QISHLOQ XO`JALIGIDA BILIM VA
INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Oʻzbekiston-Rossiya: qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlik

  • 18.10.2018

2018 yil 18 oktyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan keldi. Ushbu tashrif doirasida ilk marotaba Qo'shma Ta'lim Forumi va “O'zbekiston-Rossiya” mintaqalararo hamkorlik forumi bo'lib o'tdi. Forum jarayonida Miroshnikov Sergey Aleksandrovich, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, biologiya fanlari doktori, professor O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markaziga tashrif buyurib, bosh direktor vakolatini bajaruvchi  Xoliqov Bahodir Meylikovich bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida Rossiya Fanlar Akademiyasining Biologik tizimlar va agrotexnologiya Federal ilmiy markazi bilan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi va qator ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasida 5 hamkorlik memorandumi imzolandi:

• Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti;

• Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;

• Paxta seleksiyasi urug’chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti;

• Sabzavot poliz ekinlari  va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot  instituti.