QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


#Hamkorlik

  • 26.01.2024

   Bugun, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov  Janubiy Koreya Respublikasining xususiy urug'chilikka ixtisoslashgan  GSBIO kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Mazkur kompaniya 2008-yildan buyon kartoshka urug'chiligi yo'nalishida ishlab keladi. Bizga ma'lumki, O'zbekiston bir yilda 255 tonna kartoshka urug'ini import qiladi. Mamlakatimiz dehqon xo'jaliklarini sifatli urug'lik bilan ta'minlash maqsadida mazkur xorijiy kompaniya davlat-xususiy sherikchiligi   asosida dunyoga mashxur kartoshka  mikrotuganaklarini ko'paytirish taklifini  ma'lum qildi.

  Janubiy Koreya tomoni bunda  Santa, Picasso, Novaki, Chubek va Summi navli kartoshka tuganaklarini Respublikamizga litsenziyaga ega holda olib kirib In-vitro sharoitida ko'paytirib beradi. Buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, issiqxonalarni tashkil etish bo'yicha grant lohiyalar amalga oshirilishi aytib o'tildi.