QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yosh olimlar ilmiy munozaralarda toblanadi

  • 30.01.2024

   Yosh olimlar ilmiy munozaralarda toblanadi
Milliy markaz an’anasiga ko‘ra haftaning seshanba kuni “Doktorantlar kuni” hisoblanadi. Shu munosabat bilan bugun Milliy markazda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari jam bo‘lishdi. Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, o‘z so‘zida “Doktorantlar kuni”ni bejiz tashkil qilinmagani, soha olimlari oldiga davrning o‘zi katta mas’uliyat qo‘yayotgani haqida to‘xtaldi. Shuningdek, ilmiy munozaralarda yosh olimlar o‘zlarining ilmiy izlanishlariga to‘g‘ri yo‘l topishi, tadqiqotlardagi eng muhim indikatorlarni belgilab olishi ta’kidlandi.
  Shundan so‘ng, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Suhrobbek Matyakubov o‘zining ilmiy ishi yuzasidan  “Genotipi boyitilgan g‘o‘za navlarini yaratishda introgressiv seleksiya va sitogenetik uslublardan foydalanishning samaradorligi”  mavzusidagi  tadqiqotining dastlabki natijalarini ekspertlarga taqdim qildi.Tadqiqot natijasida tola chiqimi 40 foiz va tola uzunligi 34 milllimetrdan ziyod va turli kasalliklarga chidamli nav yaratilishi ma’lum qilindi.
Ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Anastasiya Bakirovaning  “Amerika paxta navlari genetik salohiyatidan foydalangan holda raqobatbardosh selektsion material yaratish” mavzusidagi ma'ruzasi ham seminar-trening ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi.
  Ma’ruzachining ma’lum qilishicha,  tadqiqot natijasida analitik seleksiya usulidan foydalanib, o‘rta tolali 111-114 kunda pishib yetiladigan, tolasining mikroneyr ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning S6301 navi yaratilgan. Ushbu yangi navga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi  Intellektual mulk agentligi tomonidan 2022-yil 30-noyabrda NAP 00418-sonli patent berilgan. 
Ilm yo‘lida zahmat chekib, natijaga erishish nafaqat olimning balki jamiyatning ham yutug‘idir. Erishilgan ilmiy natijani patentlash esa olimning intellektual mulkka bo‘lgan egaligini belgilaydi.
  Bugun “Doktorantlar kuni” munosabati bilan Milliy markazda tashkil etilgan semnar-treningda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mutaxassislari ham ishtirok etdilar.
Mutaxassislar yaratilayotgan yangi navlar, ilmiy ishlanmalar va foydali modelni patentlash tartiblari va bu boradagi yangiliklar bilan doktorantlarni tanishtirdi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar Milliy markazda "Doktorantlar kuni"ning tashkil qilingani o‘z vaqtida amalga oshirilgan eng yaxshi g‘oya mahsuli ekanligini e’tirof etishdi. Doktorantlar Rahmatilla Rahmonov va Shahlo Sulaymonovalar ilgari mana shunday uchrashuvlar, ustoz olimlarning oldida natijalarni e’lon qilish va ularning maslahatlarini olish yosh olimlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, kuchli ruh berishini ta’kidladilar.