2024 Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
barcha huquqlar himoyalangan

XALQARO KARTOSHKACHILIK MARKAZI BILAN ALOQALAR YANADA MUSTAHKAMLANADI

⏩Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Xalqaro Kartoshkachilik markazining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy kordinatori Vahtang Mshvidobadze bilan uchrashdi.
💬Ta'kidlash kerakki, Xalqaro Kartoshkachilik markaz va Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi o'rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Xususan, Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida kartoshkaning 18ta kloni va shirin kartoshkaning 5 ta kloni, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida esa kartoshkaning 2ta kloni va shirin kartoshkaning ham 2ta kloni ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
 🟡Vahtang Mshvidobadze bilan bo'lgan uchrashuvda ayni yo'nalishlarda olib borilayotgan hamkorlikning yangi bosqichiga o'tish muhokama qilindi.
👇Muloqot yakunida Milliy markaz tizimidagi hamkor ilmiy muassasalarni joriy yilning noyabr oyida Peru davlatida bo'lib o'tadigan xalqaro ko'rgazma va ilmiy konferensiyada ishtirok etishga taklif etdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

💠 Joriy yilning 7-avgust kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan ESCAP-CSAM vakillari Marco Silvestri hamda Nanjing qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti rahbarining o‘rinbosari Qiang Li bilan ZOOM platformasi orqali muloqot tashkil qilindi.
⚙️ Muzokara davomida texnologik jarayonlarni raqamlashtirish, xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilinayotgan loyihalarda birgalikda ishtirok etish, xodimlarimiz tomonidan yozilgan ilmiy maqolalarni “Scopus” va “Web of science” bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallarda chop etish, xalqaro miqiyosidagi anjuman va seminar-treninglarda muntazam qatnashish masalalari yuzasidan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligida Koreya tajribasi: o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘chmoqda

🟢Qishloq xo‘jaligida sabzavotchilikni rivojlantirish, sifatli urug‘ yetishtirib, hosilga erishish, shuningdek, ekinlarni standartlar asosida parvarishlab ijobiy natijadorlikni egallash masalasi bugunning kun tartibidagi muhim masalalaridan biridir.
🔝Buning natijasi o‘laroq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreya Respublikasi Xalqaro bog‘dorchilik instituti Shimoliy qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Myeongwhoon Seo bilan uchrashdi.
💬Samimiy ruhda boshlangan muloqotda dastavval har ikki tomonning o‘zaro hamkorligida amalga oshirilgan bir qator loyihalar ravnaq topayotgani, bunday yondashuv yangi kelishuvlarning kelgusidagi istiqboliga ijobiy ta’sir etishi borasida iliq fikrlar bildirildi.
✅Shuningdek, Koreya Respublikasining Korea Smart Farm R&D Foundation tashkiloti tomonidan moliyalashtirilayotgan "Development of Northern-Type Smart Farm Package Model for Export" loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida issiqxona majmuasini qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.
📌Shu bilan birga, O‘zbekistonda mahalliy kartoshka urug‘chilik tizimini yaratish bo‘yicha fikrlar tinglandi. Aytish mumkinki, yurtimizda xorijdan import qilinayotgan kartoshka urug‘ining sifat holatini, virusdan holi ekanligini aniqlash va tasdiqlash imkoniyat yo‘q. Kelishuvga ko‘ra, endilikda o‘zbekistonlik mutaxassislar Koreya respublikasiga borib, kartoshka urug‘larini sifatini aniqlash texnologiyasi bo‘yicha malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
💬Qolaversa, kuz oylarida koreyalik tajribali mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etgan holda, hamkorlikda seminar tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Bunda sabzavot va poliz ekinlarini sifatli yetishtirish, kartoshka urug‘larida virus mavjud yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha Koreya tajribasi keng tanishtiriladi.
🔗Yig‘ilish yakunida sabzavot ekinlarining duragay urug‘chiligini tashkil etish agrotexnikasi borasida o‘zaro tajriba almashish masalasi ko‘rib chiqildi va bu kabi amalga oshirilayotgan loyihalar kelgusida ikki tomonning manfaatiga uyg‘un bo‘lgan natijadorlikka asos bo‘lishi aytib o‘tildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

JANUBIY KOREYANING KANGVAN DAVLAT UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

➡️Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga Janubiy Koreya Respublikasining Kangvan davlat universiteti jamoasidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Milliy markaz bosh ilmiy kotibi Sherali Mansurov va delegatsiya a’zolari ilmiy yo‘nalishda hamkorlik masalalari xususida muloqot qildi.
📌Mazkur universitet dastlab, 1947-yilda qishloq xo'jaligi sohasi uchun mutaxassislar tayyorlovchi kollej sifatida tashkil etilgan. 1978-yildan e'tiboran turli yo'nalishda malakali xodimlarni tayyorlovchi oliy dargohga aylantirilgan. Shunday bo'lsada, ayni vaqtda ham mazkur unversitet Koreyada qishloq xo'jaligi sohasi mutaxassislarni tayyorlaydigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan yetakchi ilmiy muassasa sanaladi.
🔄Ikki tomon qo'shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, kadrlar almashinuvini yo'lga qo'yish hamda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan yosh tadqiqotchilarni Koreyada tajriba o'tkazishlari uchun yuborish bo'yicha kelishib oldi.
📔Shundan so'ng Milliy markaz va Kangvan davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Hamkorlikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari muhokama qilindi

✅Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari Xitoy Xalq Respublikasining “Beidahuang Kenfeng Seed Co. Ltd”, “Jiangsu Youjia Plant Protection Co., Ltd” va “Baizhouhongtaimianye” investor kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
✍️Unda respublikamizda kelgusida urug‘chilik, ipakchilik va paxtani qayta ishlash hamda meva-sabzavotchilik sohalarida investitsiya loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🔗Binobarin, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida tizimdagi yangiliklar va bu sohada faoliyat yuritish istagini bildirayotgan xorijiy investor va kompaniyalarning ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarni amaliyotga tatatbiqtilishi uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, bozor mexanizmiga asoslangan yangi tizimlar bilan ishlash tartibi haqida aytib o‘tildi.
Shuningdek, urug‘chilik, ipakchilik va paxtani qayta ishlash hamda meva sabzavotchilik sohalaridagi investitsiya loyihalarining istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishdi.
💬Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda investitsiya loyihalarini amalga oshirish oldidan kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida vazirlik ishchi guruhi Xitoyga xizmat safariga taklif etildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

"Bademli" ko'chatchilik korporatsiyasi 

🔣Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Turkiyaning "Bademli" ko'chatchilik korporatsiyasi rahbari Hurshit Nalli bilan uchrashdi
🟢Mazkur korporatsiya Turkiyada yetakchi ko'chatchilik tashkiloti hisoblanadi. U mevali, manzarali va noyob daraxtlarning ko'chatlarini yetishtirish bilan bir qatorda jahon kolleksiyasidagi qimmatbaho gullar ko'chatlarini ham iste'molchilarga yetkazib beradi. Ayni vaqtda Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo davlatlariga o'z maxsulotlarini eksport qiladi, shu jumladan O'zbekiston bilan ham yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Uchrashuvda tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
💬Mulaqot davomida Milliy markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan ko'chatchilikni rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish taklifi bildirildi.
⏩Shuningdek, kelgusida funduk, anjir ko'chatlarini yetishtirish, in-vitro usulida ko'chatchilikni tashkil etish va qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ham kelishuvga erishildi. 
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI VA ITALIYANING CREA TASHKILOTI HAMKORLIGI 

🔄 Ayni kunlarda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Italiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA)ning mikrobiologiya va urug'chilik bo'yicha yetakchi olimlari mehmon bo'lib turibti.
⏩Olimlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida tashkil etilgan “Pistachilik” va “Bahorgi bug’doy” innovatsion guruhlari faoliyati bilan tanishdi.
🟢Shuningdek, ular ishtirokida "Zamonaviy urug’chilik va iqlim o’zgarishiga moslashtirilgan qishloq xo’jaligini rivojlantirish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Taqdimot qizg'in bahs va munozaraga boy bo'ldi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XITOY QISHLOQ XO'JALIGI FANLAR AKADEMIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

⏩Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va taraqqiyoti instituti ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.
🔄Dastlab, Shuhrat Otajonov Milliy markaz faoliyati, tizimidagi ilmiy muassasalar, ularning yo'nalishlari, laboratoriyalar va Xitoy Xalq Respublikasi bilan uzoq yillik hamkorlik aloqalari haqida ma'lumot berdi. Kelgusida Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish maqsad qilinayotgani va unda aynan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotiga oid ilmiy-tadqiqotlar olib boriladigan yangi institut joriy etish ham ko'zda tutilayotgani haqida aytdi.
⌛"Bunda biz Xitoy qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi tajribasidan ham foydalangan holda sizning jamoangiz bilan qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshiramiz va tajribalarni joriy qilamiz"- deya ta'kidladi Sh.Otajonov.
📌Xitoy tomoni ham Milliy markaz direktori takliflarini ma'qullab, qo'shma ilmiy tadqiqotlar, seminar va ilmiy konferensiyalar o'tkazishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, xalqaro tan olinuvchi scopus jurnallarida qo'shma maqolalar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish uchun stajirovkalar olib borish borasida ham takliflar bildirildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

ROSSIYA BILAN O'SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI BO'YICHA QO'SHMA TADQIQOTLAR AMALGA OSHIRILADI

📍Xabar berayotganimizdek, 25-29 iyun kunlari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligida bir guruh olimlardan iborat delegatsiya Rossiya Fanlar akademiyasi tizimidagi bir nechta ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, istiqbolli kelishuvlarga erishib qaytdi. Shulardan biri K.A.Timiryazev nomidagi O'simliklar fiziologiyasi instituti bo'lib, ayni yo'nalishda tadqiqotlari yo'lga qo'yish, shu jumladan biotexnologik tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi.
🕯Institut jamoasi delegatsiya a'zolarini institut tarixi, ilmiy faoliyati hamda laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirib, tomonlar kelgusida xalqaro ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo'yicha kelishib oldilar.
➡️Uchrashuv yakunida Rossiya O‘simliklar fiziologiyasi instituti hamda Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv orqali kadrlar almashinuvi va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish ko'zda tutilgan.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

OLIMLARNING ROSSIYA FEDERATSIYASIGA TASHRIFI AMALIY NATIJALARGA BOY BO'LDI

📍Joriy yilning 25-29 iyun kunlari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligida bir guruh olimlardan iborat delegatsiya Rossiya Fanlar akademiyasi tizimidagi bir nechta ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, istiqbolli kelishuvlarga erishib qaytdi.
🔣Delegatsiya a'zolarining ilk tashrifi A.M.Proxorov nomidagi Umumiy fizika instituti federal ilmiy muassasasi bo'ldi. Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov institut direktori Sergey Garnov bilan:
—fizikaga oid yangi texnologiyalarni qishloq xo'jaligiga qo'llash;
—plazma texnologiyalar asosida mahalliy g'o'za navlari hosildorligini oshirish  va ularning stres omillarga chidamliligini kuchaytirish bo'yicha tadqiqotlar olib borish;
—mazkur institut tomonidan ishlab chiqarishga realizatsiya qilinayotgan "lazer" yordamida o'simliklar fiziologiyasini tahlil qilish, ulardagi kasallik va zararkunandalarni real vaqt rejimida, o'ta tezkor aniqlovchi texnikani ishlab chiqish hamda uni qishloq xo'jaligiga qo'llash borasida kelishib olindi.
📌Eslatib o'tamiz, mazkur institut bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan "Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvi"da hamkorlik memorandiumi imzolangan edi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Vavilov nomidagi Butunrossiya o'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

🔣Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktor o'rinbosari Bahodir Eshchanov Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Vavilov nomidagi Butunrossiya o'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari Aleksey Zavarzin bilan uchrashdi. Tomonlar ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatlarda qo‘lga kiritilgan innovatsion ishlanmalarni hamkorlikda sinash, o‘zaro ekologik sinovlarni amalga oshirish, yosh kadrlarni tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish, konferensiya hamda seminarlar o‘tkazish bo'yicha fikr almashdi.
⌛Shuningdek, uchrashuvda Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev ham ishtirok etib, ilmiy-muassasalar o'zaro noyob kaleksiyalarni almashish, Milliy genbankni boyitish, ilmiy-tadqiqotlar hamda urug'chilik sohasida amaliy hamkorlik yo'lga qo'yilganini ma'lum qildi.
📌Eslatib o'tamiz, mazkur institut bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan "Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvi"da hamkorlik memorandiumi imzolangan edi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xorijiy hamkorlik

📍Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi delegatsiya a'zolarining Rossiya Federatsiyaga amalga oshirgan xizmat safari Rossiya Fanlar akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy muassasalarga bo'ldi. Shulardan biri Butunrossiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutidir. Delegatsiya a’zolarini institut direktori, akademik Andrey Izmailov kutib oldi. Dastavval tomonlarning uzoq yillik hamkorligi hamda kelgusi rejalari haqida mulaqot bo'lib o'tdi.
⬇️Shundan so'ng institut negizidagi "Qishloq xo'jaligi mashinalarni ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot texnologik instituti" va "Mexanika zavodi"ga ekskursiya uyushtirildi.
🔣Majmuadagi qishloq xo‘jaligi mashinalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish shou-rumi hamda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishildi. Shu bilan birga laboratoriyalarining  video-taqdimoti bo'lib o'tdi.
🟢Delegatsiya a'zolari "Mexanika zavodi"da ishlab chiqilayotgan mini-kultvator, kichik xo'jaliklarda ishlatish uchun kartoshka ekish seyalkasi, urug‘ saralash texnikalari bilan tanishib, mazkur texnikalarni O'zbekiston qishloq xo'jaligiga tadbiq etish bo'yicha hamkorlik taklifini bildirdi.
🔗Shuningdek, mazkur institut bilan Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi.  
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xorijiy hamkorlik

📍Ayni kunlarda Tolali ekinlar ("Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ) ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyatidan iborat delegatsiya Belarus Respublikasida xizmat safari bilan bo'lib turibti. Ular bugun Belarus Respublikasining Orsha shahridagi “Orsha zigʻir kombinati” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kombinat bilan kelgusida zig‘irni qayta ishlash korxonalarini tashkil qilish, zig‘ir va paxta tolasini aralashtirib kalava ip va mato ishlab chiqarish uchun qo‘shma loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Zig‘ir yetishtirishda Belarus olimlari bilan hamkorlik

Belarus Respublikasi Prezidenti A. Lukashenkoning yaqindagina O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ufqlarini yanada kengaytirdi.
➡️Bu esa barcha sohalarda bo‘lgani kabi agrar soha ilm-fanini ham hamkorlikda rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Endilikda Belarus Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi “Zig‘ir instituti” bilan O‘zbekistonda tolali ekinlar yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Ayni maqsadda Tolali ekinlar (“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ) ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasining “Zig‘ir instituti” davlat unitar korxonasi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
🌐 Tolali ekinlar (“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ) ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati shu kunlarda Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan “BELAGRO-2024” koʻrgazmasida ishtirok etmoqda. Shuningdek, “Zig‘ir instituti” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ekologik toza zig‘ir o‘simligini yetishtirish va uni qayta ishlashni tashkil qilish hamda qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan dronlarni hamkorlik asosida ilmiy muassasa ustaxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan qo‘shma ilmiy loyihani amalga oshirishga kelishildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Qiyosiy tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekistonning salohiyati Koreyaga nisbatan yuqoriroq

🕯Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va Janubiy Koreyaning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) Zamonaviy ko‘chatchilik loyihasini amalga oshiruvchi tashkilot vakillari o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
❔Uchrashuvda, avvalo, Toshkentda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi sohasi kelajagi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
📈“Qiyosiy tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekistonning salohiyati Koreyaga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi. Lekin shunga qaramasdan, hozirgi kunda yanada yuqori natijadorlikka erishish uchun qaysi usullardan foydalanishimiz kerakligi haqida fikrlashib ko‘rdik. O‘tkazilajak konferensiya natijasida O‘zbekiston-Koreya olimlari o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlanib, o‘zaro ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni almashinishga imkoniyat yaratiladi”, - deydi loyiha menejeri Sun Hyung Kim janoblari.
🔗Konferensiyada spiker sifatida Janubiy Koreyaning eng ilg‘or va taniqli 6 nafar professor va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda. Ulardan biri Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan professor Choi Yang Do bo‘lib, u ilmiy faoliyati davomida o‘simliklar genetikasi bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borgan.
✅Tomonlar konferensiyani joriy yilning iyul oyida o‘tkazish masalasi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga kelishib olishdi.
💬Uchrashuvda ko‘rilgan ikkinchi masala virusdan holi o‘simliklar yetishtirish loyihasi ustida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.
Bunga javoban Milliy markaz direktori Sh.Otajonov “Biz bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyormiz va dastlabki ishlarni boshlaganmiz ya’ni Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazi (Center of excellence in Agriculture)da katta sig‘imga ega zamonaviy laboratoriya tashkil etilishi reja qilingan bo‘lib, u ayni yo‘nalishdagi faoliyatimizda qo‘l keladi”, - deya ta’kidladi.
🟡Shuningdek, uchrashuvda tomonlar virusdan holi o‘simliklar yetishtirish loyihasini amalga oshirish haqida batafsil fikr almashdilar.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston olimlari qishloq xo‘jaligida ilmiy innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha Italiya tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institutlari olimlaridan iborat delegatsiya qishloq xo‘jaligida boshqaruv strategiyasi va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Italiyaga bordi, deb xabar qilmoqda (https://dunyo.info/uzk/sotrudnichestvo/ukreplyaetsya-prakticheskoe-sotrudnichestvo-s-italiey-po-vnedreniyu-nauchnyh-innovaciy-v-selskoe-hozyaystvo) "Dunyo" AA muxbiri.
➡️ Mazkur amaliy safar mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etildi. Tashrif davomida yurtimiz tadqiqotchilari Italiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi (KREA) ilmiy markazlarida xorijlik hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi hamda eksperimental maydonlarda olib borilayotgan ilmiy izlanish jarayonlarini kuzatishadi.
🇮🇹 Italiya tajribasini o‘rganish jarayonida organik dehqonchilik, uzumchilik, o‘simliklar himoyasi, chorvachilik va akvakultura, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, mikrobiologiya va mexanizatsiyalash yo‘nalishlari mutaxassislarimizning diqqat markazida bo‘ladi.
⌛ Bir hafta davomida ikki mamlakat tadqiqotchilari tuproq eroziyasini bartaraf etish, suv tanqisligi oldini olish, hasharotlarga qarshi kurashish, bioxilma-xillikni yaxshilash, qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq amaliyotlar bo‘yicha fikr almashadi.
🇮🇹 Italiya Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi 1928 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibida turli qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini qamrab olgan 12 ta ilmiy markaz faoliyat yuritadi. Ushbu ilmiy muassasa umumiy 5000 gektardan iborat 66 ta eksperimental xo‘jalik maydonlariga ham ega. Ularda 600 nafardan ziyod tadqiqotchi olimlar izlanishlar olib boradi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston ~ Rossiya ishbilarmonlari uchrashuvlari boshlandi

🟢 Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasining anjumanlar zalida “O‘zbekiston - Rossiya” ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar boshlandi.
📊 Ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi A. M. Proxorov nomidagi Umumiy fizika instituti rahbariyati o‘rtasida B2B formatida uchrashuv bo‘lib o‘tyapti.
⌛ Tafsilotlarni jonli ravishda e’tiboringizga havola qilib boramiz.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston – Vengriya: hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

🌐 O‘zbekiston va vengriyalik olimlar qishloq xo‘jaligi ilmini rivojlantirishda izchil hamkorlik qilmoqda. Hamkorlik natijasida erishalayotgan natijalar ham bor. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti professori Jolt Polgar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlandi.
⚡️ Uchrashuvda istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
🕯 Uchrashuvdan so‘ng professor Jolt Polgar O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markaziga hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, ilmiy muassasa olimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
© O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi binosida joylashgan O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazining “in-vitro” laboratoriyasida “Demon”, “Botond”, “Balatoni Rozsa”, “Balatoni Sarga”, “White Lady” navlarining “in-vitro” o‘simligi ko‘paytirilib, o‘stirilmoqda.
🌱 Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti issiqxona kompleksida kartoshka urug‘ligini yetishtirish uchun Vengriya navlarining mini tuganaklari torfli qutilarda ekib yetishtirilmoqda.
2024 yil may oyining uchinchi 10 kunligidan boshlab Vengriya seleksiyasiga oid kartoshka navlarining mini tuganaklari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Zomin tumanidagi tajriba stansiyasida ekib ko‘paytirish uchun urug‘lari undirishga quyilgan.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Bog‘dorchilik yo‘nalishida dunyoga taniqli kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda

⚡️ Bugun Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Ispaniyaning “Viveros Veron” kompaniyasi menejeri Mariya Malgaresni qabul qildi. Muloqot avvalida Sh. Otajonov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida mehmonlarga ma’lumot berdi.
✔️ Shuningdek, O‘zbekiston agrar sohasining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida xorij tajribasini o‘zlashtirish, ekin turlari kolleksiyasini boyitish maqsadida dunyoning eng nufuzli ilmiy muassasalari bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ham ta’kidladi.
⏸ “Viveros Veron” kompaniyasi menejeri Mariya Malgares uchrashuvdan ko‘zlangan maqsadni bayon etar ekan, O‘zbekistonda bog‘dorchilik sohasini rivojlantirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zi boshqarayotgan kompaniyaning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu kompaniya bog‘dorchilik yo‘nalishida 100 yillik tarix va tajribaga ega. Shu bois bog‘dorchilikni rivojlantirishda dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
– Biz mijozlarimizga ularning loyihasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan har bir bosqichda hamrohlik qilamiz. Sifatli ko‘chat, hosildor bog‘ va xaridorgir mahsulot yetishtirish komaniyamizning asosiy maqsadi, – dedi Mariya Malgares.
💥 Uchrashuv ishchan kayfiyatda o‘tdi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Maqsad va muddaolar to‘liq anglashilgach, Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov tashkilot ilmiy yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xitoylik mutaxassis Samarqanddagi “Xinlu Zao-78” chigit navining o‘sish jarayonini ko‘zdan kechirdi

🔴Samarqand viloyatining Paxtachi, Narpay va Kattaqo‘rg‘on tumanlarining xorijdan keltirilgan Xinlu Zao-78 g‘o‘za navi ekilgan maydonlarida Xitoydan kelgan Mutaxasis janob Vu Jiang Jun, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Sulaymonov hamda Uz PITI Samarqand ITS direktori X.Abdurahmonovlar birgalikda kuzatuv o‘tkazishdi.
⏺Birinchi manzil Paxtachi tumani "Boboyev Nurli Yerlari" fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerdagi 7 gektar maydonga xorijiy nav ekilgan bo‘lib, paxta qatori oralig‘i 60 sxemada ekilgan va bir metrda 12tadan 15tagacha ko‘chat mavjud. Paxtaning hozirgi o‘sish holati yaxshi.
🟣Keyingi manzillar tumanning xorijiy nav ekilgan "Nodirjon Navro‘zjon Ortiqov", Narpay tumanining "Narpay Umar Sher", Kattaqo‘rg‘on tumanining "Juma Hayitov" fermer xo‘jaliklari bo‘ldi. Hududlarda dala maydonlaridagi Xitoy urug‘lik chigitlarining o‘sish holati o‘rganildi. Shundan so‘ng, fermerlar bilan suhbatlashildi.
❓Suhbat davomida “Nima uchun ushbu navning rivojlanishi sekin?” deb savol berildi. Xitoylik mutaxassisning so‘zlarga ko‘ra, rivojlanish jarayonida Xitoy chigitlari tashqi ko‘rinishidan biroz nimjon va o‘sishi sust ko‘rinadi, shuningdek, uning barglarining hajmi ham mahalliy chigit navlariga nisbatan maydaroq. Bu bosqichda chigitning tomiri yer ostiga o‘sib, ildizini yerga mustahkam qadab olishga urinayotgan bo‘ladi. Bir, bir yarim oydan so‘ng esa chigitllar quvvatga to‘lib, jadallik bilan rivojlanishni boshlaydi va mahalliy navlarga bo‘ylashib oladi.
💬Uchrashuv davomida mutaxassislar bilan fermer xo‘jaligi vakillari o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Xinlu Zao-78 navini yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlariga yana zarur bo‘lgan boshqa ko‘rsatma va tavsiyalar ham berildi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xorijiy “XiniuZAO -78” navining oʻsish jarayoni koʻzdan kechirildi

📍Buxoro viloyati Olot tumani “Olot Cotton Cluster” MCHJ da 930 gektar yer maydonida, shundan 730 gektar ochiqlikda, 200 gektar plyonka ostiga chigit ekib, parvarish qilinmoqda. Hududning 500 gektariga Xitoydan keltirilgan “XiniuZAO -78” navli chigit ekilgan. Gʻoʻzani oʻsib rivojlanishi yaxshi, biostimulyatorlar orqali suspenziya oʻtkazilmoqda. Viloyat hokimi B.Zaripov boshchiligida paxtachilik kengashi va ishchi guruhi aʼzolari dala maydoniga kelib, navning oʻsishi va rivojlanishini koʻzdan kechirishdi. Mutaxassislar g’o’zaning ayni kunlardagi parvarishida e’tibor qaratilishi muhim bo’lgan jihatlarga to’xtalib, tavsiyalar berishdi.
🌿Hududda davlat rahbarining yer maydonining har bir qarichidan oqilona va samarali foydalanish orqali dehqonchilik madaniyatini koʻtarish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda qoʻshimcha daromad olish boʻyicha koʻrsatmalariga muvofiq bu yerda dala atroflariga tok va tut koʻchatlari oʻtqazilib, dala madaniyatiga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekistonda “Koreya agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” ochiladi

🔗O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Koreya Respublikasining Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandiumiga asosan Milliy markaz huzurida “Koreya agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” ochiladi.
✔️Bu haqida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov va Koreya Respublikasining Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi hamda KIAT tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya tashrifida muhokama etildi.
🔣Ushbu ofisning maqsadi O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilgan aqlli fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirishdan iborat. Markazni barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish ko'zda tutilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 14,0 mln.dollarni tashkil etadi.
📌Shuningdek, mazkur texnologiyalarni sinash uchun 5 ta (Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Jizzax va Farg‘ona) hududiy sinov xo‘jaliklari tashkil etiladi.
☄️Ushbu ofisda Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assosiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari Janubiy Koreyaning so'nggi avlod texnika va texnologiyalarini O'zbekistonga keltirib beradi.
🕯Ofis Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi binosi qoshida 2024 yilning iyun oyidan qurilishi boshlanishi ko'zda tutilgan. Bugungi kunda yuqoridagi tashkilotlar bilan hamkorlikda 0.15 ga yer maydonida zamonaviy issiqxona qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida Samarqand viloyatida 0.20 ga yer maydonda zamonaviy issiqxona qurib bitkazilib Koreyadan keltirilgan qulupnay ko‘chatlari parvarishlanmoqda.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xitoylik mutaxassislar chigitlarning unib chiqishi va rivojlanish jarayonini ko‘zdan kechirish uchun Bekobodda bo‘lishdi

✔️Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan “Maxgreen” va “Apk Bekobod” klasterlari dala maydonlariga xitoylik mutaxassislar tashrif buyurdi.
🔎Toshkent viloyatiga “Tianye plastik” kompaniyasi tomonidan XinLuZao 78 navli xitoy chigiti 35 tonna miqdorida yetkazib berilgan. Shu bois Xitoy tomonidan janob Li Guo Dong boshchiligidagi mutaxassislar guruhi chigitlarning unib chiqishi va rivojlanish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.
📈Aytish joizki, Xitoy chigiti mahalliy sharoitga tez moslashib, yaxshi unib chiqqan. Mutaxassislar bilan suhbatlashgan fermerlar bundan mamnun ekanliklarini aytishdi.
💬Bu yil hududga chigit 76 sxemada yakkaqator usulida ekilgan. Xitoylik mutaxassislar kelgusi yildan ushbu navni 76 sxemada qo‘shqator usulida polietilen qoplama ostiga ekishni taklif qilishdi. Bu sxemada ko‘chatlar soni an’anaviy usulga nibatan qariyb ikki barobarga ko‘p ekiladi. Shuningdek, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish ham muhimligi ta’kidlandi. Bu orqali suv sarfi kamayib, har qanday mineral o‘g‘itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri go‘za ildiziga beriladi va yuqori hosildorlik ta’minlanadi.
✅Hosildorlik darajasini ko‘paytirish va mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida “Tianye plastik” kompaniyasi kelgusida Xitoy chigitlari bo‘yicha soha vakillariga respublika bo‘ylab xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishni reja qilmoqda.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Vengriya bilan agrar sohada ilmiy-innovasion va ta’limga oid hamkorlik aloqalari kuchaytiriladi

⚜️“O‘zbekiston-Vengriya” biznes forumi doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti (Hungarian University of Agriculture and Life Sciences (MATE) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi (memorandumi) imzolandi.
🔗 Memorandum doirasida Vengriyaning agrar sohada oid ilg‘or texnologiyalarini transfer qilish, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi yutuqlarni joriy qilish, hamkorlikda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek oliy ta’lim sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va olimlarning qisqa muddatli stajirovkalarini hamda doktorantura dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

AGRAR SOHA XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH MARKAZI

⌛JANUBIY KOREYA BILAN HAMKORLIKDA OCHILISHI REJALASHTIRILGAN "AGRAR SOHA XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH MARKAZI" ZAMON TALABLARIGA MOS RAVISHDA QURIB BITKAZILDI
☄️2022-yilning 2-noyabr kuni Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi hududida Janubiy Koreya granti asosida "SMART FARM" O'zbekiston Koreya ta'lim markazini qurish uchun tamal toshi (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/1672) qo'yilgan edi. 1 yildan oshiq vaqt ichida mazkur markaz binosi qad rostladi va zamon talablariga mos ravishda jihozlanib, ish boshlash uchun tayyor holatga keltirildi. Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ushbu binoda amalga oshirilgan ishlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bir nechta o'quv auditoriyalari, yotoqxona, oshxona va coworking xonalarini o'z ichiga olgan o'quv markaz zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlarga ega. Shuningdek, aqlli issiqxonasi ham mavjud.
 📌Ushbu loyiha Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Koreyaning Qishloq xo'jaligi, oziq ovqat va qishloq ishlari vazirligi orasida imzolangan hamkorlik memorandiumiga binoan tashkil etildi. Mazkur loyiha qiymati qariyb 4 millon AQSh dollarni tashkil etadi. Bu yerda fermer, dehqon xo'jaligi egalari, talaba va ilmiy xodimlar o'z malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.
🔼Bu markazining Respublikamizda 5 ta hududiy tajriba issiqxonalari ham tashkil etilmoqda hamda koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy taʼminotlar bilan ishlash boʼyicha IT-mutaxassislar ham tayyorlanadi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O'zbekiston-Xitoy: Agrar sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

🇺🇿🇨🇳Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida institut rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining Huazhong qishloq xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣 Uchrashuvda davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ikki mamlakat o‘rtasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
🏢 Huazhong universiteti professori Zhang Qifa universiteti haqida to‘xtalib, uning tarixi, jamoa tarkibi, olib borilayotgan tadqiqot ishlari, erishilgan natijalar, sholichilik sohasining ikki davlat o‘rtasidagi istiqbollari bilan o‘rtoqlashdi.
🤝 Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari barqaror tus olib, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasida yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.
✅ Uchrashuv davomida agrar soha va ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning samaradorligi, kelgusida aynan agrar sohada yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Koreya qishloq xo’jaligiga oid texnologiyalarni  targ’ib qilish agentligi KOAT bilan hamkorlikda ilmiy ishlanmalar tijoratlashtiriladi

🔗Xabar berib borayotganimizdek, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov shu kunlarda Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safari bo'lib turibti. Safar davomida ko'plab uchrashuvlar o'tkazilib, ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik kelishuvlariga erishilmoqda.
☄️Shuhrat Otajonov Koreyaning nufuzli tashkilotlaridan yana biri KOAT rahbariyati bilan uchrashib kelgusidagi istiqbolli rejalari va hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan muloqot o'tkazdi.
🔣Uchrashuvda KOAT va Milliy markaz hamkorligida qishloq xo'jaligiga oid yangi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida kelishuvga erishildi. Ularni keng targ'ib qilish, agrar sohaga joriy etish borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
📊Shuningdek, kelgusida Toshkentda Koreya texnika va texnologiyalariga bag'ishlangan yarmarka o'tkazish bo'yicha ham muhokamalar bo'lib o'tdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Koreyaning KIND korporatsiyasi tomonidan agrar sohada yangi zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish infratuzilmalari moliyalashtiriladi

🔗Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovning Janubiy Koreya Respublikasidagi tashrifi davom etmoqda. Tashrif dasturiga muvofiq Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Shulardan biri "KIND- Xorijiy infrostruktura va shaharlarni rivojlantirish korporatsiyasi" hisoblanadi. Korporatsiya Koreyaning ishonchli va uzoq yillik hamkorlariga o'z grantlarini ajratib, loyihalarini amalga oshiradi. Milliy markaz rahbari kelgusida KIND bilan qulay investitsiya shartlari asosida quyidagi 4 yo'nalishda hamkorlikni amalga oshirishni kelishib oldi.
✔️Universal urug'chilik zavodini qurish, bunda paxta, g'alla, sabzavot ekinlari urug'larini saralovchi, tozalovchi va standartlar asosida qadoqlovchi korxona qurish;
✔️Issiqxona uskunalari ishlab chiqaruvchi zavodni qurish;
✔️Logistika markazini tashkil etish;
✔️Qayta tiklanuvchi energiya manbasi bo'lgan quyosh panellarini Milliy markaz va uning tizim tashkilotlaridagi bino va inshootlarga o'rnatish ko'zda tutildi.
🕯KIND korporatsiyasi Shuhrat Otajonov takliflarini ma'qullab, iyul oyida bo'ladigan Janubiy Koreya Respublikasi Prezidentining O'zbekistonga tashrifi dasturiga ushbu tashabbuslarni kiritishni ta'kidladi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

MILLIY MARKAZ va KOPIA aloqalari mustahkam ishonch hamda o'zaro do'stlik ustiga qurilgan 

🔣Buni qishloq xo'jaligining sholichilik, chorvachilik hamda sabzavotchilik sohalarida bir necha yillardan buyon olib borayotgan uzviy hamkorligimiz isbot qilmoqda.
Aytaylik birgina sholichilik yo'nalishida KOPIA bilan 2024-2028 yillarga mo'ljallangan loyihalar doirasida 4 million AQSH dollarlik hamkorlik rejalarimiz ko'zda tutilgan. Yangi texnika va texnologiyalarni sholichilik ilmiga tadbiq etish, sinab ko'rish va mamlakatimizga keng joriy etishda ishlar jadal boshlab yuborildi. Buni bir necha kun oldin Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tgan dala seminarida ham o'zim guvoh bo'ldim.
Koreyadan bizning mamkalatimizga olib keltirilgan sholi ekish texnikalari qulayligi bilan klasterlarimizga ma'qul kelganini e'tirof etishimiz o'rinlidir. O'ylaymanki, hali hamkorligimiz doirasida Koreyaning ilg'or texnologiyalarini mamkalatimiz qishloq xo'jaligiga joriy etamiz va bu borada KOPIA bizning ishonchli hamkorimiz!
Seulda bo'lib o'tayotgan ushbu konferensiyaga bizni qadrli hamkor, ishonchli do'st sifatida taklif etishgani ham hamkorlik aloqalarimiz yaxshi yo'lga qo'yilganidan dalolat. Tadbirda 30 dan ortiq davlatning qishloq xo'jaligida ilmiy-innovatsion faoliyatni boshqarishga mas’ul 100 dan ortiq rahbar-xodimlari ishtirok etmoqda.
Mobirise Website Builder

JANUBIY KOREYANING XALQARO "KOPIA" TASHKILOTI 15 YOSHDA!

📍Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida bo'lib o'tayotgan "KOPIA va uning xalqaro hamkorlari" konferensiyasida ishtirok etmoqda.
🔗Tadbirda KOPIA tashkilotning 15 yillik natijalari sarhisobi, kelgusi rejalar va yangi yo'nalishlarda ish olib borish muloqotlari bo'lib o'tadi.
📎Ushbu nufuzli konferensiya 25-aprelga qadar davom etadi. Delegatsiyamiz ishtiroki va jarayonlar haqida Milliy markaz sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida faol yoritib boramiz!

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Turkiyaning Dala ekinlari Markaziy hamda Egey qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari Milliy genbanklari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
⌛ Shu kunlarda Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 11 kishidan tarkib topgan olimlari delegatsiyasi Turkiyaning Dala ekinlari Markaziy hamda Egey qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari Milliy genbanklarida qisqa muddatli malaka oshirish kursida qatnashmoqdalar.
⚡️ Malaka oshirishda Turkiya davlatida o‘simliklar genetik resurslarini kafolatli saqlash, ulardan oqilona foydalanish, Genbankni boshqarish tizimi hamda markazlashgan nazorati, o‘simliklar introduksiyasi va karantini, dala sinovlari, urug‘lar tahlillarining zamonaviy uslublari o‘zlashtirilmoqda.
🖥Tashrif davomida har ikkala institut bilan o‘zaro yaqindan ilmiy hamorlikni kuchaytirish, fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar olib borish borasida kelishuvlarga erishildi. 
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🔣Bugun Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreya Respublikasining "KOPIA" tashkilotining O'zbekistondagi markazi homiyligida olib keltirilgan texnikalarni topshirish marosimi va texnika yordamida sholi ekin bo'yicha dala seminari bo'lib o'tdi.
Unda Janubiy Koreya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi vazifasini bajaruvchi Chang Hyun Kuk,  Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher Shukurov, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Koreyaning KOPIA tashkilotining O'zbekistondagi markazi direktori OH Sung Jong hamda viloyat, tuman hokimliklarining vakillari, Respublikamizda sholichilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.


Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Tojikistonda O‘zbekistonlik agrar soha olimlari ishtirokida seminar

📍Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida joylashgan O'zbekiston Agroxizmatlar markazining Xo‘jand AKIS filialida tojik mutaxassislari va fermerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar bo'lib o'rmoqda.
🔗Unda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o'z taqdimotlarini qilishmoqda va innovatsiyalarni amalyotga tatbiq etish borasida atroflicha ma'lumot bermoqda. Xususan paxta, g'alla, sabzavotchilik sohalarida va o'simliklarni himoya qilish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda ularning natijalari yig'ilganlarga birdek qiziqish uyg'otmoqda.
❗️Eslatib o'tamiz ushbu o'quv seminarlar 15-aprel sanasidan boshlangan bo'lib, 19-aprelga qadar davom etadi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🌐Bugun, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov "ICLEI – Local Governments for Sustainability" tashkilotining Osiyo qit'asidagi mintaqaviy vakili Shu Zhu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
🔣Mazkur assotsatsiya texnika va texnologiyaning eng zamonaviy bilim va innovatsiyalarni hududlarga joriy etish borasida ish olib boradi. Masalan, Xitoyning Tsun-Jin hududida paxta transplant usulda ya'ni ko'chat holatida ekilib, hosili to'liq texnika yordamida yig'ib olinadi. Jarayonlar avtomatlashgani sabab resurs tejaladi va daromad yuqori bo'ladi. Delegatsiya a'zolari shu kabi misollar bilan o'z faoliyati haqida batafsil axborot berishdi.
☄️Shundan so'ng Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov O'zbekistondagi AKIS tizimi va agrar soha ilmiy-tadqiqot muassasalar yo'nalishlari haqida gapirib, qishloq xo'jaligiga yangi texnikalarni joriy etish borasida hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Ikki tashkilot o'rtasida anglashuv memorandiumi imzolandi.
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
🌐Today, the director of the National Center for Knowledge and Innovation in Agriculture, Shuhrat Otajonov, talked with the delegation of SHU ZHU, regional representative of the organization "ICLEI - Local Governments for Sustainability" in Asia.
🔣This association works on implementing advanced technologies and innovations to regions. For example, in the Tsun-Jin region of China, cotton is planted in the transplant method, that is, in the state of seedlings, and the yield is harvested through using automatic machines. Because the processes are automated, resources are saved and income is high. Also, the guests gave detailed information about their activities.
☄️After that, the director of the National Center introduced the AKIS system and the activities of scientific research institutes. Furthermore, a Memorandum of Understanding was signed between the two organizations.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Yevropa uchun yangitdan kashf qilinayotgan istiqbolli hamkor

🟢Xabaringiz bor, Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro uzum va vino tashkiloti (OIV) yigʻilishida ishtirok etish uchun Italiyada boʻlib turibdi. (https://telegra.ph/Yevropa-uchun-yangitdan-kashf-qilinayotgan-istiqbolli-hamkor-04-13)
🟡Tabiiyki, har bir shu kabi tadbir agrar mahsulotlarini dunyo bozorlariga taqdim etuvchi mamlakatlar uchun hamkor hamda sherik topish uchun qulay maydon sanaladi.
📎Oʻzbekiston ham bundan istisno emas. Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchilik qilayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasining mazkur tadbirdan niyatlari bisyor.
🇺🇿🇮🇹Dastlabki muloqot ham aynan Italiya Qishloq xoʻjaligi vaziri Franchesko Lollobridjida bilan boʻlib oʻtgani ham bejiz emas.
🔵Muloqot davomida, uzumchilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda yurtimizda uzum va vinochilikni rivojlantirish, soha xodimlari malakasini oshirish, taʼlim yoʻnalishidagi mustahkam hamkorlik, oʻzbek vinolarining eksport salohiyatini oshirish kabi bir qator masalalar muhokama markazida boʻldi.
🇺🇿🇪🇸Muloqotning uzviy davomi sifatida vazir Ibrohim Abdurahmonov Ispaniya Qishloq xoʻjaligi vaziri Luis Planas bilan muloqot olib bordi. Aytish kerak, bugungi kunga qadar Ispaniya bilan aynan qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik aloqalari aytarli darajada boʻlmagan.
Vazir Ibrohim Abdurahmonovning yigʻilish davomida yurtimizda aynan agrar sohada olib borilayotgan islohotlar hamda davlatimiz rahbarining ayni sohaga qaratayotgan katta eʼtibori va xonadonbay ishlash tizimi haqidagi nutqi ispaniyaliklarning ham oʻzbek bozori, oʻzbek qishloq xoʻjaligi sohasi va sar xil mevalariga boʻlgan qiziqishini orttirgani ham bejiz emas.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Agrar sohani rivojlantirishda turkiyalik olimlar bilan hamkorli

🔈 Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning Adana viloyatida joylashgan “O‘rtaer qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti” da Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutning bir guruh yosh olimlari “Biotexnologiya” va “Speed breeding” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib kelgan edi. Shuningdek, tashrif davomida o‘zaro memorandum, hamkorlik shartnomasi va qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
🟢 Ayni kunlarda hamkorlik memorandumni amalga oshirish, Turkiyadan tajriba sinov tariqasida olib kelingan turli ekinlar urug‘larini ekilishi bo‘yicha maslahatlashish maqsadida Turkiyaning Adana viloyatida joylashgan “O‘rtaer qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti” direktori doktor Abdulloh Chill Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
⌛ Tashrif davomida doktor Abdulloh Chill institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Amaliy hamkorlik doirasida institutining markaziy dala maydonida “Turkiya davlatining boshoqli, dukkakli, moyli, yem-xashak ekinlari ko‘rgazmali ko‘chatzori”ni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xitoydan keltirilgan paxtaning XINLUZAO №78 g'o’za navi Farg'ona va Samarqand viloyatlarida ekilmoqda 

📍Farg‘ona va Samarqand viloyatlari tumanlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan hosildorligi yuqori, kasallik va zararkunandalarga, turli tuproq-iqlim sharoitlariga chidamliligi hamda tolasi sifati yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ekishga tavsiya etilgan XINLUZAO №78 navini to‘g‘ri joylashtirish, ekish bo‘yicha viloyatda tashkil qilingan Paxtachilik kengashi hamda viloyat Agroxizmatlar markazlari tomonidan tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

 Sholidan bir yilda ikki marta hosil olish texnologiyasi ommalashadi

📍 Ayni daqiqalarda Andijon viloyatining Andijon tumanida sholini ko‘chat usulida mexanizatsiya yordamida ekishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tyapti.
🔈 Seminar Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi “KOPIA” markazi tomonidan tashkil etilgan.
⌛Ushbu seminarda xonadonlarda sholi ko‘chatlarini tayyorlab, o‘suv davrini 60 kunga tezlashtiruvchi, resurslarni 30-50% gacha tejovchi, 1 yilda 2 marta (110-120 s/ga) hosil yetishtirish usullari haqida so‘z bormoqda.
Seminarda Farg‘ona vodiysidagi sholikor fermerlar ishtirok etmoqda.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Xitoylik olimlardan iborat delegatsiya Milliy markazda

🟢 Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Milliy va xalqaro ilm-fan tashkilotlari alyansi (ANSO) boshqaruv direktori professor Jinghua Cao hamda Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi professori akademik George Fu Gao bilan uchrashdi.
✅Dastlab Qishloq xo'jaligi vazirligida bo'lgan delegatsiya a'zolari  ikki mamkalat o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi.
🗣Muloqot davomida agrar soha va ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning samaradorligi, kelgusida aynan agrar sohada yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Dunyo miqyosida jamiyat hayotining barcha sohalarida yutuqlarga erishish va sohalarni rivojlantirishda aynan ilm-fan va sun’iy intellektning o‘rni haqida fikrlar o‘rtaga tashlanar ekan, bu borada ikki davlat olimlari hamkorlikda ulkan marralarni zabt etishi mumkinligi aytib o‘tildi. 
🔣 Sholichilik, paxtachilik va meva-sabzavotchilik yo'nalishlarida hamkorlikni yo'lga qo'yish ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishi haqida so'z bordi. Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov ekin turlarining gibridlarini yaratish, karantin, o'simliklar himoyasi, immunologiyasi va virusologiyasi borasida olimlarimiz hamkorlikka doim tayyor ekanligi ta'kidladi.
⏳Uchrashuv yakunida delegatsiya a'zolari Milliy markaz huzurida yaqinda ish boshlagan "ATYAB-FOOD TECH" laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

Qashqadaryo viloyatida amaliy tashrif bilan kelgan Xitoyning Anxoy provinsiyasi Xefey shahridagi "WINALL-HI-TECH SEED CO.LTD" kompaniyasi delegatsiyasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'ldi.
Delegatsiya a'zolari dastlab, institut ilmiy faoliyati bilan tanishib, laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy tajribalarga qiziqish bildirdi.
📌Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, mazkur kompaniya agrar sohaga ixtisoslashgan bo'lib, urug'chilik yo'nalishida Xitoyda ikkinchi o'rin egallaydi.
☄️Tashrif so'ngida, delegatsiyasi a'zolari bilan o'zaro  hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida muzokara olib borildi, istiqbolli rejalar bo'yicha fikr almashildi.
Agrar sohada erishilgan yutuqlar borasida tajriba almashish, zamonaviy loyihalar ustida birgalikda ishlash kabi bir qator masalalar bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🌾Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga Janubiy Koreyaning KOPIA markazi mutaxassislari mehmon bo'lishdi. Uchrashuvda KOPIA markazining ko‘magi bilan institutga olib kelingan qishloq xo‘jaligi texnikalarini joylashtirish, ularni yig‘ish va dala sinov ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.
✅Shundan so‘ng, texnik mutaxassislar Young Bae Kim va Kim Myung Keun texnikalarni yig‘ish ishlarini bajarishdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston va Vetnam: samarali hamkorlik istiqbollari belgilandi

🔗Avval xabar berganimizdek, Vetnam poytaxti Xanoy shahrida O'ZBEKISTON-VETNAM ISHBILARMON DOIRALARI UCHRASHUVI forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
📊Forum doirasida savdo iqtisodiy, logistika, ishlab chiqarish bilan bog‘liq ikki tomonlama hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama etildi. Unda ikki davlat hukumat a’zolari, ishbilarmon doira vakillari va tadbirkorlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
📌 Muhokamalar natijasiga ko‘ra manfaatdor tomonlar o‘rtasida istiqbolli rejalar va kelishuvlarga erishildi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘ZBEKISTON VA VETNAM: HAMKORLIK UFQLARI KENGAYMOQDA

☄️Birozdan so‘ng Vetnam poytaxti Xanoy shahrida O'ZBEKISTON-VETNAM ISHBILARMON DOIRALARI UCHRASHUVI forumi boshlanadi. Unda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etadi.
➡️Tafsilotlarni bizda kuzatib boring!

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🔣Xabar berib borayotganimizdek, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi shu kunlarda amaliy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib turibdi.
🔗Delegatsiya a’zolarining bugungi kuni natijalarga boy bo‘ldi. Kun davomida Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi va Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligida uchrashuvlar o‘tkazilib, agrar sohani rivojalantirishda hamkorlik yuzasidan memorandumlar imzolanib, kelishuvlarga erishildi.
📌Unga ko‘ra, kelgusida sabzavotchilik yo‘nalishida O‘zbekistonning turli tuproq-iqlim mintaqalarida ekologik sinovlarni o‘tkazish uchun Vetnam bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot institutidan pomidorning 15 ta istiqbolli navi (germplazmasi), 23 ta shirin qalampir va 27 ta achchiq qalampir olindi.
☄️Shuningdek, O‘zbekiston uchun noa’anaviy ekin turlari bo‘lgan Vetnamda yetishtirladigan bir qancha ekin turlari O‘zbekistonda iqlimlashtiriladi.
🕯Bundan tashqari, hamkorlikda sholining serhosil va sifatli navlari urug‘ini yetishtirishni tashkil etish masalasi kelishib olinib, joriy yilda bu boradagi ishlar tashkil etiladi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligiga tashrif buyurdi

📍Xabar berganimizdek (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/5595?single), Milliy markaz direktori Sh. Otajonov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi shu kunlarda amaliy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari bugun kunning birinchi yarmida Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi bilan agrar sohaning ilmiy yo‘nalishida hamkorlik qilish borasida bir qancha kelishuvlarga erishib, memorandum imzolandi.
🔗Kunning ikkinchi yarmida esa delegatsiya a’zolari Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligida uchrashuv o‘tkazmoqda.
Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri o‘rinbosari janob Phung Duc Tien  bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bundan tashqari qishloq xo‘jaligidagi boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, xususan ipakchilik, chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish hamda o‘simliklar karantini va himoyasida hamkorlik qilishdagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
♻️Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport-import, savdo hajmini oshirish masalalari ham muzokaralar mavzusidan o‘rin oldi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki vazirlik o‘rtasida imzolangan memorandumlarga qaramasdan hali ishga solinmagan imkoniyat va zaxiralar mavjudligi qayd etildi. Ushbu kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan har bir vazirlikda ishchi guruhlar tuzilib, ishlarni muntazam muvofiqlashtirib borishga kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasiga tashrif buyurdi

🔣Shu kunlarda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi delegatsiya Vetnamda bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Delegatsiyamiz a’zolarini Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi vise-prezidenti Pham Van Toan iliq kutib oldi.
🔗Agrar sohada ilg‘or tajribalarni bo‘lishish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, har ikki tomondagi ekin turlarining germaplazmasini almashish, O‘zbekiston uchun noa’anaviy bo‘lgan Vetnamda yetishtiriladigan sabzavot ekin turlarini O‘zbekistonda sinovini o‘tkazish, sholichilikni rivojlantirishda tajriba almashish masalalari muzokaralar markazidan o‘rin oldi. Uchrashuv yakunida kelishuv memorandumi imzolandi.
🗓Safar rejasiga ko'ra kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a'zolari Vetnam qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

AGRAR SOHA XODIMLARI MALAKASINI ZAMONAVIY BILIMLAR BILAN BOYITISHDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILISHI MUMKIN

🔼Bugun Miliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov Germaniya Federativ Respublikasining DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
➡️Uchrashuv davomida mehmonlar DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi Yevropadagi 97 yillik tarix va sohada yuqori tajribaga ega o‘quv markazi ekanligini ta’kidladi.
🔗Ma’lum qilinishicha, ushbu o‘quv markazi dunyoning 45 ta davlatida o‘zlarining hamkorlariga ega. Tashkilot xalqaro bozorda 20 yillik tajribaga ega. Qishloq xo‘jaligiga oid bilim va malakalarini oshirish maqsadida o‘quv markaziga har yili dunyoning ko‘plab davlatlaridan o‘n ming nafardan ziyod soha xodimlari tashrif buyuradi.
📎Tomonlar agrar sohani rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish masalini muhokama qildilar. O‘zbekistonlik agrar soha xodimlarining zamonaviy bilim va tajribalar orttirish maqsadida Germaniyaga DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markaziga yuborish va ushbu markazning Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida hamkorlikda sho‘basini ochish masalasi muhokamalar markazida bo‘ldi.
📍Uchrashuv yakunida mehmonlar Milliy markaz rahbariyatini yaqin hamkorlik o‘rnatish oldidan Germaniyaga borib, DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishni taklif qildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Agrar sohani rivojlantirishda Turkiya ilmiy muassasalari bilan hamkorlik

🔼So‘nggi paytlarda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqqot institutlari va xorijiy ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlik ko‘lami ortmoqda. Ko‘zlangan maqsad, agrar soha ilm-fanini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga tatbiq etishdir.
📊Shu kunlarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti dierktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ravshanbek Siddiqov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Turkiyaning Adana viloyatida O‘rtayer qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
🔗 Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, boshoqli, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarining yangi nav va duragaylarini yuqori mahsuldor, abiotik va biotik omillarga chidamli yangi navlarining marker seleksiyasi, biotexnologiyasi va “speed breeding” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari tashkiloti (FAO) vakillari Milliy markazda

🔼Bugun Milliy markaz direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari tashkiloti (FAO)ning Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha eksperti, agrobiolog Karolina Starni qabul qildi. Uchrashubda FAO tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotdgan uchta yangi loyihaning muhokamasi bo'lib o'tdi.
➡️Loyihalardan ikkitasi Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suvdan oqilona foydalanish va suv resurslarini tejash, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha grantlarni joriy qilish va bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan.
Uchinchi yo'nalish esa Kartogen protokoli bo'yicha O'zbekistonda milliy qonunchilikni ishlab chiqishga ko'maklashish va amalga oshirishdan iborat.
📌Kartogen protokoli bu- biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya, zamonaviy biotexnologiyalardan foydalanish natijasida bir turdan boshqasiga oʻzgartirilgan tirik organizmlarning (GMO) harakatini tartibga soluvchi xalqaro shartnomadir. O'zbekiston Respublikasi ushbu protokolni 2018-yilda rotifikatsiya qilgan.
🔗Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida genetik resurslarni saqlash va undan barqaror foydalanishdir. Ekspert Karolina Star oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, o'simliklar biologik xilma-xilligini oshirishning milliy yo'llariga erishish borasida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiya milliy markazi va uning tizimidagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini bildirdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston – Hindiston: ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishdagi hamkorlik

 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Hindistonning “Nath Bio-Genes Ltd.” kompaniyasi direktori Satish Kagliwal bilan uchrashdi.
🤝Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan agrar sohada har ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlangani e’tirof etilar ekan, erishilgan kelishuvlar, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlari bilan kifoyalanib qolmasdan uni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
🟡Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonga Hindistonning elita paxta chigitlarini olib kelib, tajriba sifatida ekilishi, shuningdek, paxta va sabzavot urug‘liklarini O‘zbekistonda yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
🔵Hindiston vakillari tomonidan sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish hamda sotuv va tijoratlashtirishni amalga oshirish rejalari ma’lum qilindi.
Vazir o‘z navbatida, ikki davlatning hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini e’tirof etar ekan, butun dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
🟢Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda investitsion loyihalarni jalb qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Tojikiston qishloq xo‘jaligi xodimlari Agroxizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdilar 

🔰Shu kunlarda Birlashgan Millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Tojikistondagi vakolatxonasi tomonidan Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy tashkilotlar va ilmiy muassasalarning mas’ul xodimlari, FAOning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi.
⚜️ Yaqindagina Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatida O‘zbekiston Agroxizmatlar markazining filliali tashkil qilinib, zarur vositalar bilan ta’minlangan edi.
🏢Milliy markaz direktori Sh. Otajonov delegatsiya a’zolarini tashrif bilan qutlab, agrar soha ilm-fanini rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishi mintaqada sohani yuqori darajaga olib chiqishi haqida ta’kidlab, yaqindan tanishish uchun Agroxizmatlar ko‘rsatish markaziga kichik sayohat uyushtirishni taklif qildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

❇️ Bugun Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning xalqaro ekspertlari va tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillarini qabul qildi.
♻️Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar va amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.
🔗Ekspertlar ushbu strategiyani ishlab chiqishda Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining imkoniyatlari va amalga oshirilgan ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanishish istagini bildirdi. Shundan so‘ng ilmiy muassasa rahbari R. Xudoyquliev ekspertlarni institut faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirdi.
✅Uchrashuv so‘nggida Milliy markaz direktori mamlakat agrar sohasi ilmini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun tashkilot vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

✅Joriy yilning 19-23-fevral kunlari Islom oziq-ovqat tashkiloti tashabbusi bilan Pokistonning Faysalobod va Multan shaharlarida “Bug‘doy yetishtirishda zamonaviy texnika va ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazish” hamda “Pokistonda ekinlarni yaxshilash uchun rivojlanayotgan texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.
 ⚡️Xalqaro miqyosda o`tkazilgan tadbirda Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchlik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi D. Jo‘raev ham ishtirok etib, institut ilmiy faoliyati bo`yicha ma`ruza qildi.
 🌾Shunungdek, ishtirokchilar uchun gibrid bug‘doy seleksiyasi (Hybrid Wheat Breeding) bo‘yicha dala va laboratoriya seminarlari tashkil etildi.
 🤝Tadbir so`ngida respublikamizda ilk bor yangi texnologiya asosida Gibrid bug‘doy seleksiyasi (Hybrid Wheat Breeding) ning yo`lga qo‘yish bo‘yicha Avstraliyaning Sidney universiteti va Pokiston qishloq xo‘jaligi universitetlari bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi.


Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Kartoshka etishtirishda Koreya tajribasi

✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekistonda kartoshkachilik sohasining istiqbollari. Koreya Respublikasi tajribasi asosida yil davomida kartoshka yetishtirish texnologiyasi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.
📹Video-konferens-aloqa shaklidagi tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kartoshkachilikni rivojlantirishning ahamiyati xususida so’z yuritdi.
🗣Kartoshka yetishtiruvchilar va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tashkil etilgan seminar-treningda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Rustam Nizomov, Xalqaro o‘simlikshunoslik instituti prezidenti, professor Lee Yong Beom, “GS-Bio” MCHJ xorijiy korxonasi direktori Kim Mi Gyeounglar mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Jahon banki ekspertlari ishtirokida qishloq xo‘jaligi ilm-fani tuzilmasi transformatsiya qilinmoqda

🏢Bugun kunning ikkinchi yarmida Milliy markazda Jahon banki ekspertlari ishtirokida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ilmiy-tadqiqot institutlari shu jumladan, Qishloq xo‘ajiligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etishga bag‘ishlangan taqdimot muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
🌎Jahon banki xalqaro eksperti Amir Malik Humoyun tomonidan tayyorlangan Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining namunaviy tuzilmasi taqdimoti bilan tanishish jarayonida qo'shimcha masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
♻️ Bildirilgan takliflar asosida akademiya tuzilmasi loyihasini yanada puxtaroq ishlab chiqishga kelishib olindi.
📌Bizni kuzatishda davom eting.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston – Koreya hamkorligi kengaymoqda 

🏢Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi KOPIA markazi direktori Oh Sung Jong o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
♻️Janob Oh Sung Jong agrar sohani rivojalantirishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani, tashkiliy masalalarda tezkorlik bilan ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Milliy rahbariyatiga o‘z tashakkurini bildirdi. Joriy yildan O‘zbekistonda sholichilikni yangi texnologiyalar asosida rivojlantirish uchun 3 million 700 ming dollarlik besh yilga mo‘ljallangan grant loyihalarini amalga oshirish boshlanishini ma’lum qildi.
 🐂Chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirish borasida esa hamkorlikni kengaytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Muloqot yakunida Sh. Otajonov ilmiy muassasalarida yetarli ilmiy salohiyat va imkoniyat mavjudligini, hamkorlik ijobiy samara berishini ta’kidlab, beg'araz hamkorlik uchun tashakkur bildirdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

⚡️Joriy yilning 25-yanvar kuni (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/4698) Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreya Respublikasining urug'chilikka ixtisoslashgan xususiy "GSBIO" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qilgan edi.
📌Shundan so'ng, mazkur kompaniya vakillari Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, urug'chilikni rivojlantirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
♻️Aniqroq aytganda, xususiy urug'chilik kompaniyasi kartoshkaning dunyoga mashxur "Santa", "Picasso", "Novaki", "Chubek" va "Summi" kabi navlari mikro-tuganaklarini Respublikamizga litsenziya asosida olib kirib, in-vitro usulida ko'paytirish taklifini ilgari surdi. Buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, issiqxonalarni tashkil etish bo'yicha grant loyihalar amalga oshirilishi ta'kidlandi.
🔗"GSBIO" kompaniyasi 2008-yildan buyon kartoshka urug'chiligi yo'nalishida faoliyat ko'rsatadi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🔰Bugun Milliy markazda Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Polshalik mehmon uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, jumladan, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Toshkent davlat agrar universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari ijobiy natijalar berayotganini e’tirof etdi.
🔰Shundan so‘ng, WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas o‘ziga topshirilgan yuksak vakolatdan foydalangan holda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovga universtitetning faxriy professori unvonini topshirdi.
📌Ushbu oliygoh Yevropadagi eng nufuzli universitetlardan bo‘lib, Polshadagi mavjud 460 ta OTM ichida 20-o‘rinni, universitetni xalqarolashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi.
🔰Milliy markaz jamoasi iqtisod fanlari doktori Sh. Otajonovni Polsha davlatining WSB universiteti faxriy professori unvoni bilan samimiy tabriklaydi!
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Golubika – dunyodagi eng qimmat rezavor mevalardan biri

🔰Ammo uning mamlkatimiz iqlimiga bardoshli ko‘chatlarini topishda muammo bor. Chunki mo‘tadil iqlimli hududlardan keltirilgan golubika ko‘chatlarini yozning jaziramasidan asralsada, qishdagi sovuqlarga bardosh bermasligi kuzatilmoqda.
🔰Shu bois xabar berganimizdek, Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi o‘rtasida qiymati 200 ming dollarni tashkil qiluvchi uch tamonlama shartnoma va loyihani amalga oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
🔰Shartnomaga ko‘ra, akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida 10 gektar yer ajratilib, golubika ko‘chatlari va mevasini yetishtirish ilmiy asosda tashkil etiladi.
Institut direktori Alijon Esonqulovning ta’kidlashicha, Belarusdan olib kelingan ko‘chatlar sovuq haroratda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.


Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekistonda golubika yetishtirish ilmiy asosda tashkil etiladi

🔰Bugun kunning ikkinchi yarmida Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Belarus Respublikasining rezavor mevalar yetishtirish bo‘yicha dunyoga taniqli bo‘lgan “Yagodka” fermer xo‘jaligi rahbari Andrey Kostyukovni qabul qildi.
♻️Muzokaralar jarayonida O‘zbekistonda rezavor meva bo‘lgan golubika yetishtirishni ilmiy asosda tashkil qilish muhokama qilindi.
🔰Milliy markaz direktori
Sh. Otajonov bu borada O‘zbekistonda katta imkoniyatlar borligi, hamkorlikda loyihani amalga oshirish har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi va bu borada Milliy markaz hamkorlik taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
♻️Uchrashuv yakunida Milliy markaz, markaz tizimidagi akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi o‘rtasida qiymati 200 ming dollarni tashkil qiluvchi uch tamonlama shartnoma va loyihani amalga oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🏢Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Xitoy Xalq Respublikasining Guansi provinsiyasi hokimiyati vakili va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. O'zbekiston-Xitoy savdo aloqalarini yaxshilanishi mamlakatimizdan qishloq xo'jaligi mahsulotlari exsportini ham sezilarli darajaga oshirdi.
♻️Xususan O'zbekistonning olxo'risi Xitoyda sevib iste'mol qilinishini mehmonlar ta'kidladi. Xitoylik tadbirkorlar olxo'ri eksportini yo'lga qo'yish hamda O'zbekiston bilan meva-sabzavotchilik yo'nalishida hamkorlik qilish taklifi bilan keldi. Shuningdek, paxta urug'chilik yo'nalishida ham aloqalarni yo'lga qo'yish fikri ilgari surildi.
🔬Uchrashuv so‘nggida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov tashkilot ilmiy yo‘nalishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O`zbekiston va Italiya: hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi "Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sektorining "yashil iqtisodiyot"ga inklyuziv o'tishini qo'llab-quvvatlash va iqlimga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish" (EU-AGRIN) loyihasi doirasida Toshkent, Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan 18 ta Innovatsion guruhlar tashkil etilgan. Innovatsion guruhlar tomonidan taklif etilgan loyihalar moliyalishtirilib, hozirda o'z faoliyatini olib bormoqda. Ma'lumki, 17 ta innovatsion guruhlariga ilmiy-tadqiqot institutlari yetakchilik qilmoqda.
🔰Shu munosabat bilan, joriy yilning 5-fevral kuni Paxta seleksiyasi, uru`gchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga Italiyaning Qishloq xo`jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) ekspertlari tashrif buyurdi. Tashrif davomida, institutning bugungi holati, moddiy texnikaviy bazasi, institut va uning laboratoriyalari faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va erishilgan natijalari bilan tanishdilar.
✅Tashrif yakunida, institut va CREA tashkiloti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qo`shma loyiha hamda yosh olimlar uchun stajirovkalar tashkil qilishga kelishildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🏢Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Yaponiyaning JAPAN CONSERVATION ENGINEERS & CO.LTD kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Kompaniya menejeri Yoshida Kaziyo
yaponiyalik olimlar tomonidan yaratilgan FUJIMIN preparati haqida ma'lumot berib, hamkorlik taklifini ilgari surdi.
🧪Yoshida Kaziyo preparatning yaratilishi, uning afzalliklari, qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Eng asosiysi, preparat yerlarning sho‘rini kamaytirishga, sho‘rlangan maydonlarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishini yaxshilab, hosildorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
📍Bu preparat Samarqand, Xorazm, Farg‘ona viloyatlaridagi shaxsiy tomorqa maydonlarida tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, ijobiy natija berganini ma'lum qildi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🏢Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov bugun Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Burhan Demirokni qabul qildi.
📌Burhan Demirok Turkiya elchisining Qishloq xo'jaligi maslalalari bo'yicha maslahatchisi sifatida ikki mamlakatning qishloq xo'jaligi sohasida munosabatlarini yanada mustahkamlanishi uchun xizmat qilib kelmoqda.
♻️ Mazkur yig'ilishda qishloq xo'jaligi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Turkiyadan olib kelinadigan g'o'za urug'ini sifatli, qisqa muddatlarda va karantin qoidalariga rioya qilgan holda mamlakatimizga keltirish masalasi muhokama qilindi.
🤝Shuningdek, Turkiyaning TAGEM va TICA tashkilotlari bilan aloqalarimizni yanada kengaytirish maqsadida qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy kadrlar almashinuvini rivojlantirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

XALQARO HAMKORLIK

🏢Bugun, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreya Respublikasining xususiy urug'chilikka ixtisoslashgan GSBIO kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Mazkur kompaniya 2008-yildan buyon kartoshka urug'chiligi yo'nalishida ishlab keladi. Bizga ma'lumki, O'zbekiston bir yilda 255 tonna kartoshka urug'ini import qiladi. Mamlakatimiz dehqon xo'jaliklarini sifatli urug'lik bilan ta'minlash maqsadida mazkur xorijiy kompaniya davlat-xususiy sherikchiligi asosida dunyoga mashxur kartoshka mikrotuganaklarini ko'paytirish taklifini ma'lum qildi.
♻️Janubiy Koreya tomoni bunda Santa, Picasso, Novaki, Chubek va Summi navli kartoshka tuganaklarini Respublikamizga litsenziyaga ega holda olib kirib In-vitro sharoitida ko'paytirib beradi. Buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, issiqxonalarni tashkil etish bo'yicha grant lohiyalar amalga oshirilishi aytib o'tildi. 
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

ORGANIK PAXTA YETISHTIRISH BARQAROR QISHLOQ XO`JALIGINING MUHIM QISMIDIR

🇺🇿🇩🇪 Joriy yilning 24-yanvar kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Shveytsariyaning "Organik qishloq xoʼjaligi ilmiy-tadqiqot instituti" (FiBL) bilan hamkorlikda "Organik paxta" mavzusidagi ekspertlar va davlat tashkilotlari xodimlari uchun trening mashgʼulotlarining ("Training of Trainers", ToT) 2-moduli bo`lib o`tdi. Trening Shveytsariyaning "Organik qishloq xoʼjaligi ilmiy-tadqiqot instituti" (FiBL) mutaxassislari Jian Nikolay va Аbdulatib Xaldarovlar tomonidan olib borildi.
Treningning maqsadi organik paxta yetishtirish boʼyicha chuqur/intensiv bilim berishdir.
✅Ushbu treningda Paxta seleksiyasi, urug`chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bir guruh olimlari faol ishtirok etdi. Trening davomida ishtirokchilar oʼz bilimlarini boshqa mutaxassislarga ham yetkazib, o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Qishloq xo‘jaligi vaziri Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi prezidenti bilan uchrashdi

✅So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
🟢Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Pekin shahrida joylashgan Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga tashrifi ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
🟢Tashrif davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidenti WU Kongming va akademiyaning nufuzli olimlari bilan uchrashdi.
🟢Unda, Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan ilm-fanni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-innovatsion laboratoriyalarni tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
📌 Uchrashuv soʻnggida, Xitoy qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasida Ibrohim Abdurahmonovga faxriy professor unvoni berilganini tasdiqlovchi sertifikat ham topshirildi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Mustahkam hamkorlik – kelajak poydevori

🟢So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
🖇Jumladan, "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi" doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
🤝Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
✍️Unda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani qayd etildi. Binobarin, Xitoyning baliqchilik sohasida juda ham katta maktabi bor ekanini inobatga olib, nafaqat baliq kasalligiga qarshi kurashishning yangi texnologiyalari, balki, hayvon kasalliklarini oldini olish borasida vaksinaga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
✅O‘z navbatida, “JINHAI Technology” kompaniyasi investitsiyasi asosida O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona tashkil etish masalasi o‘rtaga tashlandi.
🔵Aytish kerakki, bu korxonaning tashkil etilishi orqali nafaqat yurtimizdagi chorva mollarini arzon, sifatli, xalqaro sertifikatga ega vaksina bilan emlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan sut va go‘sht mahsulotni chet elga eksport qilish uchun ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston-Xitoy: hamkorlikning yangi bosqichlari

🟢Bugun, Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tayotgan "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi"da ham ayni shunday hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 (https://www.agro.uz/o-zbekiston-xitoy-hamkorlikning-yangi-bosqichlari/)
➡️O‘z navbatida ilm-fanni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligida yangicha qarash, yangicha munosabatlarga ishonch bildirgan holda davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirayotgan tashrifi keng ko‘lamli islohotlarning izchilligini ta’minlashda alohida o‘rin tutishi qayd etib o‘tildi.
✅Aytish kerakki, Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.
📌Ayniqsa oxirgi yillarda “Bir makon, bir yo‘l” dasturi doirasida Xitoy mamlakatini, nafaqat ichki rivojlanishi, balki mintaqada katta qadam tashlayotgani Xitoyning olib borayotgan siyosati O‘zbekiston siyosati bilan bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi tashabbuslarni belgilab beradi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Mustahkam hamkorlik yo‘lidagi yana bir uchrashuv

🟢Xabar berganimizdek, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi” avvalida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti prorektori professor Wu Pute bilan uchrashdi.
✅Uchrashuv davomida, bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti va Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan bir qator loyihalar va kelgusi hamkorlik masalalari xususida so‘z bordi.
📌Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida bugungi kunda ilm-fanni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligida yangicha qarash, yangicha munosabatlarga ishonch bildirgan holda mazkur uchrashuv keng ko‘lamli islohotlarning izchilligini ta’minlashda alohida o‘rin tutishi qayd etdi.
❗️Zero, mazkur uchrashuv nafaqat Xitoy balki O‘zbekiston agrar ta’lim tizimi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi

🇨🇳Bugun, Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo'lib o‘tayotgan "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi"da O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti prorektori professor Wu Pute hamda Sinszyan universiteti rektori Syao Fu va bir qator qishloq xo‘jaligi universiteti rahbarlari ishtirok etmoqda. (https://www.agro.uz/o-zbekiston-xitoy-agrar-ta-lim-forumi/)
✅Hozirda, Toshkent davlat agrar universiteti Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamda Sinszyan universiteti bilan bir qator hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.
➡️Yaqinda Sinszyan universitetining 20 nafar o‘qituvchi va talabalaridan iborat guruh Toshkent davlat agrar universitetiga amaliyot o‘tash uchun kelgani ham O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi ko‘p yillik manfaatli hamkorlikning yana bir ko‘rinishidir.
🇨🇳🤝🇺🇿Aytish kerakki, Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

"Yashil haftalik — 2024": IFAD vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi

Xabar berganimizdek, Germaniyaning Berlin shahrida "Yashil haftalik — 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.
✅ Ko'rgazma doirasida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov  ʻʻInternational fund for Agricultural Developmentʼʼ (IFAD) vitse-prezidenti Gerardin Mukeshimana bilan uchrashdi.
📈 Uchrashuvda O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi loyihalarini IFAD tomonidan moliyalashtirilishi borasida muzokara olib borildi.
🤝 Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish borasida ishchi guruh tuzish hamda bu boradagi ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish masalasi kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

"Yashil haftalik — 2024": Germaniya bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Avval xabar berganimizdek,  Germaniyaning Berlin shahrida "Yashil haftalik — 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.
✅Ko'rgazma doirasida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirining Parlament davlat kotibi Ofeliya Nik o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
✍️Uchrashuvda Ibrohim Abdurahmonov Berlinda tashkil etilgan ko'rgazma yuqori saviyada tashkil etilganini alohida mamnuniyat bilan aytib o'tdi. Bundan tashqari Germaniya davlati bilan qishloq xo'jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to'xtalar ekan, Ibrohim Abdurahmonov ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar borasida hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligini ta'kidlab o'tdi.
🟢O'z navbatida Ofeliya Nik qishloq xo'jaligida O'zbekiston bilan har qanday istiqbolli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirib o'tdi.
🔵Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qancha takliflarni bildirdi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Jahon banki ishtirokidagi loyiha doirasida hamkorlik kengaytirilmoqda

✅ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Jahon banki vakili Bayarsaihan Tumurdava, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Shoxrux Akramov hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuxrat Otajonov va soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✍️ Tomonlar Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, xususan, Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutlari uchun xarid qilinishi ko‘zda tutilgan laboratoriya uskunalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutlari Muvofiqlashtirish markazini (Center of Excellence) tashkil etish singari bir qator masalalarni muhokama qildilar.
🤝 Loyiha doirasida hamkorlikni kengaytirish hamda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha istiqbolli rejalar borasida kelishib olindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Ochiq plenar sessiyasida Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zladi

Germaniyaning Berlin shahrida Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi forumi doirasida Ochiq plenar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Dastavval, sessiyada Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri Jem O‘zdemir ko‘rgazmaga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi hamda bu kabi ko‘rgazmalar qishloq xo‘jaligida dunyo davlatlari hamkorligini mustahkamlashda eng muhim qadam ekanligini ta’kidladi.
🗣Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, bu kabi forumlar qishloq xo‘jaligida muhim poydevor vazifasini bajarishini hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun maydon vazifasini o‘tab berishini aytib o‘tdi. Bundan tashqari Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida fermerlarning rolini oshirish va ilm-fanni o‘rganish ko‘plab muammolarga yechim bo‘la olishini alohida ta'kidlab o‘tdi.
📄 Sessiya so’ngida Forumning yakuniy kommyunike qabul qilindi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

No Code Website Builder