QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


#xalqaro_ilmiy_hamkorlik

  • 01.03.2024

Joriy yilning 19-23-fevral kunlari Islom oziq-ovqat tashkiloti tashabbusi bilan Pokistonning Faysalobod va Multan shaharlarida  “Bug‘doy yetishtirishda zamonaviy texnika va ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazish”  hamda “Pokistonda ekinlarni yaxshilash uchun rivojlanayotgan texnologiyalar” mavzusidagi  xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.
      Xalqaro miqyosda o`tkazilgan tadbirda Milliy markaz tizimidagi  Janubiy dehqonchlik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi D. Jo‘raev ham  ishtirok etib, institut ilmiy faoliyati bo`yicha ma`ruza qildi.
      Shunungdek, ishtirokchilar uchun gibrid bug‘doy seleksiyasi (Hybrid Wheat Breeding) bo‘yicha dala va laboratoriya seminarlari tashkil etildi.
      Tadbir so`ngida respublikamizda ilk bor  yangi texnologiya asosida Gibrid bug‘doy seleksiyasi (Hybrid Wheat Breeding) ning yo`lga qo‘yish bo‘yicha Avstraliyaning Sidney universiteti va Pokiston qishloq xo‘jaligi universitetlari bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi.