star oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, o'simliklar biologik xilma-xilligini oshirishning milliy yo'llariga erishish borasida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiya milliy markazi va uning tizimidagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini bildirdi.