QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


ILM FANNI OMMALASHTIRISH BUGUNGI KUNNING DOLZARB VAZIFASI

  • 01.03.2024

Farg'ona viloyatida qish mavsumida issiqxonalardagi limon ko‘chatlarini kasallik va zararkunandalardan saqlash, sovuqdan olib chiqish bo‘yicha dolzarb tavsiyalarni Farg'ona viloyati Agroxizmatlar markazi xodimlari  tomonidan xonadonbay usulda yetkazish hamda ilm fanni ommalashtirishga e'tibor qaratilmoqda.

Jumladan: 
     Farg‘ona tumani Novkent mahallasida limonsiz xonadonni topish qiyin, hozirgi kunda 130 dan ortiq xonadon limonchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

     Issiqxonalarda parvarishlanayotgan limon ko‘chatlarida fitoftoroz, antraknoz, issiqxona yashil shirasiga qarshi kurashning ilmiy asoslangan tavsiyalarini ishlab chiqilib xonadon egalariga yetkazildi.

     Limon yetishtirishda issiqxonalarda issiqlikni saqlashda kigizdan foydalanish ham kam xarajat, yuqori daromad manbasi ekanligi haqida tavsiyalar berildi.