QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


O'zbekiston-Yaponiya: qishloq xo'jaligi fani sohasidagi hamkorlik

  • 02.04.2019

Tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Bosh direktori v.b. B.Xalikov boshchiligidagi delagatsiya Yaponiyaning Tokyo Qishloq xo'jaligi va texnologiya universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv davomida qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik o'rnatish, yosh olimlar malakasini oshirish, O'zbekistonning Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida sholining sho'rga chidamli va suv kam talab qiladigan navlarini yaratish hamda turli yo'nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrifning keyingi kuni Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi olimlari bilan Tokyo Dengiz fanlari va texnologiya universiteti rahbariyati o'rtasida baliqchilik sohasida tajriba almashish bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv yakunida universitet professor o'qituvchilari joriy yilning oktyabr oyida O'zbekistonga tashrifi bo'yicha kelishib olindi.