QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Agrar sohadagi tadqiqotlar xonadon sharoitida ham o‘tkaziladi

  • 01.03.2024

Endi qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar xonadon sharoitida ham o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy markaz direktori Sh. Otajonov bugun bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qildi. 
     Ilk loyihalar Xorazm viloyatida amalga oshirilishi qayd etildi. Bu borada dastlabki qadamlar ham tashlangan. 
     Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov aholi tomorqalarida kichik ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan izoh berarkan “tadqiqotlarni xonadon sharoitida o‘tkazishni bejiz tajriba qilmayapmiz. Sababi ilmda erishayotgan natijalarimiz eng avvalo, aholi tomorqasida samara berishi kerak. Chunki ilmiy-tadqiqotlarimizning foydalanuvchisi tuproq bilan tillashuvchi yurtdoshlarimiz. Ular dehqonchilik qilishda ilmga ishonishi va tayanishi kerak” deya ta’kidladi.