QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


#Akademiklar_kuni

  • 26.01.2024

    So‘nggi paytlarda Milliy markazda agrar soha ilm-faniga xizmat qiladigan an’analar shakllanmoqda. Masalan, haftaning seshanba kunida doktorantlar va ustoz olimlar uchrashib, ilmiy izlanishlarning dastlabki natijalarini tahlil qilsa, payshanba kuni ilmiy-tadqiqot institutlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning holati muhokama qilinib, muammolarga yechim topiladi.
Endi Milliy markazda har oyning 25-sanasida  "Akademiklar muloqoti" ham bo‘lib o‘tadi. Shu bois kecha O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari Milliy markazga tashrif buyurdi.

   Muloqot davomida ilmiy loyihalarni shakllantirish va drayver yo‘nalishlarini belgilash muhokamalar markazida bo‘ldi.

   Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ilm-fani natijalarini yanada yaxshilash uchun yosh olimlarni chet elda malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.