QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Olimlar va talabalar uchrashuvi

  • 01.03.2024

   Bugun, 24-fevral kuni Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sh.Namazov hamda akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Esonqulovlar bilan Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda agrar sohani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanganligi bois, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida ilm-fan yutuqlarini joriy qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun tavsiyalar, talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va ilmiy tadqiqot institutining imkoniyatlari to‘g‘risida so'z yuritildi.