QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Tanqid, tahlil, yechim

  • 29.01.2024

Odatda dushanba kuni yangi ish haftasini rejalashtirish bilan boshlanadi. Milliy markaz direktori Sh. Otajonov raislik qilgan bugungi yig‘ilishda dastlab o‘tgan haftada belgilab olingan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

   Tahllilardan ma’lum bo‘ldiki, belgilangan vazifalarning ijrosi qoniqarli darajada ta’minlanmoqda.
– Biroq bu yetarli emas! Biz o‘zimizga topshirilgan vazifani eng kamida “yaxshi”  bahoga bajarishimiz kerak. Ana shundagina natijaga erishamiz,– dedi Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov.

Shundan so‘ng yangi ish haftasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Shuningdek, vazifalarning ijrosini ta’minlashda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari o‘zlari egallab turgan vazifa va davlat oldidagi mas’uliyatini, hisobdorligini oshirishlari zarurligi qayd etildi. 

   O‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan ishlayotgan  ayrim rahbarlar hushyor tortib, o‘z faoliyatlarini tanqidiy ko‘rib chiqishlari lozimligi  ta’kidlandi.