Yangiliklar

1 2 3 4

22 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

QORAQALPOG'ISTON DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYATI TAKOMILLASHADI

     Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov institutda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar natijalari bilan tanishish, mavjud muammolarni o'rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'ldi.

     O'rganish davomida Jahon banki bilan hamkorlikda "O'zbekiston qishloq xoʻjaligini modernizasiya qilish loyihasi" doirasida institutga ajratilgan 600 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag'laridan samarali foydalanish bo'yicha ko'rsatma berdi.

     Shuningdek, Institutda faoliyat olib borayotgan olimlar bilan fikr almashib, yaratilayotgan yangi navlarning ekin maydonlarini kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

21 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlaridan yuqori hosil yetishtirish maqsadida "Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda qo‘llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug‘orish tartiblari" mavzusida respublika hududi bo‘ylab Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari va soha olimlari tomonidan g‘alla yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari uchun o‘quv- seminarlar tashkil etish belgilangan. Jumladan, 2025-yil 21-22-yanvar kunlari Toshkent viloyati tumanlarida seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.
     Shu munosabat bilan, bugun Respublika agroxizmatlar markazi majlislar zalida Toshkent viloyatining 7 ta tumandagi fermer xo‘jaliklari va kalsterlar vakillari uchun viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi hamda tuman o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etildi.
     Seminarda hududlarda ekilgan kuzgi bug‘doy navlaridan kelib chiqib, yuqori yuqori yetishtirishda zamonaviy agrotexnika tizimlari, begona o‘tlari va ularga qarshi kurash muddatlari, g‘allazordagi zang va boshqa turdagi kasalliklar, ularning rivojlanishini oldini olish muddatlari va qo‘llaniladigan kimoviy preparatlar, g‘allazorlarda yuzaga kelgan zararkunanda hasharotlar, ularga qarshi kurash muddatlari va qo‘shimcha vositalar, g‘allani makro va mikro elementlar bilan boyitilgan preparatlar yordamida suspenziya usulida bargdan oziqlantirishning ahamiyati, g‘allani sug‘orishda suv resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy sug‘orish agrotexnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida taqdimotlar bo‘libdi o‘tdi.
     Seminar savol-javoblar va muloqotga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar o‘zaro tajriba almashib, maslahat va tavsiyalarni bo‘lishdi. 

26 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Hududlarda xorijiy g'o'za navlarini ekish va parvarishlash bo'yicha seminarlar davom ettirilmoqda

     Qashqadaryo viloyati Qamashi va G‘uzor tumanlari fermer xo‘jaliklari uchun xorijdan keltirilgan navlar hamda agrotexnikasi ya’ni ekish, parvarishlash bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
     Seminarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashi a’zolari M.Avliyoqulov, B.Iskandarov, A.Abdiazimov, Sh.Jumayev, J.Abdullaev hamda viloyat QXB boshlig‘i o‘rinbosari A.Aripovlar so‘zga chiqib, xorijiy navlarning afzalliklari haqida tushunchalar berishdi.
G‘uzor tumanida o‘tkazilgan seminarda Qashqadaryo viloyati agroxizmatlar markazi direktori I. To‘raey, Qamashi tumani bosh mutaxassisi E.Ziyadov, G‘uzor tumani bosh mutaxassisi T.Maxmatmurodovlar seminarda qatnashdilar.
     Seminarda 2025-yilda xorijiy paxta navlari, hususan ko‘sak qurti va gerbitsidlarga chidamli (BT) bo‘lgan Xitoy paxta navlarining hususiyatlari va afzalliklari, shuningdek, ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda hosildorlikni oshirish, ekish uchun talab etiladigan 76 sm va 76×10 sm sxemalarga moslashgan seyalkalarni olib kelish, 76×10 sm sxemada qo‘shqator usulida plyonka ostida tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilgan holda ekish, kultivator va boshqa texnikalarni ushbu sxemalarga moslash va boshqa masalalar bo‘yicha kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda yetishtirishda bajariladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar berildi.

18 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Bog’lar barpo etishga tayyorgarlik boshlandi

  “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida, Milliy markaz tizimidagi akademik M.Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent viloyati prokuraturasi, Toshkent viloyati Osimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamkorligida bugun seminar tashkil etildi.

     Toshkent viloyati tumanlarning tuproq, iqlim sharoitdan kelib chiqib, mevali va manzarali bog’lar barpo etish, ularni parvarishlash, tashqi muhit omillaridan muhofaza qilish seminarning asosiy mavzusi bo’ldi.

     Seminarda soha olimlari, mutaxassislar, fermer va dehqon xo’jaliklari rahbarlari hamda shaxsiy tomorqa egalari ishtirok etdi.

17 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida 

     Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” o‘tkazilmoqda

     Tadbirda Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori M. Sattarov "Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari, ilg‘or xorijiy va mahalliy tajriba hamda texnologiyalarini targ‘ib va joriy qilish" haqida taqdimot qilmoqda. 

16 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Пахта етиштириш ва қайта ишлашда қўшимча бозор механизмлари жорий қилиниши белгиланди.

     Жорий йилдан бошлаб кластерлар пахтага талаби ва нарх таклифини биржага қўяди, фермерлар эса ўзига маъқулини танлаб, фьючерс шартномасини тузади.
     Имтиёзли кредит олмай, ўзи пахта етиштирган фермерларга биржада сотган пахтасини 10 фоизи миқдорида субсидия берилади.
     Имтиёзли кредитни йил якунигача тўлиқ қайтарган фермерларга кредитнинг 4 фоизи қайтариб берилади. Уларга кредит фоизи амалда 10 фоиздан 6 фоизга тушади.

16 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Xabar berganimizdek, Milliy markazda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 2024-yilda erishgan natijalari yuzasidan hisoboti tinglandi.

     Ochig‘i, hisobot yig‘ilishi tanqidiy ruhda otdi. Hisobotda aks ettirilgan ma’lumot va faktlarning ayrimlarida chalkashliklar mavjudligi tanqid qilindi. Ilmiy, moliyaviy, kadrlar borasidagi va ishlab chiqarish sohalaridagi kamchilik va yechimini kutayotgan masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

     Milliy markazning tegishli bo‘limlari rahbar va mutaxassislari tomonidan hisobotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

     Yig‘ilishga raislik qiluvchi Milliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov hisobotni qaytadan puxta holda tayyorlash va uni munosib tarzda himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rishi lozimligini ta’kidladi.

     Ta’kidlash lozimki, Milliy markazda bundan oldin o‘tgan ilmiy muassasalarning hisobotlari ham ta’bir joiz bo‘lsa "xom" tayyorlanganligi uchun qabul qilinmagandi. Ushbu holatdan hisobot yig‘ilishiga hozirlik ko‘rayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari xulosa chiqarishlari lozim.

16 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Haqberdiyev Qodir Sharofitdin o'g'li Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehgonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining Ishlab chiqarish va umumiy ishlar bo'yicha o'rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

16 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Meyliyev Akmal Xushvaqtovich Qishloq xo jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

14 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

    Bugun Milliy markazda Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
    Unda Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov so'zga chiqib: "El-yurt xizmatiga kamarbasta bo'lgan har bir o'g'lon- vatan himoyachisidir"-deya barchani tabrikladi. Shundan so'ng, Milliy markaz bosh yuristkonsulti, iste'fodagi podpolkovnik Otabek Fayziyev mamlakatimizning harbiy salohiyati, chegaralarimiz dahlsizligi va 33-yillik tarixda erishilgan natija hamda yutuqlar haqida so'zladi.
    Otabek Fayziyev O'zbekiston Armiyasi uning bugungi salohiyati, oʼzining xizmatdagi esdaliklari, ibratli voqealar, oʼzbek oʼgʼlonlarining mardlik va jasurligi haqidagi xotiralari bilan oʼrtoqlashdi.

13 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi kotibi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh.Otajonov rahbarligida Paxtachilik kengashining "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik korxonalarining 2025-yil hosili uchun xorijiy g‘o‘za navlari urug‘larining importi bo‘yicha tashkiliy masalalar" yuzasidan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
     Yig‘ilishda xorijiy paxta navlaridan jamg‘arilgan 17,5 ming tonna urug'lik paxta xomashyosidan urug‘liklar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Bunda, avvalo, sifatli qayta ishlashni tashkil etilib, markazlashgan holda Buxoro, Namangan, Toshkent va Jizzax viloyatlarida lazerli fotoseparator yordamida urug‘liklar saralanadi.
     Shuningdek, urug‘ning unuvchanligini oshirish maqsadida mikrobiologik preparatlar ham parallel ravishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, nav tozaligini baholash uchun xorijdan keltirilgan urug‘lar zamonaviy laboratoriyalarda molekulyar-genetik jihatdan tahlil qilinadi.
     Joriy yilda respublikada 878 ming gektar yerga paxta ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan:
     20 foiz maydonga o‘tgan yili ekilgan xorijiy paxtadan jamg‘arilgan urug‘liklar ekiladi va Shinjon texnologiyasi asosida parvarishlanadi;
     yana 20 foiz maydonda mahalliy g‘o‘za navlari yuqori samarador intensiv agrotexnologiya asosida 76x10 qo‘shqator sxemada 240 ming ko‘chat soni bilan plyonka ostida parvarishlanadi;
    qolgan 60 foiz yerga ilmiy asoslangan nav joylashtirish rejasi asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, sho‘rlanish, suv ta’minoti, sizot suvlari nisbati, kasallik “o‘choqlari” omillarini hisobga olgan holda tindirilgan urug‘ nav urug‘ini almashtirish dasturiga muvofiq mahalliy g‘o‘za navlari ekiladi. Bunda 90 smlik sxemadan butunlay voz kechiladi;
    shuningdek, qo‘shimcha tarzda 2025-yil hosili uchun 150 ming gektarga xorijiy 12 xil g‘o‘za navi import hisobiga olib kelib ekilishi ham reja qilinmoqda.
    “Bu jarayonda Paxtachilik kengashi a’zolarining asosiy vazifasi har bir navga hos bo‘lgan agrotexnologiyani ishlab chiqib, uni joylardagi seminar va treninglarda tushuntirishlar orqali amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash, "O‘zagroinspeksiya" mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishdagi xatoliklarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tezkor choralar ko‘rishdan iborat”, - deydi Sh.Otajonov.

10 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Xadjayev Milliy markazga tashrif buyurdi

Agrar soha ilmida va AKISda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Xadjayev bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi. Dastavval Oman sultonligi bilan hamkorlikda faoliyati yo'lga qo'yilgan "Atyab international services" laboratoriyasi faoliyati ko'zdan kechirildi. Mazkur laboratoriya tomonidan berilayotgan sertifikat orqali mahalliy tadbirkorlarimiz qishloq xo'jaligi maxsulotlarini xorijga eksport qilmoqda.

     Jamshid Xadjayev O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida faoliyati yo'lga qo'yilgan "GS-BIO-AGRO" invitro laboratoriyasi bilan ham yaqindan tanishdi. Mazkur laboratoriyada dunyoga mashxur kartoshka tuganaklari invitro usulida ko'paytirilmoqda.

     Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Fundamental tadqiqotlar markazi (Center of Excellence) loyihasi haqida axborot berdi. Kelgusida ushbu mavzeda qishloq xo'jaligi kampusi yaratilishi haqida taqdimot qildi.

    Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xadjayev tomonidan Fundamental tadqiqotlar markazi (Center of Excellence) va boshqa zamonaviy ilmiy infratuzilma obyektlari qurilishiga oid qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

    Shundan so'ng Janubiy Koreya grant loyihalari asosida barpo etilgan o'quv majmua va issiqxonalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. 

9 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

Ayni vaqtda Milliy markazda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy ilmiy-tajriba stansiyalari 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va natijalari haqida hisobot bermoqda .

9 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

TURKIYA BILAN AGRAR SOHA ILMIDA HAMKORLIK

   Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) tomonidan “Oʻzbekiston-Turkiya” xalqaro qoʻshma tanlovi e’lon qilingan.

   Bugun, Milliy markazda ushbu tanlovda ishtirok etishga talabgor bo'lgan qishloq xo'jaligi sohasi olimlari loyihalarni shakllantirishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan omillarga bag'ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

   Seminarni Milliy markaz direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov ochib berdi. U o'z so'zida O'zbekiston va Turkiya o'zaroamalga oshirayotgan amaliy hamkorliklarning natijalari haqida to'xtaldi. Shuningdek, Turkiya loyihalarining bugungi qishloq xo'jaligidagi ahamiyati haqida ma'lumot berdi.

   Seminarda loyihalarni shakllantirish yuzasidan xalqaro konsultantlar doktor Muhammed Sedat Kolcuoglu va proffessor Orhan Özçatalbaş taqdimot qildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

8 Yanvar 2025

Mobirise Website Builder

"O'zbekiston Milliy axborot agentligi-UzA"da "O‘zbekiston o‘simliklari genetikasining 100 yillik faoliyati" sarlavhali videoreportaj e'lon qilindi. Unda Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati haqida so'z boradi.

Reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin!


8 Yanvar 2024

Mobirise Website Builder

TAYINLOV

Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Jurayev Diyor Turdiqulovich Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

7 Yanvar 2024

Mobirise Website Builder

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini rivojlantirish uchun 1 million dollar yo‘naltiriladi

   Mamlakatimiz agrar sohasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining alohida o‘rni bor. Boisi institut tashkil bo‘lgan 1913-yildan buyon ushbu ilmiy maussasada faoliyat ko‘rsatgan olimlar lalmikor yerlarda dehqonchilik madaniyatini rivojlantirish, serhosil ekin navlarini yaratish va yangi agrotexnologiyalar ustida tinimsiz ilmiy izlanish olib boradilar. Institutning 110-yildan ortiq faoliyati davomida 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik ekinlarining 246 ta serhosil navlari yaratilgan.
   Biroq so‘nggi yillarda ilmiy muassasada yuzaga kelgan nosog‘lom muhit institutning uzoq yillar davomida erishgan yutuqlariga soya soldi. O‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan ishlash esa institutning moddiy -texnik bazasini obrazli qilib aytganda chiritdi, binolarni juldur ahvolga soldi.
   Avval xabar berganimizdek, bugun ushbu ilmiy muassasada Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar e’tirof etilgan holda ilmiy muassasada yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etish muhokama markazida bo‘ldi. 
 – Bir paytlar lalmikor dehqonchilik ilmining o‘zagi bo‘lgan, nafaqat O‘zbekiston balki, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tarmoq ilmining bazasi bo‘lgan tabarruk maskandan bugun oldingi fayzni topib bo‘lmaydi. Eshikdan kirib kelgan odam ilmning tilsimini kashf qilish o‘rniga noxush kayfiyatni his qiladi. Sababi aniq. Tarqoqlik yuzaga kelgan joyda boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Lekin sizlarning zimmangizda mamlakatimizdagi haydab dehqonchilik qilinadigan qariyb 800 ming gektar maydonda rizq undiruvchi dehqonlar uchun yangi serhosil ekin navlarini yaratishdek vazifa turibdi, – dedi Shuhrat Otajonov.
   Shundan so‘ng tahliliy ma’lumotlarga e’tibor qaratildi. – Institutda 8 ta laboratoriya 19 nafar ilmiy darajali xodim faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsada, 2024-yilda Scopus va Web of Sciyence bazasiga kiruvchi xalqaro nashrlarda bor-yo‘g‘i 2 tagina maqola e’lon qilingan xolos. Taassuflisi shundaki, o‘tgan yilda birorta ham monografiya chop etilmagan. Bu tadqiqot deyarli yo‘qligini aks ettirmaydimi, – dedi Shuhrat Otajonov.
   Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan yilda doktoranturani tugatgan 7 nafar doktorantning ilmiy ishining himoyasi hanuz o‘tkazilmay kelayotgani va institutning ishlab chiqarishdagi "0" ga teng natijasi keskin tanqid qilindi.
   Muhokamalardan so‘ng Shuhrat Otajonov yig‘ilish ishtirokchilariga xushxabar sifatida institutni rivojlantirish, oldingi nufuzini tiklash maqsadida Jahon banki mablag‘lari hisobidan 1 million dollar va institutni muqobil energiya bilan ta’minlash maqsadida 2 millard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
   – Yo‘naltiriladigan mablag‘lar ilmni rivojlantirish, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan yosh haqiqiy olimlarni yetishtirishga xizmat qilishi zarur. Buning uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz, – dedi Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov.
   Shundan so‘ng tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, institut direktori Xaydarov Bekmurod Do‘siyarovich o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilinib, shu kungacha Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Jurayev Diyor Turdiqulovich Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlandi.
   Yig‘ilish yakunida yangi rahbar bilan birgalikda ilmiy muassasani rivojlantirishning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqish va boshqa yechimini kutib turgan masalalarni hal etish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ilmiy jamoa a’zolarining fikr-mulohazalar tinglanib, amaliy taklif va tashabbuslar asosida yangi ilmiy loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi. 

7 Yanvar 2024

Mobirise Website Builder

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish — davr talabi

     Joriy yilning 6–7-yanvar kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizimdagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilini joriy qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.
   Bugun ushbu seminarning ikkinchi kuni ham ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari Muhammadjon Quronov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
   Seminar davomida soha xodimlari o‘zaro tajriba almashib, joriy etilgan va rejalashtirilayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishdi. Ishtirokchilar sohaning yetuk mutaxassislariga o‘z kasbiy faoliyatlariga oid qator savollar bilan murojaat qilishdi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ham fikr almashildi.
   Seminarda xodimlarga teatrlar, davlat muzeylari va tarixiy manzilgohlarga tashriflarni tashkil etish, idoraviy kutubxonalar yoki ma’naviyat burchaklarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
   Shuningdek, ish qog‘ozlari, turli blanklar, muhrlar va shtamplar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, reklama hamda e’lonlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
   Ma'lumot o‘rnida, seminarda umumiy hisobda 102 nafar xodim ishtirok etdi.

7 Yanvar 2024

Mobirise Website Builder

Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Markaz direktori Shuhrat Otajonov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti. Yig‘ilishda institut ilmiy jamoasining so‘nggi yillarda erishilgan natijalari tahlil qilinib, natijadorlikni ta’minlashda to‘siq bo‘lib turgan mavjud muammolarning yechimlari muhokama qilinmoqda.
  Kengaytirilgan yig‘ilishga raislik qilayotgan Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ushbu ilmiy muassasa uzoq yillar lalmi dehqonchilik ilmini rivojlantirish va lalmikor hududlar uchun serhosil navlar yaratgani, bir so‘z bilan aytganda tarmoq ilmining kampusi bo‘lganligini e’trof etib, biroq so‘nggi yillarda ilmiy muassasa faoliyatida ilmiy natijadorlik keskin pasayib ketganligini qayd etdi.
  Shuhrat Otajonov o‘z so‘zini tahliliy ma’lumotlar asosida davom ettirar ekan, ilmiy muassasaning birgina ishlab chiqarish sohasida olingan mahsulot sarflangan xarajatni oqlamaganini keskin tanqid qildi.
  Kengaytirilgan yig‘ilishda Milliy markaz vakillari, institut ilmiy jamoasi va doktorantlar ishtirok etyapti. Tafsilotlarni bayon qilib boramiz.
Bizni kuzatib boring!

6 Yanvar 2024

Mobirise Website Builder

Milliy til – milliy birlik vositasi

   Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan tashkilotchilar xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
   Seminarda qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeyini mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
   Shundan so‘ng, seminarga taklif etilgan bir qator soha mutaxassislari tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasidagi faoliyatni rejalashtirish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish va natijadorligini oshirishning o‘ziga xos jihatlari, kasbiy faoliyatda va targ‘ibot ishlarida notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik mavzularida taqdimotlar o‘tkazishdi.
   Shuningdek, seminarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikdagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishning amaliy jihatlari hamda tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish tartib-qoidalari bo‘yicha o‘z jamoalarida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar ham atroflicha muhokama qilindi.

   Ma’lumot o‘rnida, 107 nafar ishtirokchini o‘zida jamlagan amaliy seminar 6-7-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

27 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

2024-yilning so'ngi ish kuni ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi

Bugun 27-dekabr, Milliy markazda 2024-yilning so'ngi ish kuni, kirib kelayotgan 2025-yilni munosib tarzda nishonlash hamda dam olish kunlarini oila davrasida mazmunli o'tkazish kabi masalalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

 Milliy markaz Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarga bayram sovg'alari tayyorlandi.

 Kirib kelayotgan yangi yilda barchangizning oilangizda tinchlik-hotirjamlik ustuvor bo'lsin. Davlatimiz rahbari qarori bilan Yangi yil kabi oilaviy nishonlanadigan bayramlarni oila davrasida mazmunli o'tkazish uchun 6 kunlik dam olish belgilandi. Bu bejizga emas, shu dam olish kunlari farzandlaringiz bilan, ota onangiz bilan oilaviy sayohatlar qilishning ayni fursati. Shunday ekan hammaga yaxshi kayfiyat tilayman. Kirib kelayotgan yangi yil muborak bo'lsin - dedi Shuhrat Otajonov. 

27 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda sohadagi bilim va tajribani tizimli ravishda yoritish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida nashr etilayotgan “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasi tizim istiqbolida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Uralovich Abdualimov boshchiligida ushbu ensiklopediyaning I-jildi tayyorlandi. Milliy markazda soha olimlari ishtirokida tayyorlangan ilk jild bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
   Yig‘ilish davomida ensiklopediyaning nishona nusxasi ko‘rib chiqilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar asosida nashrni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
   Mazkur loyiha sohadagi tarixiy ma’lumotlar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni jamlashni maqsad qilgan. Ensiklopediya kelgusida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki fermerlar, tadbirkorlar va yoshlar uchun ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan qator dolzarb masalalar, jumladan, qishloq xo‘jaligidagi yangi texnologiyalarni kiritish, milliy tajribani umumlashtirish va xalqaro tajribalarni o‘rganish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Xususan, o'zbek olimlari tomonidan yaratilgan nav va agrotexnologiyalar, soha akademiklari va xorijda ham e'tirof etiladigan milliy nomlarni kiritish taklifini tayyorlash o'rtaga tashlandi. Masalan, sholining "Lazurniy" navi, g'o'zaning "Sulton", qovun va sabzavotlarning jahonga mashhur bo'lib ketgan navlarini kiritish taklifilari ham bildirildi.
   Ushbu ensiklopediyaning nashrga tayyorlanishi agrar ta’lim va ilm-fan rivoji uchun ham ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yig‘ilish yakunida, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va I-jildni mukammal holatga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, loyihaning keyingi bosqichlari uchun izchil reja ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. 

26 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

YOSH OLIMLARIMIZ TUNISDA 

Ayni kunlari Tunis davlatida “Qurg‘oqchil yerlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi” (ICARDA) tomonidan “Boshoqli va dukkakli ekinlar urug’larini fitosanitar sertifikatlash hamda tuproq hashoratlari va kasalliklarini aniqlashning zamonaviy usullari” mavzusida o‘quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu seminarda О‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti yosh olimlari Mahmudova Maftuna va Turdaliyev Mirjalol ham ishtirok etib, o'z ilmiy-tadqiqotlariga oid bilim va malakalarini oshirishyapti. 

25 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Turkiyalik tadbirkorlar O'zbekistonga qishloq xo'jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya kiritish bo'yicha qiziqish bildirmoqda

    Milliy amarkazda bo'lgan uchrashuvda turkiyalik tadbirkorlar O'zbekistonga Turkiya va Yevropa davlatlaridan qishloq xo'jaligi texnika va agregatlarini yetkazib berish, servis xizmatlarini ko'rsatish va malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi takliflarni ilgari surdi. Shuningdek, turkiyalik mexanizatsiya sohasi olimlarini O'zbekistonga taklif qilib, ilmiy treninglar orqali mexanizatorlar malakasini oshirish borasida ham ish olib borish mumkinligini bildi.

    Milliy markaz tizimida yaqinda lavozimga tayinlangan Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Bahodir Eshchanov aynan soha xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiluvchi trening va o'quv seminarlarni tashkil etishda xorijlik olimlarni taklif qilish borasida hamkorlik qilish mumkinligini ma'lum qildi.

    Shuningdek, joriy yilda mamlakatimizda "Shinjon texnologiyasi" asosida g'o'za ekishga mo'ljallangan seyalkalariga talab borligi takidlandi. Kelgusida mamlakatimiz uchun manfaatli bo'lgan investitsion hamkorlikga tayyor ekanligimizni bildirildi.

25 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Atoqli olim Shavkat Salixov 80 yoshda

   Atoqli olim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Shavkat Salixov o‘zining muborak 80 yoshini qarshi oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning yetuk olimlari jam bo‘ldilar.
   Tadbirda so‘zga chiqqanlar olimning hayot yo‘li, ilmda erishgan yuksak natijalar va ibratli voqealar xususida so‘z yuritishdi, iliq fikrlar bildirishdi.
   Ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ham ishtirok etib, Milliy markaz jamoasi, qolaversa agrar soha ilm-fani olimlari nomidan samimiy tabrikladi.
   Muhtaram Shavkat Ismailovich! Sizni ilm-ma’rifat ahli va jamoatchilik, bioorganik kimyo va biotexnologiya sohalarida jahon ilm-fanida yaxshi tanilgan yetuk olim sifatida yaxshi bilishadi. Siz navqiron 80 yoshingizda ham Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlanishiga, ilm-fanni yuksalishiga katta hissa qo‘shib, hormay-tolmay xizmat qilib kelmoqdasiz. Siz to‘plagan ilmiy-amaliy va hayotiy tajriba, shogirdlarga bergan yo‘l-yo‘riq va o‘gitlar yosh avlodni tarbiyalash, sohaga yuksak malakali kadrlarni yetishtirish borasida o‘ziga xos maktab bo‘lib xizmat qilmoqda. Milliy markaz jamoasi sizni serqirra olim, ilmiy qiziqishlari keng iste’dodli mutaxassis, mohir tashkilotchi, ilm-fanning targ‘ibotchisi sifatida doimo hurmat qiladi. Sizni talabchan, odil, jamoa ehtiyojlariga, tashvishlariga befarq qaray olmaydigan inson deb biladi. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, hayotingizda osoyishtalik, ilmiy ishlaringizda muvaffaqiyatlar va oilangizga tinchlik tilaydi, – dedi Shuhrat Otajonov o‘z tabrigida.
    Akademik Shavkat Salixov Toshkent davlat universitetining “Kimyo” fakultetida tahsil olgan. 1972-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1984-yilda esa Moskvaning “Davlat organik kimyo va texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti”da doktorlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1973-yilda akademik A.S.Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo instituti”da laboratoriya mudiri, 1993-2006-yillarda shu institutning direktori lavozimida faoliyat yuritib, shu o‘tgan vaqt mobaynida akademik Shavkat Ismailovichning 400 dan ortiq ilmiy ishlari, shulardan 2 ta monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi. Uning ilmiy rahbarligida 9 ta fan doktori va 26 ta fan nomzodlari tayyorlangan.
    Akademik Shavkat Ismailovich 2006-2017-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimida faoliyat olib bordi.
    Akademik ilmiy faoliyatining dastlabki davrlaridayoq yetuk tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qilgan. Uning tashabbusi bilan o‘simliklarning mikroblarga va zamburug‘larga qarshi faolligi namoyon bo‘lishining molekulyar mexanizmlarini o‘rnatish maqsadida O‘rta Osiyoga endemik o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlarida kationik peptidlarni tizimli tadqiq qilishni boshladi. Natijada O‘rta Osiyoga endemik o‘simliklardan ekinlarni gen injeneriyasida qo‘llash uchun qiziqish va istiqbolli peptidlar ajratildi.
   Ayniqsa, akademik Sh.Salixov tomonidan yaratilgan virusga qarshi “Rutan” preparati “COVID-19”ga qarshi samarali preparat sifatida davolash bayonnomalariga kiritilganligini alohida e’tirof etish zarur.
  Salixov Shavkat Ismailovichning ilmiy, tashkiliy va jamoatchilik faoliyati davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, “El-yurt hurmati” ordeni, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Fan va texnologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik-2017” mukofoti, Xitoy Xalq Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. 

25 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

“Hech kim ortda qolmasligi kerak”: agrar sohada gender tengligini ta’minlashda muhim qadam

   Bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida gender tengligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
   Unda taʼkidlanganidek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” GCP/UZB/020/GFF loyihasini amalga oshirmoqda.
   Mazkur loyiha doirasida “Hech kim ortda qolmasligi kerak” tamoyili asosida Qishloq xo‘jaligi vazirligining agrar sohani rivojlantirishda gender yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha Strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi resurslarini barqaror boshqarish hamda qaror qabul qilishda ayollar ishtirokini oshirishga qaratilgan.
   Shuni aytib o‘tish kerakki, anjumanning ikkinchi qismi tematik sessiyalar ko‘rinishida davom etdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti kabi gender tengligini ta’minlashga aloqador idora va tashkilotlar vakillaridan iborat birinchi guruh Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2030-yilgacha gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha strategiyasi loyihasini muhokama qilishdi. Unda mutaxassislar Strategiya loyihasi yetakchi milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi mutaxassislari ishtirokida tayyorlanganini ta’kidlash bilan birga, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘z takliflarini o‘rtaga tashlashdi.
   Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari vakillari hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning yurtimizdagi vakolatxonasi mutaxassislaridan iborat ikkinchi guruh yaylovlarda yerga egalik qiluvchilarning huquqlarini mustahkamlash (VGGT)ning ahamiyati, shuningdek, neytral yer degradatsiyasi (LDN) ko‘rsatkichlari va ularning tuproq eroziyasi, sho‘rlanishi hamda tuproqdagi organik uglerod (SOC) kabi omillarning ta’siri muhokama qilishdi.
   Shuningdek, yaylovlardan oqilona foydalanish, ularni monitoring qilish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishga qaratilgan tadqiqotlar hamda O‘zbekistonda yaylov xo‘jaligini raqamlashtirishga bag‘ishlangan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. 

24 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Qoraqalpogʻistonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish

    Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Xalqaro International Center for Biosaline Agriculture tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Development of Sustainable Agricultural Production Systems in Degraded Areas of Karakalpakstan” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha fermer dehqon xo‘jaliklari va tomoraqa er egalari uchun “Qoraqalpogʻistonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
   Seminarda: Xalqaro ICBA tashkilotining Birlashgan Arab Amirliкlarigidagi bosh direktori Tarifa Alzaabi va ICBA tashkiloti mutahassisi Dr. M.Rejapova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro markazi direktori B.Habibullaev, Chimboy tumani hokimligi mas’ullari va fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomoraqa er egalari ishtirok etdilar.
   Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida degradatsiyaga uchragan erlarni qayta ishga tushirish, hududlarda barqaror qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish mavzularida fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarigа ma’lumotlar berildi.

19 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Sholichilikda erishilgan natijalar

   Sholining yangi yaratilgan 4 ta “Ixlos”, “Ziynat”, “Yo‘ldosh”, “Manzur” hamda soyaning 2 ta “Nurafshon”, “Xumo” va moshning 1 ta “Hosildor” navini Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga nav sinovidan o'tkazish uchun topshirildi.
   Filippindagi Xalqaro sholichilik institutidan (IRRI) 521 dona sholi nav-namunalari (sh.j. 100 ta sho‘rga, 199 ta qurg‘oqchilikka chidamli, 193 ta ertapishar) olib kelinib, navlar sinovi va introduksiyasi yo‘lga qo‘yildi.
    Ma’lumot uchun: Olib kelingan sholi germoplazmasi orasidan sho‘rga chidamli (Xorazm viloyati-200 ta) va suv kam talab etadigan (Toshkent va Namangan viloyatlari – 199 ta) va hosildorligi yuqori boshlang‘ich manbalar (Toshkent viloyati- 121 ta) bo‘yicha dala tajribalari olib borildi.

19 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Bug‘doyning zang kasalliklarga chidamli yangi navi yaratildi

O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida dunyoning 95 mamlakatidan yig‘ilgan bug‘doyning 8826 ta nav-namunalari mavjud bo‘lib, ushbu namunalar abiotik va biotik stress omillarga chidamliligi, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Mavjud bug‘doy genofondidan foydalangan holda institut olimlari tomonidan bug‘doyning global iqlim o‘zgarishlari sharoitida zang va un-shudring kasalliklariga, qurg‘oqchilikka va issiqlikka chidamli bo‘lgan, serhosil “O‘ITI-1” navi yaratildi va ushbu nav joriy yilda Intellektual mulk agentligi tomonidan (NAP 503) patentlandi.
Nav Respublikamizning zang kasalliklari keng tarqalgan hududlarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan.
Navning kelib chiqishi: (KAMB1*2/KIRITATI//BIGDAWG/AP01T2319/3/-BILLINGS) gibrid kombinatsiyasidan individual yakka tanlash yo'li bilan yaratilgan.
Sariq va qo'ng'ir zang hamda, un-shudring kasalliklariga chidamli.
Yotib qolishga o'rtacha chidamli 7 ball.
1000 dona don vazni - 43,1-44,5 gr.
1 boshoqdagi don soni 65-70 dona;
1 ta boshoqdagi don vazni 2,8-2,9 gr.
O'simlik bo'yi 86,8-89,1 sm.
Yuqori hosildorlik 105,4 s/ga.
O‘suv davri 224-229 kun.
Oqsil miqdori 14,4 %;
Kleykovina miqdori - 31,8%.
Don shishasimonligi 82,6 %.

19 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Janubiy Koreya hukumati tomonidan yuksak darajada e’tirof etildi

     O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida Janubiy Koreya biz uchun vaqt sinovida toblangan ishonchli do‘st va hamkorga aylandi. Ushbu mamlakat bugungi kunda O‘zbekistonning tashqi savdo sohasidagi sheriklari safida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgani ham shundan dalolatdir. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligi, xususan, agrar soha ilmini rivojlantirish borasida  amalga oshirilayotgan hamkorliklar ham o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

     Bugun Janubiy Koreya elchixonasi tomonidan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati uchun tashkil qilingan qabulda bu yana bir bor ta’kidlandi.

    Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Von Do Yon ikki do‘st davlat xalqlari o‘rtasida odamiylik, do‘stlikni qadrlash va mehnatsevarlik kabi xislatlar mujassam ekanligini e’tirof etdi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda agrar soha ilmini rivojlantirishdagi hamkorlik Janubiy Koreya hukumati tomonidan yuqori darajada e’tirof etilganligini alohida qayd etdi.

18 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Don-dukkali ekinlar seleksiyasidagi natijalar

     Joriy yilda don va dukkakli ekinlarining 6 ta yangi yaratilgan navlari, ya’ni yumshoq bug‘doyning 1 ta, yasmiqning 1ta, soyaning 2 ta, makkajo‘xorining 1 ta va jo‘xorining 1 ta yangi navi Davlat reyestriga kiritildi. 516,9 gektar urug‘lik maydonida kuzgi yumshoq bug‘doyning 17 ta yangi istiqbolli va Davlat reyestriga kiritilgan navlaridan gektariga o‘rtacha 65 sentnerdan hosil olinib, 3360 tonna yuqori avlodli urug‘lik tayyorlandi.

     Zang kasalliklari va qurg'oqchilikka chidamli navlarni yaratishda ikki xil usulda chidamli genotiplarni ajratish yo‘lga qo‘yildi. Sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi yumshoq bug‘doyda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan yumshoq bug‘doyning “Sarbon”, “Yuksalish”, “Oqsaroy” “Turon”, “Hisorak”, “G‘ozg‘on, “Bunyodkor” navlari zang kasalliklariga chidamli genlarning mavjudligi sababli zang umuman zarar keltirilmaganligi aniqlandi.

     G‘allachilikda ilk bor “Bug‘doyni DNK markerlari va oqsil turlari bo‘yicha genetik pasportlash” bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada, navning to‘liq tozaligiga erishildi va navni Intelektual mulk obyekti sifatida himoyalash osonlashdi, seleksiyada ishonchlilik darajasi ortdi.

17 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

2024-yil davomida paxtachilikda erishilgan natijalar 

Soha olimlari tomonidan yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning 10 ta yangi tizmalari Davlat nav sinoviga sinash uchun tavsiya etildi.
2024-yilda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining taqdimotnomasi asosida 33 ta nav sinash uchastkalariga sinash uchun urug‘liklari yetkazib berildi.
"Mang‘it-1" navi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
"O‘zPITI-203" navi Andijon viloyati bo‘yicha,
"SP-4" navi Xorazm viloyati bo‘yicha,
"S-8296" navi Farg‘ona viloyati bo‘yicha,
"S-7306" navi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha,
"Sharofat" navi Navoiy viloyati bo‘yicha istiqbolli deb topildi;
   Joriy yildan sho‘rlangan maydonlarda sho‘r yuvmasdan g'o'za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish bo‘yicha dala-tajribalari o‘tkazish mexanizimi joriy etildi. Ushbu dala-tajribalari kelgusida Respublikamizda turli darajada sho‘rlangan (47%) yer maydonlariga tatbiq etiladi.
   Xususan, Xorazm viloyatida 116 gektar yerga sho‘r yuvmasdan g'o'zaning "Baraka", "SP-41", "C-8290", "C-5707", "Buxoro-14", "Jondor qudrati", "C-7306", "CPC-38", "Ravnaq 2" g‘o‘za navlari ekilib, rivojlanish fazalarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilindi.
    Ilk bora tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor kasallik va zararkunandalarga chidamli xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylari olib kelinib, respublikamiz bo‘yicha 96 ming gektar maydonda belgilangan talablarga ko‘ra himoyalangan tartibda ekilib, yetishtirildi.
    Xorijiy g‘o‘za navlari begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan gerbitsidlar va ko'sak qurti kabi zararkunandalarga chidamli ekanligini namoyon qildi. Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu navlarning agrotexnologiyasi yuqori iqtisodiy samaradorlika erishish imkonini berdi.
   Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institut va uning tizimidagi ITS lar qoshida 16 ta dastlabki urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil etilib, institut olimlari tomonidan yaratilgan g‘o‘zaning o‘rta tolali 58 ta, ingichka tolali 6 ta navining birlamchi urug‘chiligi tashkil etildi.

16 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIKNING AMALIY NATIJALARI

     Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2024-yilda xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Milliy markazning Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus, Germaniya, Turkiya va boshqa bir qator davlatlar bilan amalga oshirilgan ishlari yangi bosqichga ko'tarildi.
     Tarkibida kristallari mavjud bo‘lgan sanoatda shakar ishlab chiqarish imkonini beruvchi jo'xorining (Sorghum L.) 1 navi urug‘liklari olib kelinib, respublikamizning 4 ta mintaqasida sinovdan o'tkazildi. Tuproq-iqlimiga mos yetishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda;
     Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda 35 ming tub “Golubika” ko‘chatlari olib kelinib, 10 gektar maydonga ekilib, iqlimlashtirildi;
     Sholining resurs tejamkor xorijiy navlar va liniyalarni sinovdan o‘tkazish va tanlash bo‘yicha Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Maqsad— qurg'oqchilik va stress omillarga chidamli sholi navlarini ko'paytirish.
     Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Rossiya Federatsiyasining “EKONO-TEX” kompaniyasi o‘zaro hamkorlik doirasida sanoatbop "Guar" o‘simligini O‘zbekistonda yetishtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. 

14 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

"XONADONBAY" LOYIHALAR AMALGA OSHIRILDI

     Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tajribasini Respublikamizda keng joriy etish maqsadida ilk marotaba Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida "Xonadonbay" usulda bajariladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari joriy etildi.

     Ma’lumot uchun: Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan "Xonadonbay" usulda bajariladigan 13 ta tajriba-sinov loyihalari Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan hududlarda amalga oshirilib kelinmoqda.

12 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

2024-YILDA ERISHILGAN NATIJALAR...

Milliy markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida jami 108 nafar xodimlar xorijiy stajirovkalar o‘tab keldi.
     Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi 7 ta ilmiy-tadqiqot institutining direktorlari, 5 ta ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, 7 ta ishlab chiqarish va umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘zgartirildi.
    Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 2024-yil III-chorak yakuni bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida jami 883 ta ilmiy maqolalar, jumladan:
     xorijiy jurnallarda 286 ta,
     mahalliy jurnallarda 379 ta,
     “WoS” va “Scopus” jurnallarda 54 ta,
     xorijiy konferensiyalarda 46 ta,
     mahalliy konferensiyalarda 102 ta
16 ta mahalliy monografiyalar nashr etilib, 22 ta patentlar olindi va 6 ta xalqaro ilmiy konferensiyalar bo'lib o'tdi. 

11 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

ILMIY-TEXNIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning to'qqizinchi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Bugungi yig'ilishda dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi, dastlabki talablar va texnik topshiriqlarni tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar, davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular ko'rib chiqildi.

     Kengash a'zolari dastlab, Milliy markaz bo'limlaridan dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi, dastlabki talablar va texnik topshiriqlarni tasdiqlash bo‘yicha kiritilgan murojaatlari ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.

     Shuningdek, davlat buyurtmasi sifatida e'lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular bo'yicha kengash a'zolari tanqidiy munosabat bildirdi. Mavzularning takrorlanishi, ilmiy, amaliy va innovatsion loyihalarga mavzu berishda takrorlanmagan va yangi bo'lgan mavzularni taqdim etish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

11 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

Banan navlarining degustatsiyasi bo'lib o'tdi

Bugun Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida yetishtirilgan banan navlari mevalarini organoleptik baholash maqsadida degustatsiya jarayoni o'tkazildi.

     Baholash uchun issiqxona sharoitida yetishtirilgan "Grand nain", "Super Dwarf", "Miti kavendesh" kabi navlar tanlab olindi. Mevalarning tashqi ko'rinishi, rangi, hidi, mazasi, konsistensiyasi belgilangan me’yorlarga ko‘ra baholandi.

     Baholash natijalariga ko'ra "Super Dwarf" va "Miti kavendesh" navlari iste'molbop va haridorgir nav sifatida yuqori baholandi. Ushbu navlarning mevasi tashqi ko'rinishi, hidi va mazzasi ekspertlar tomonidan 5 balldan baholandi.
     Bananlarni butun dunyoda sevib iste’mol qilishadi. Chunki ular nafaqat mazali, balki juda toʻyimli, oziqlantiruvchi va foydali meva sanaladi. Ushbu ekzotik mevalar tola, B vitaminlari, kaliy, fosfor, temir, kaltsiy va boshqa minerallarga boy. Bananalar yurak mushaklarini mustahkamlab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, oshqozon-ichak trakti va qon tarkibini yaxshilashga yordam beradi. Misol uchun, Amerikada oshqozon buzilishi bilan odatdagi guruchli parhezdan tashqari, bananlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bunga qoʻshimcha ravishda shuni aytish mumkinki, bananlar oshqozon yaralaridagi ogʻriqni yoʻqotadi.

11 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

“Koreyaning agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” binosida qurilish yakunlanmoqda

    Yodingizda bo'lsa may oyida rasmiy manbalarimiz orqali O‘zbekistonda “Koreyaning agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” qurilishi 
     Hozirda mazkur ofis binosining qurilishi o'z nihoyasiga yetmoqda. Tez orada binoga zaruriy infratuzilmalar, kerakli jihoz va uskunalar o'rnatiladi. Shu kabi masalalar Milliy markaz direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov ishtirokida muhokama qilindi.
     Uchrashuvga kelgan koreyalik mutaxassislar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Dekabr yakuniga qadar binoda qurilish ishlari to'liq yakunlanadi. Yanvar oyida jihozlash va kerakli infratuzilmalarga ulash jarayonlari amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
     Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-321-son qaroriga asosan Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assosiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari bilan amalga oshirilmoqda.

11 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

POYTAXTIMIZDA IQLIM O'ZGARISHIDA GENETIK RESURSLARNI SAQLASH MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA BO'LMOQDA

     Poytaxtimizdagi "Radisson" mehmonxonasida xalqaro "ICARDA" tashkiloti tomonidan "Global iqlim o'zgarishi davrida genetik resurslarni saqlash" bo'yicha konferensiya tashkil etildi. Unda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
     - Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari 12-noyabr kuni Baku shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP 29)da nutq so'zladi. Prezidentimiz o'z nutqida yaqin orada O'zbekistonda ko‘p tomonlama yetakchi tuzilmalar ishtirokida o‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushishini ma'lum qildi.
     Bu Genbank mintaqadagi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simliklarning qadimiy mahalliy navlarini jamlash, saqlash va yangilab borishga xizmat qiladi. Biz bu boradagi ishlarni boshlab yubordik. Shuni yana alohida ta'kidlab o'tsam bo'ladi,            Prezidentimiz tashabbusi bilan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion agrosanoat xabini tashkil etiladi- dedi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov.
     Shuningdek, mazkur konferensiyada Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalardan olimlar ham ishtirok etmoqda.

10 Dekabr 2024

Mobirise Website Builder

2024-yil 9 oyida qanday natijalar qayd etildi?

    Milliy markaz tizimda jami 13 ta ilmiy-tadqiqot institutlari hamda 49 ta tajriba stansiyasilari mavjud. Ularda 1446 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 570 nafari ilmiy xodim. Ilmiy xodimlarning 2 nafari akademik, 62 nafari fan doktori, 148 nafar fan nomzodi. Ilmiy salohiyat darajasi 45,7 foizga teng.
     Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 34,2 milliard so‘m bo‘lgan jami 61 ta, jumladan 43 ta amaliy, 1 ta innovatsion, 2 ta maqsadli, 15 ta xalqaro loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
   Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarida 1-yarim yillikda 10 ta tayanch doktorant (PhD), 3 ta doktorant (DSc) dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

1 2 3 4

Mobirise.com