QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Oʻzbekiston – Rossiya: qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

  • 19.02.2019

Joriy yilning 19 fevral kuni  O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi delegatsiyasi Rossiya Federal Davlat ilmiy markazi Butunrossiya parrandachilik texnologiya va ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomon o'rtasida parrandachilik sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, hamkorlikda xalqaro anjumanlar o'tkazish, tayanch doktorantlar va ilmiy-xodimlarni qisqa muddatli trening kurslarga jo'natish, ilmiy markaz tizimida tashkil etiladigan parrandachilik markaziga naslli parrandalar olib kelish,  soha buyicha qo'shma ilmiy-amaliy loyihalar olib borish kelishib olindi va O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.