QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Shu kunlarda bir guruh o‘zbekistonlik tuproqshunos olimlar Niderlandiyada bo‘lib turibdi

  • 01.03.2024

   Shu kunlarda bir guruh o‘zbekistonlik tuproqshunos olimlar Niderlandiyada bo‘lib turibdi. Ular Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki va Vageningen akademiyasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida tashkil qilingan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, ya’ni  “Tuproq laboratoriyasi bilimlari” (“Winter Course Soil Lab Skills”) deb nomlangan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etyapti.
   Delegatsiya tarkibida Milliy markaz bo‘lim boshlig‘i O‘lmas Sobitov ham ishtirok etmoqda. 
–Tashrif davomida agrar soha rivojlangan Niderlandiya tajribasini o‘rganyapmiz. Maqsadimiz, orttirayotgan bilimlarimiz asosida O‘zbekiston sharoitiga moslagan holda yechimlar taklif etish, ilmiy -tadqiqot ishlarini yuritish bo‘lsa, ikkinchidan – Niderlandiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilm yutuqlarini shunchaki olib ketish emas, balki uni O‘zbekistonning tuproq-iqlim  sharoitiga, tabiatiga, resurslariga moslab, to‘g‘ri tatbiq qilishdir, – deya xabar jo‘natgan O‘lmas Sobitov.