QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Xalqaro hamkorlik

  • 29.02.2024

     Bugun Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning xalqaro ekspertlari va tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillarini qabul qildi.
  Uchrashuvda tomonlar  O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar va amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. 
  Ekspertlar ushbu strategiyani ishlab chiqishda Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining imkoniyatlari va amalga oshirilgan ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanishish istagini bildirdi. Shundan so‘ng ilmiy muassasa rahbari R. Xudoyquliev ekspertlarni institut faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirdi.
     Uchrashuv so‘nggida Milliy markaz direktori mamlakat agrar sohasi ilmini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun tashkilot vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdi.