QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Dunyo tan olgan markaz endi O‘zbekistonda ham ish boshlaydi

  • 01.03.2024

Xabar berganimizdek, joriy yilning 19–23-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gulfood” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tabiiyki, har bir shu kabi tadbir agrar mahsulotlarini dunyo bozorlariga taqdim etuvchi mamlakatlar uchun hamkor hamda sherik topish uchun qulay maydon sanaladi. (https://www.agro.uz/dunyo-tan-olgan-markaz-endi-o-zbekistonda-ham-ish-boshlaydi/)

    O‘zbekiston ham bundan istisno emas. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston delegatsiya mazkur ko‘rgazma doirasida bir qator manfaatli kelishuv va hamkorlik memorandumini imzolashga erishdi.

   Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Abu Dhabi Food Hub” kompaniyasi direktori Suresh Vaidhyanathan bilan uchrashuvi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lidagi manfaatli hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishida ham turtki bo‘ldi. Sababi, endi O‘zbekistonda ham ixtisoslashgan oziq-ovqat markazi faoliyat olib boradi.