QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Germaniyaning qishloq xo'jaligi va oziq ovqat federal vazirligi vakillari Milliy markazda

  • 26.04.2022

Agroxizmatlarni rivojlantirish, ilm va ta'lim sohalarida ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlash maqsadida bo'lib o'tgan uchrashuvda asosiy urg'u ilmiy innovatsion faoliyatda hamkorlikni yo'lga qo'yishga qaratildi. 


Dastavval, mehmonlarga Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi faoliyati, asosiy vazifalari va 1 yil davomida erishilgan natijalar haqida Milliy markaz direktorining o'rinbosari N.S.Xushmatov tanishtirib o'tdi. 


Shuningdyek, markaz tizimidagi Ilmiy tadqiqot institutlari va viloyat AKIS markazlarining imkoniyatlari haqida so'z bordi.


Germaniya tomoni meva-sabzovotchilik va paxtachilik sohasida O'zbekiston tajribasi ular uchun qiziq ekanligini bildirdi.


Delegatsiya a'zolari Toshkent viloyatidagi fermerlarning dala maydonlarida ham bo'lishdi.