Bugun “Doktorantlar kuni” munosabati bilan Milliy markazda tashkil etilgan semnar-treningda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Mutaxassislar yaratilayotgan yangi navlar, ilmiy ishlanmalar va foydali modelni patentlash tartiblari va bu boradagi yangiliklar bilan doktorantlarni tanishtirmoqda.
Doktorantlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishmoqda.