QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Tojikiston qishloq xo‘jaligi xodimlari Agroxizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdilar

  • 29.02.2024

  Shu kunlarda Birlashgan Millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning  Tojikistondagi vakolatxonasi tomonidan Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy tashkilotlar va ilmiy muassasalarning mas’ul xodimlari, FAOning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi.

  Yaqindagina Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatida O‘zbekiston Agroxizmatlar  markazining filliali tashkil qilinib, zarur vositalar bilan ta’minlangan edi.

  Milliy markaz direktori Sh. Otajonov delegatsiya a’zolarini tashrif bilan qutlab, agrar soha ilm-fanini rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishi mintaqada sohani yuqori darajaga olib chiqishi haqida ta’kidlab, yaqindan tanishish uchun Agroxizmatlar ko‘rsatish markaziga kichik sayohat uyushtirishni taklif qildi.