QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


"Agrar sohaning novator olimasi" tanlovida olima xotin-qizlar taqdirlandi

  • 11.03.2024

   Tadbirni Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov tabrik so'zi bilan ochdi
-Prezidentimiz boshchiligida xotin- qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Iqtidorli, ilmli, olima xotin-qizlarni  rag‘batlantirish, yangi marralar sari ilg'orlashida barcha sharoitlar yaratilmoqda. Buni ilmiy bilan shug'illanayotgan olimalarning soni kundan kun ortayotganidan ham bilishimiz mumkin! Bu ishlar Milliy markazda ham jadallik bilan davom etadi, “Agrar sohaning novator olimasi” tanlovini sinov tariqasida o'tkazdik. Ko'rdik, qiziqish yuqori, tashabbuskorlar ko'p. Biz bundanda keng ko'lamda sizlarni birlashtiradigan tashabbuslarni ilgari surishga tayyormiz-dedi Shuhrat Otajonov. 

   Shundan so'ng, tanlovga taqdim qilingan ishlar Hakamlar hay'ati tomonidan mazmun-mohiyati, dolzarbligi va ishtirokchining ijtimoiy-siyosiy faolliyatda nechog'lik faolligi, tashabbuskorligi sifatlariga ko'ra baholanib, ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarda ko'rishlar hamda munosabatlarni ham inobatga olgan holda tanlab olindi.